Naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi

Naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi

Qonun bilan tovarlarni axborot tizimlari orqali realizatsiya qilishda iste’molchi huquqlarini himoya qilish tartibi belgilangan.

Naqd pulsiz hisob kitoblar to’g’risidagi nizom

«O’zbekiston Respublikasining Markaziy banki to’g’risida»gi va 2015 yil 20 avgustdagi «O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga xususiy mulkni, tadbirkorlik sub’ektlarini ishonchli himoya qilishni yanada kuchaytirishga, ularni jadal rivojlantirish yo’lidagi to’siqlarni bartaraf etishga qaratilgan o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida»gi qonunlariga muvofiq Markaziy banki Boshqaruvi O’zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to’g’risidagi nizomga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritdi.

Unga ko’ra, mijoz hisob-kitob operatsiyalariga doir barcha masalalar bo’yicha unga xizmat ko’rsatuvchi bankka murojaat qiladi. Bank va mijoz o’rtasidagi nizolar ular o’rtasida tuzilgan bank hisobvarag’i shartnomasiga muvofiq hal qilinadi. O’zaro kelishuvga erishilmagan taqdirda, masalalar sud orqali hal etiladi.

Bank tomonidan hisob-kitob hujjatlari quyidagi hollarda ijroga qabul qilinadi:

– yuridik shaxslardan — hisob-kitob hujjatlaridagi imzolar va muhr izi imzolar namunalari va muhr izi qo’yilgan varaqchada ko’rsatilgan namunaga muvofiq bo’lganda, yakka tartibdagi tadbirkorlik va yuridik shaxs tashkil etmasdan turib dehqon xo’jaligi faoliyati bilan shug’ullanuvchi shaxslardan — hisob-kitob hujjatlaridagi imzo va muhr izi imzolar namunalari va muhr izi qo’yilgan varaqchada ko’rsatilgan namunaga muvofiq bo’lgan taqdirda, bank tomonidan ijroga qabul qilinadi.

Bunda mijozlarning imzolar namunalari va muhr izi qo’yilgan varaqchasida dumaloq muhr izi qo’yilmagan bo’lsa, hisob-kitob hujjatlari muhr izisiz qabul qilinadi.

Hisob-kitob hujjatlari imzolar namunalari va muhr izi qo’yilgan varaqchaga imzo qo’ygan shaxslar tomonidan imzolanishi shart. Hisob-kitob hujjatlarini faksimile usulida nusxa ko’chirish vositalaridan foydalangan holda imzolash taqiqlanadi.

Bundan tashqari, Inkasso topshiriqnomalari bilan hisob-kitoblar bandiga kiritligan qo’shimchaga ko’ra, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tijorat banklariga shartnoma asosida depozitga qo’yilgan O’zbekiston Respublikasining respublika byudjeti mablag’lari va ular bo’yicha hisoblangan foizlari o’z vaqtida qaytarilmagan taqdirda, ularning istalgan hisobvaraqlariga inkasso topshiriqnomalarini taqdim etish huquqiga ega deb belgilandi.

Naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining qarori bilan O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

O‘zbekiston Respublikasining «O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida»gi, «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi, «Elektron to‘lovlar to‘g‘risida»gi qonunlariga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 maydagi PF-5059-son «Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda iste’mol qilish sohasida to‘lov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi hamda 2017 yil 5 iyuldagi PF-5106-son «Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida»gi farmonlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qildi:

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013 yil 26 apreldagi 9/1-son qarori (2013 yil 3 iyun) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kirdi.

O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar:

1. 1-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirildi:

«O‘zbekiston Respublikasi byudjyet tizimi byudjyetlarining g‘azna ijrosi bo‘yicha amalga oshiriladigan naqd pulsiz hisob-kitoblar O‘zbekiston Respublikasi byudjyet tizimi byudjyetlarining g‘azna ijrosi qoidalariga (ro‘yxat raqami 2850, 2016 yil 22 dekabr) muvofiq tartibga solinadi.».

2. 7-band quyidagi tahrirda bayon etiladi:

«7. Yetkazib berilgan mahsulot (bajarilgan ishlar, xizmatlar) uchun to‘lovlar bevosita mahsulot yetkazib beruvchilarga to‘lanishi kerak, to‘lovlarning uchinchi shaxslar (xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar) hisobidan undirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.».

3. 34-band «pochta aloqasi tashkilotlariga» degan so‘zlardan keyin «va AT Xalq banki filiallariga» degan so‘zlar bilan to‘ldirildi.

«a» kichik bandning yettinchi xatboshisidagi «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakatini» degan so‘zlar «O‘zbekiston yoshlar ittifoqining» degan so‘zlar bilan almashtirildi;

«v1» kichik band «energiya resurslari» degan so‘zlardan keyin «hamda suv ta’minoti va suv chiqarish xizmati» degan so‘zlar bilan to‘ldirildi.

5. 61-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi jumla bilan to‘ldirildi:

«Davlat ijrochilari energiya resurslari hamda suv ta’minoti va suv chiqarish xizmati bo‘yicha qarzdorlikni undirishda inkasso topshiriqnomalarini bevosita mablag‘larni to‘lovchiga xizmat ko‘rsatuvchi bankka davlat ijrochisining qarorini ilova qilmagan holda taqdim etishi mumkin.».

O‘zbekistonda naqd pulsiz hisob-kitob qilgan iste’molchilar rag‘batlantirilishi mumkin

“Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonuniga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqidagi qonun prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Kiritilgan qo‘shimchalarga muvofiq, ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) haqidagi, savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalariga oid ma’lumot iste’molchiga davlat tilida beriladi. Tovarda (ishda, xizmatda) nuqsonlar borligi va uning normativ talablarga muvofiq emasligi aniqlanganda, sotuvchi mazkur nuqsonlarni aniqlash uchun tekshirish o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlarni to‘liq qoplashi kerak.

Qonun bilan tovarlarni axborot tizimlari orqali realizatsiya qilishda iste’molchi huquqlarini himoya qilish tartibi belgilangan.

Unga ko‘ra, axborot tizimlari orqali tuzilgan shartnoma bekor qilinganda, sotuvchi iste’molchiga tovarni qaytarib berish joyi to‘g‘risida xabar berishi kerak.

Iste’molchining aybisiz yetkazilgan shikastlantirishlar, shuningdek, tovarni ko‘zdan kechirish va uni tekshirib ko‘rish maqsadida qadog‘ini ochish sababli tovar qiymatining pasayishi iste’molchini shartnomani bekor qilish huquqidan mahrum etmaydi (yuqoridagi tartiblar 3 oydan so‘ng kuchga kiradi).

Tovarlar uchun haq to‘lash shakliga qarab (naqd pulli yoki naqd pulsiz) tovar narxini oshirish yoki pasaytirish taqiqlanadi, tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun naqd pulsiz haq to‘langanda, iste’molchilarga rag‘batlantirishlar berilishi mumkin.

Avvalroq UzCard va Humo to‘lov tizimlari 2021-yildagi o‘zaro integratsiyalashuvning birinchi bosqichini yakunlagani, shu tariqa har ikkala tizim terminallarida to‘lovlarni qabul qilish amaliyoti namoyish etilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Ilgari terminallarda cheklovlar mavjud bo‘lgan bo‘lsa, endilikda bitta terminalda ham UzCard ham Humo kartalariga xizmat ko‘rsatish mumkin bo‘ladi.

  • “Terminal bor, lekin yaxshisi kartaga o‘tkazib beraqoling”. O‘zbekistonda tadbirkorlar soliqdan qochishga urinmoqda
  • Nega O‘zbekistonda so‘m uchun alohida, valyuta uchun alohida karta ochiladi? Markaziy bank vakili javob berdi

Qiziqarli malumotlar
Naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi