NARPAY TUMANI
NARPAY TUMANI — Samarqand viloyatidagi tuman. 1926-y. 29 sent. da tash-kil etilgan. Viloyatning jan. da joylashgan. Sharq va gʻarbdan viloyatning Kattaqoʻrgʻon, Paxtachi, shim. dan Navoiy viloyatining Xatirchi tumani, jan. dan Nurobod tumani, Qashqadaryo viloyati bilan chegaradosh. Mayd. 0,44 ming km2. Aholisi 152 ming kishi (2003). Tumanda 1 shahar (Oqtosh), 1 shaharcha (Mirbozor), 9 qishloq fuqarolar yigʻini (Islomshoir, Kosagaron, Olti-oʻgʻil, Chaqar, Yangirabot, Yangiqoʻrgʻon, Qadim, Qorakoʻl, Qorasiyrak) bor. Markazi — Oqtosh sh.
Ensiklopediya.uz
NARPAY TUMANI