NASOS STANSIYASI

NASOS STANSIYASI

NASOS STANSIYASI — suyukliklarni yuqoriga koʻtarish uchun moʻljallangan bino; nasos agregati va quvurlardan iborat inshoot. Nasos stansiyasiga boshkarish apparatlari, elektr N. yeda esa taqsimlash qurilmalari, pasaytirish pod-stansiyalari, yigʻish-soʻrish va bosim kollektorlari, qoʻshimcha jihozlar (asosiy nasoslarni ishga tushiradigan vakuumnasoslar, yongʻinga qarshi ji-hozlar, moy xoʻjaligi va b.) kiradi. Nasos agregati soʻrish quvuri, nasos, dvigatel, uzatish mexanizmi, teskari klapanli bosim truboprovo-di va zulfindan iborat boʻladi. Me-liorativ (sugʻorish) N. s. ning qoʻzgʻalmas va suzuvchi xillari bor. Suzuvchi Nasos stansiyasi yeda nasos va kuch qurilmalari ponton yoki barjalarga oʻrnatiladi. Kema qatnaydigan yirik kanallarni suv bilan taʼminlash, suv omborlarini suv bilan toʻldirish, sugʻorish inshootlari va b. uchun yirik Nasos stansiyasi qoʻllaniladi.

Ensiklopediya.uz
NASOS STANSIYASI