NAMOZ
NAMOZ (fors.) — islom koʻrsatmalari boʻyicha bajariladigan maxsus ibodat turi; islomdagi 5 rukndan biri. Namoz musulmonlarga meʼroj kechasi (q. Isro va meʼroj) farz qilingan birinchi ibo-datdir. Bir kecha-kunduzda 5 mahal (bomdod, peshin, asr, shom, xufton) N. oʻqish farz hisoblanadi. Namoz oʻqish «Allohu akbar» deb takbir aytish bilan boshlanib, sano, Qurʼon oyatlaridan tilovat qilishda duolar oʻqish, rukuʼ, sajda, tiz choʻkib oʻtirish, salom berishlarni oʻz ichiga oladi. Namozning bir necha turlari mavjud. Mas, farz, vojib, sunnat, nafl, ishroq, tahajjud, qazo, shukri vuzu, janoza va b. qoʻshimcha N. lar borki, ularni ado etish musulmon kishining ixtiyoriy ibodati sanaladi. Farz, vojib, sunnat N. lari esa ado etilishi sharʼan talab etiluvchi Namozlar sirasiga kiradi.
Ensiklopediya.uz
NAMOZ