NAQQOSHLIK

NAQQOSHLIK

NAQQOSHLIK, naqshkorlik — amaliy sanʼatning qad. sohasi; naqsh yaratish kasbi. Naqqosh usta qogʻozga yoki matoga naqsh mujassamotini yoki naqsh taqsimini chizib oladi (ayniqsa, girih va islimiy kabi murakkab naqshlarda), axta, andoza tayyorlaydi. Amaliy sanʼat ustalari 2 xil usulda bezak yaratadilar: naqqoshlar tayyorlagan axta, andoza yordamida hamda naqsh (gul) toʻgʻridan-toʻgʻri bezash jarayoni-daustalar tasavvurining mahsuli si-fatida yaratiladi. Naqqoshlikda naqsh, bezakni malakali naqqosh ustalar chizib beradilar, bunday naqshlarni meʼmorlik, gilamchilik, kashtadoʻzlik, kandakorlik va b. dagi naqsh mujassamotlarida birday uchratish mumkin. Naqsh yaratish ustadan did, mahoratdan tashqari qunt, uzoq mashq-malaka talab qiladi. Naqqoshlar oʻtmishda xalq ustalarining eng bilim-don, isteʼdodli qismini tashkil etgan, ular ustodlarda taʼlim olgan, turli fanlar (adabiyot, musiqa, tarix, kimyo, matematika)ni yaxshi bilgan.

Ensiklopediya.uz
NAQQOSHLIK