NARSHAXIY

NARSHAXIY

NARSHAXIY, Abu Bakr Muhammad ibn Jaʼfar ibn Zakariyya al-Xattob ibn Sharik annarshaxiy (899—959) — tarixchi olim. Buxoroning Narshax qishlogʻida tugʻilgan. Tarjimai holiga oid maʼlumotlar kam. Somoniylar saroy-ida kotiblik qilgan. Narshaxiy 943—944-y. larda «Buxoro tarixi» («Tahqiqi viloyati Buxoro») nomli asarini arab tilida yozib, uni somoniylar amiri Nuh ibn Nasr (hukmronlik davri: 943—954)ga bagʻishlagan. Narshaxiyning oʻgʻli Abu Bakr Mansur va nevarasi hadisshunos olim Abu Rafi al-Ala ibn Mansur ibn Muhammad ibn Jaʼfar asarni arab tilida davom ettirishib, Mansur ibn Nuh (hukmronlik davri: 997—999), yaʼni soʻnggi somoniylar davrigacha toʻldirishgan. Nasafiyning «Kitob al-qand» («Samarqandiya») va Abu Saʼd as-Samʼoniy (1113 — 1167) ning «Kitob al-ansob» asarlarida Narshaxiy haqida maʼlumotlar mavjud. Narshaxiy oʻz tugʻilgan qishlogʻida vafot etgan. Asarning asl nusxasi bizgacha yetib kelmagan. 1128-y. quvalik Abu Nasr Ahmad ibn Muhammad al-Qubaviy asarni fors tiliga qisqartirib tarjima qilgan. 1178— 79 y. larda asar 2-marta qisqartirilgan. Tarjimonlar qisqartirish bilan birga uni yangi maʼlumotlar bilan maʼlum maʼnoda toʻldirganlar. «Buxoro tarixi» 36 bobdan ibo-rat boʻlib, asosan, Buxoro vohasining tarixiga bagʻishlangan. Ki-tobning bir necha bobi Buxoroning barpo etilishi, qad. nomlari, qad. podshox,lariga bagʻishlangan. Asarning maxsus bir bobi Buxoro atrofidagi Karmana, Hyp, Tavois, Iskajkat, Shargʻ, Zandana, Vardona, Afshona, Barkat, Romitan, Varaxsha, Baykand (Poykend), Forob va b.

Ensiklopediya.uz
NARSHAXIY