NATYURMORT
NATYURMORT (frans. nature morte — jonsiz tabiat) — tasviriy sanʼat janri. Insonning atrofini oʻrab turgan real maishiy muxitda joylashgan va kompozitsiya jihatidan yaxlit guruhni tashkil qilgan narsalar tasvirlanadi; shuningdek, shu janrda yaratilgan rassomlik asari ham Natyurmort deb ataladi. Asosan, dastgoxli rassomlik (rangtasvir va grafika)la, qisman haykaltaroshlik (asosan, relyef)sa ishlanadi. Natyurmortda «jonsiz buyumlar» (Mas, uy-roʻzgʻor buyumlari, qurol-aslahalar va b.)dan tashqari, tabiatdan ajratib olingan va buyum, narsalarga aylantirilgan jonli tabiat narsalari (stoldagi baliq, vazadagi gul va b.) ham tasvirlanadi. Asosiy mavzuni toʻldirish uchun baʼzan Natyurmortga odamlar, hayvonlar, kushlarni ham kiritish mumkin. Maishiy asosidan ajratib olingan mayda narsalarning muhimligi boshqa janrlarga nisbatan Natyurmortda namoyon boʻladi.
Ensiklopediya.uz
NATYURMORT