NASRULLO QUSHBEGI

NASRULLO QUSHBEGI

NASRULLO QUSHBEGI (19-a. oʻrta lari — 1918, Karmana) — mangʻitlar davrida nufuzli saroy arbobi, qoʻshbegi. Amir Abdulahad, hukmronligi davrida avval Shahrisabz hokimi, soʻngra saroyda xizmat qilgan. Buxoroda 1910-y. yanvar voqealariaan keyin Ostanaqul qoʻshbegi oʻrniga qoʻshbegi ( bosh vazir) qilib tayinlangan. Said Olimxon qukmronligi davrida Nasrullo qushbegi mamlakatda amirdan keyingi nufuzli shaxs sifatida mamlakatning asosiy ishlari bilan shugʻullangan. Rus tilini yaxshi bilgani uchun amir no-midan Rossiya imperiyasining Buxorodagi siyosiy agenti bilan bevosita muloqotlar oʻtkazgan, bir necha marta Rossiyaga borgan.

Ensiklopediya.uz
NASRULLO QUSHBEGI