Nargiza Erkaboyeva: Magnit ayol yoxud erkaklarni esdan og‘dirish san’ati

Nargiza Erkaboyeva: Magnit ayol yoxud erkaklarni esdan og‘dirish san’ati

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qoraqalpog‘istonda kam uchraydigan hayvonlarning tuzoq kameralarga tushib qolganligi haqida ma’lumot bergandik. Ayni paytda Orolning qurigan tubida hosil bo‘lgan o‘rmonzorlarda har xil yovvoyi tuyoqli hayvonlarning ko‘payishi ortidan noqonuniy ovchilar soni ham ko‘payib bormoqda.

O‘zbekiston “Qizil kitobi”ga kiritilgan noyob jonivorlar Qoraqalpog‘istonda ko‘paytirilishi mumkin

Qoraqalpog‘istonlik olimlar O‘zbekiston Respublikasining “Qizil kitobi”ga kiritilgan noyob va yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan yovvoyi tuyoqli hayvonlar (qulon, jayron, Prjevalskiy oti, sayg‘oq)ni Orolning qurigan maydonida hosil bo‘lgan o‘rmonzorlarda yarim erkin sharoitda ko‘paytirish va keyinchalik ularni yovvoyi tabiatga qaytarib yuborish bo‘yicha loyiha takliflarini ilgari surmoqda.

– Loyihamiz maqsadi Orolbo‘yi hududida tuyoqlilarning noyob turlarini saqlash va qayta tiklash bo‘yicha pitomniklar yaratishdir. Unda boshqa hududlarda reintroduksiya qilish orqali tuyoqlilarning noyob turlarini tiklashni taklif qilyapmiz. Uning uchun tuyoqlilarni yarim erkin sharoitda saqlash va ko‘paytirish texnologiyasini ishlab chiqamiz. Shu orqali ularning zaxira soni yaratiladi, – deydi loyiha tashabbuskorlaridan biri, Qoraqalpoq davlat universiteti “Ekologiya va tuproqshunoslik“ kafedrasi dosenti, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Arzigul Kidirbayeva. – Pitomniklarda ko‘paytirilgan tuyoqlilarni boshqa qo‘riqxonalarga yuborish mumkin yoki ularni boshqa xaridorlarga sotib daromad qilish ham mumkin.

Biz hozirda uchta yovvoyi hayvon turini ko‘paytirishga mo‘ljallangan vol’er majmuasi loyihasini yaratganmiz. Bu hayvonlarni boshqa qo‘riqxonalardan olib kelamiz. Albatta, ularni darhol tabiatga yuborish mumkin emas, dastlab shunday pitomniklarda hududga moslashtiriladi.

Biz aynan Orolning qurigan tubida hosil bo‘lgan o‘rmonzorni tanlaganimizdan sabab, bu yerda tabiiy o‘t-em bazasi mo‘l, tabiiy suv havzasi – Jaltirbas ko‘li bor. Aqbetkey massivi ayni paytda qo‘riqxonaga aylantirilmoqda, bu ham ularni qo‘riqlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, hozirda biz Orolbo‘yi xalqaro innovasiya markazi bilan birga shu hududdan 5 ming gektar maydonni olishni rejalashtirganmiz. Maydonni o‘rab, tuyoqlilar uchun ozuqa ekinlarini ekamiz.

Bu kabi tajribalar dunyo tajribasida ko‘p marotaba sinalgan. Masalan, Belarus davlati bundan 500 yil avval yo‘q bo‘lib ketgan tarpan yovvoyi otlari bosh sonini qaytadan ko‘paytirishga muvaffaq bo‘ldi. Qozog‘istonda Oltin Yemel parkida Prjevalskiy otlari ko‘paytirilgan va hokazo.

– Biz Ustyurt sahrolarida bosh soni kamayib ketgan sayg‘oqlarni ham shu usul bilan ko‘paytirishni loyihamizga kiritganmiz, – deydi A.Kidirbayeva – Sayg‘oqlarning O‘zbekiston tomonida kamayib ketishiga sabab, bu Qozog‘iston bilan chegarada tikanli simlarning tortilishidir. Mamontlar davridan ular Qozog‘iston va O‘zbekiston hududidagi keng sahrolarda ko‘chib yurgan va bu ularga instinkt bo‘lib qolgan. Endi ular ushbu chegara simlaridan o‘ta olmay izga qaytib ketmoqda. Shu hol davom etaversa, ularda tabiiy instinkt ham yo‘qolib ketishi mumkin. Shu sababli, sayg‘oqlarni ham yarim erkin sharoitda ko‘paytirishni ilgari surmoqdamiz.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qoraqalpog‘istonda kam uchraydigan hayvonlarning tuzoq kameralarga tushib qolganligi haqida ma’lumot bergandik. Ayni paytda Orolning qurigan tubida hosil bo‘lgan o‘rmonzorlarda har xil yovvoyi tuyoqli hayvonlarning ko‘payishi ortidan noqonuniy ovchilar soni ham ko‘payib bormoqda.

E.Qanoatov, O‘zA

Nargiza Erkaboyeva: Magnit ayol yoxud erkaklarni esdan og‘dirish san’ati

Mazkur kitobga ilk marta ayollik energiyalari va ularni uyg’otuvchi, oshiruvchi amaliyotlar berilgan. Kitob trening-kitob tarzida yozilgan bo’lib, nazariya bilan birga ko’plab amaliy mashg’ulotlardan tashkil topgan. Kitob magnit ayol bo’lish, har qanday yoshda ham jozibador, maftunkor, yosh va sog’lom qolish sirlaridan bahramand etadi. Mazkur kitobdagi amaliyotlar orqali siz ayollik energiyangizdan foydalanib sevgiga, sovg’alarga, sayohatlarga ochadi.

Xususiyatlar
ISBN 978-9943-6354-1-8
Til O’zbekcha
Yozuv Lotincha
Betlar soni 192
Nashriyot Yosh Kuch
Muqovasi Qattiq
Qog‘oz formati A5
Chop etilgan yili 2021

Kitoblar, mahsulotlar, jahon adabiyoti, o’zbek adabiyoti, biznes va psixologiya, rus tilida, zamonaviy o’zbek adabiyoti, bolalar adabiyoti, diniy adabiyotlar, fan va o’quv qo’llanmalari, abituriyentlar uchun eng yaxshi kitoblar, eng yaxshi 100 ta kitoblar, badiiy (biografik adabiyotlar), , ingliz tilida juda ko’p narsalar va tez yetkazib berish

Sharhlar

Nargiza Erkaboyeva: Magnit ayol yoxud erkaklarni esdan og‘dirish san’ati

Qiziqarli malumotlar
Nargiza Erkaboyeva: Magnit ayol yoxud erkaklarni esdan og‘dirish san’ati