NAPOLEON I
NAPOLEON I, Napoleon Bonapart (1769.15.8, Ayachcho sh., Korsika o. — 1821.5.5, Muqaddas Yelena o.) — fransuz davlat arbobi va sarkardasi, Fransiya Respublikasining birinchi konsuli (1799—1804), Fransiya imperatori (1804—14 va 1815). 10 yoshida Fransiyaning Oten kollejiga kirgan, soʻng oʻsha 1779-y. da Briyenn harbiy oʻquv yurtiga koʻchirilgan. 1784-y. mazkur oʻquv yurtini muvaffaqiyatli tamomlab, Parij harbiy maktabiga (1784—85) oʻtgan. 1785-y. podporuchik unvonida armiya xizmatini boshlagan. Maxsus, umumiy ilmiy, falsafiy, siyosiy, badi-iy adabiyotni oʻqib oʻrgangan. Ilgʻor fransuz maʼrifatparvarlari ruhida tarbiyalangan H. I 1789-y. Buyuk fransuz inqilobini iliq kutib olgan. 1792-y. Yakobinchilar klubiga aʼzo boʻlgan. U Parij sh. garnizoni qoʻmondoni va 1796-y. da Italiyada harakat qilayotgan fransuz armiyasining bosh qoʻmondoni etib tayinlangan. Italiya kompaniyasida H. I oʻzini buyuk sarkarda ekanligini na-moyon qilgan. Gʻolib sifatida Parijga kirib kelgan H. I Misrga xarbiy yurish qilish haqidagi qarorini Direktoriyadan oʻtkazgan. Lekin, oʻz xohishi bilan u Misrni tashlab, 1799-y. okt. da Parijga qaytib kelgan va 9—10 noyab. da davlat toʻntarishi oʻtkazib, konsullkk rejimini joriy etgan va amalda butun hokimiyatni oʻz qoʻliga olgan. U inqilob qoʻlga kiritgan demokratik yutuqlarni bekorga chiqargan. Ammo, iqtisodiy sohada inqilob samaralarini, shu jumladan, mulkni qayta taqsimlash tadbirini himoya qilgan, sanoat va savdoning rivojlanishiga katta eʼtibor bergan. 1800-y. fransuz bankiga asos solgan.
Ensiklopediya.uz
NAPOLEON I