NANSEN

NANSEN

NANSEN (Nansen) Frityof (1861.10.10 — Kristianiya (hoz. Oslo) yaqinida — 1930.13.5) — norveg sayyohi, okeanograf, jamoat arbobi. 1880—82 y. larda Kristianiya un-tida oʻqigan. 1897-y. dan oʻsha un-tda zoologiya prof., Peterburg FA faxriy aʼzosi (1898). 1888-y. da birinchi boʻlib changʻida Grenlandiyaning jan. qismini kesib oʻtib, uning ichki r-nlari butunlay muz bilan qoplanganligini anikladi. 1893-y. maxsus qurilgan «Fram» kemasida Shim. qutbni zabt etish maqsadida yoʻlga chiqadi va Shpisbergen o. gacha yetib bordi. 1895-y. da Nansen ekspeditsiya qatnashchisi F. Ya. Iogansen bilan «Fram»ni tark etib, i. t. oʻtkazish uchun qutb tomon yurdi, lekin 86°14ʻ sh. k. dan orqaga qaytishga majbur boʻldi.

Ensiklopediya.uz
NANSEN