NASR

NASR

NASR (arab. — koʻmak, zafar) , proza — adabiy tur; vazn va kofiya singari sheʼriyatga xos unsurlarga ega boʻlmagan yozma nutq mahsuli. Yevropa xalqlari adabiyotida boʻlganidek, Sharq xalqlari adabiyotida ham Nasr yozma nutq shakli sifatida sheʼriyatga nisbatan kech-rok paydo boʻlgan. 5—8-a. larga oid Urxun-Yenisey yodgorliklarini turkiy xalqlar adabiyotidagi Nasrning eng kad. namunalari, deb hisoblash mumkin. Sheʼriyatning rivojlanishi «Qutadgʻu bilig» (Yusuf Xos Hojib) va «Hibat ul-haqoyiq» (Ahmad Yugnakiy) kabi dostonlarning yaratilishi bilan birga 10—12-a. larda Abdulmuayyad va Abuali Balxiylarning «Shohnoma», Abdulmuayd Balxiyning «Gershaspnoma», Homididdin Balxiyning «Makrmati Homidiy», Saidaddin Muhammad Av-fiy Buxoriyning «Javome ul-hikoyot va lavomeʼ ur-rivoyot» («Hikoyalar toʻplami va rivoyatlar yolqini») singari nasriy asarlari vujudga keldi. 14a. boshlarida Rabgʻuziyning «Qisasi Rabgʻuziy», Navoiyning «Mahbub ulqulub» singari nasriy asarlari, ayniqsa, «Boburnoma»ning yaratilishi bilan oʻzbek adabiyotida milliy Nasrning asosiy qirralari nurlanib ketdi. Ammo shunga qaramay, hoz. tushunchadagi Nasrning taraqqiyoti bevosita 20-a. bilan — zamonaviy adabiyotning shaklla-nish va rivojlanish davri bilan bogʻliq. Xuddi shu davrda tom maʼnodagi oʻzbek badiiy Nasri yaratildi va u adabiy tur sifatida oʻz shoxobchalariga ega boʻldi. 20-a. boshlarida vaqtli matbuotning paydo boʻlishi, gaz. va jur. sahifalarida Choʻlponning «Qurboni jaholat», «Doʻxtir Muhammadyor», Qodiriyning «Juvonboz», «Uloqda» singari hikoyalarining yaratilishi, Hamzaning «Yangi saodat», S. Ayniyning «Buxoro jallodlari», «Odina» qissalari, Qodiriyning «Oʻtgan kunlar» romanining eʼlon qilinishi bilan zamonaviy realistik oʻzbek Nasri uzil-kesil shakllandi. Bu N. mumtoz oʻzbek adabiyotidagi Nasrdan dastavval ijobiy va salbiy qahramonlar obrazi, syujet va kompo-zitsiyasi, badiiy konfliktga egaligi, hayotiy yoki afsonaviy-fantastik vo-qealarni muayyan badiiy til va uslubda tasvirlab berganligi hamda badiiy qonuniyatlarga toʻla rioya etib yozilgan-ligi bilan farqlanadi.

Ensiklopediya.uz
NASR