Namoz o’qishni o’rganish kitobi skachat pdf

Namoz o’qishni o’rganish kitobi skachat pdf

«Quyosh og‘ishidan to tun qorong‘usigacha namozni mukammal ado qiling va tonggi o‘qishni (bomdod namozini) ham (ado qiling). Zero, tonggi o‘qish (farishtalar) hozir bo‘ladigan (namoz)dir. Tunda (bir qismida) uyg‘onib o‘zingiz uchun tahajjud (nafl) namozini o‘qing!

Namoz Kitobi. Men ham namoz o’qiyman

Ushbu namoz kitobi muqaddas islom dinimizning 5 ta ustunlaridan biri bo’lgan ibodat haqidadir.

Kitobdan parcha:

Islom tinchlikka, poklikka, insoniylikka, mehr-muruvvatga, vatanparvarlikka, ilm olishga chaqiruvchi dindir. U insonni ikki dunyo saodatiga yetkazadi. Quyidagilar Islom dinining ruknlaridir:

2. Har kuni besh mahal namoz o‘qish.

3. Ramazon oyida o‘ttiz kun ro‘za tutish.

4. Zakot berish. Zakot Islomda moliyaviy ibodatdir. Ya’ni boyligi hisobga (muayyan miqdorga) yetgan musulmonning yilda bir marta haqdorlarga zakot berishi farz.

5. Haj qilish. Bu amal moddiy jihatdan qurbi yetadigan musulmonlargagina farzdir.

Quyidagilarga ishongan kishi imonlidir:

2) Allohning farishtalariga;

3) Allohning kitoblariga;

4) Allohning payg‘ambarlariga;

5) Oxirat kuniga;

6) Taqdirga, ya’ni yaxshilik ham, yomonlik ham Allohdan ekaniga;

7) O‘limdan keyin qayta tirilmoqqa.

Namoz haqida

Namoz Islomning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi. Alloh taolo bandalariga farz qilib qo‘ygan. Namoz Alloh bergan hadsiz-hisobsiz ne’matlarga bandasining shukronasi hamdir. Namoz ibodati tufayli kishining Alloh nazdidagi darajasi yuksaladi. Namozxon oxirat hayotiga tayyorgarlik ko‘rib boradi. Turli bahonalar bilan namoz o‘qimay yurgan kishi Allohning buyrug‘iga qarshi chiqqan bo‘ladi. Bu esa, katta musibatdir.

Qur’oni karimda namoz o‘qish amr etilgan ko‘plab oyatlar bor (mazmunlari):

«Namozni mukammal ado etingiz, zakot beringiz va ruku qiluvchilar bilan birga ruku qilingiz» (Baqara, 43).

“Namozni mukammal ado etingiz va zakot beringiz!” (Baqara, 110).

«Alloh imonlaringizni (Baytul-Maqdisga qarab o‘qigan namozlaringiz ajrini) zoye ketkizmas. Albatta, Alloh odamlarga mehribon va rahmlidir» (Baqara, 143).

«(Ey Muhammad), imon keltirgan bandalarimga ayting, namozni mukammal ado etsinlar hamda savdo-sotiq va oshna-og‘aynigarchilik bo‘lmaydigan Kun (qiyomat) kelmay turib, Biz ularga rizq qilib bergan narsalardan xufyona va oshkora ehson qilsinlar!» (Ibrohim, 31).

«Quyosh og‘ishidan to tun qorong‘usigacha namozni mukammal ado qiling va tonggi o‘qishni (bomdod namozini) ham (ado qiling). Zero, tonggi o‘qish (farishtalar) hozir bo‘ladigan (namoz)dir. Tunda (bir qismida) uyg‘onib o‘zingiz uchun tahajjud (nafl) namozini o‘qing!

Shoyadki, Rabbingiz Sizni (Qiyomat kunida) maqtovli (shafoat qiladigan maqomda) tiriltirsa» (Al-Isro, 78-79).

“Ahlingizni namoz (o‘qish)ga buyuring va (o‘zingiz ham) unga (namozga) bardoshli bo‘ling!” (Toha, 132).

«Darhaqiqat, mo‘minlar najot topdilar. Ular namozlarga (qo‘rquv va umid bilan) bo‘yin eguvchi kishilardirlar. Ular (barcha) namozlarni (vaqtida ado etib qazo bo‘lishdan) saqlaguvchi kishilardir»
(Mo‘minlar, 1-2, 9).

«Albatta, namoz fahsh va yomonlikdan qaytarur! Albatta, Allohning zikri (barcha narsadan) ulug‘dir!»
(Ankabut, 45).

«Bas (ey, Muhammad), ular (kofirlar) aytayotgan so‘zlarga sabr qiling va Quyosh chiqishida va botishidan avval Rabbingizga hamd bilan tasbeh ayting (namoz o‘qing)! Yana kechaning (bir qismida) va sajdalar (namozlar) ortidan tasbeh ayting!» (Qof, 39-40).

Namoz o’qishni o’rganish kitobi skachat pdf

Jahon Chempionati 2014 VIDEO TAMOSHA / ONLAYN KO’RISH / JCH 2014 GOLARNI KO’RISH / ЖЧ 2014 ТАМОША КИЛИШ

Hidoyat sari / ҲИДОЯТ САРИ / IBRATLI / ISLOM / HADISLAR

salat tayyorlash sirlari, antiqa salatlar qilish, salat qilishni organish, pazandalik sirlari, salatlarni qanday tayyorlaydi, yangicha salatlar, 2017 2018 salatlar,

tort qilish, tortni qanday tayyorlaydi, pishiriqlar qilishni o’rganish, yangicha tortlar qilish sirlari, ajoyib malumotlar, to’rt tayyorlash sirlari, o’rganish, tort kursiga

shirinliklar tayyorlash, pazandalik sirlari, ayollar oshxonasi, pishiriq qilishni o’rganish, pazanda o’quv kurslari, mazali pishiriq, mazali shirinlik tayyorlash, sherlar.net. . Soqol o’stirish uchun nima qilish kerak (yigitlarga maslahatlar)

AYOLLAR UCHUN FOYDALI MASLAHATLAR MAKEUPLAR / АЁЛЛАР УЧУН ФОЙДАЛИ МАСЛАХАТЛАР МЭЙКАПЛАР BO’YANISH USULLARI KOSMETIKALAR MASLAHATLAR AYOLLAR UCHUN PARVARISHLAR GIGIENIK MASLAHATLAR KERAKLI MA’LUMOTLAR Макияж Гўзаллик мактаби Тенденциялар Интервью Ҳаёт тарзи Янгиликлар ДЎКОН

Namoz o’qishni o’rganish kitobi skachat pdf

NAMOZ KITOBI

Vojib bo‘lishining shartlari

Kishiga namoz o‘qish farz bo‘lishining uchta sharti bor: Islom, balog‘at, aql. Lekin yetti yoshga to‘lgan bolalar namoz o‘qishga buyuriladi. O’n yoshga to‘lganida ham namoz o‘qimasa, o‘rgatish maqsadida faqatgina qo‘l bilan uriladi, tayoq bilan urilmaydi.
Izoh: Hadisi sharifda Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam “Farzandlaringiz yetti yoshga to‘lgach, namoz o‘qishga buyuringlar, o‘n yoshga kirganida ham namoz o‘qimasalar (engil) uringlar va yotoqlarini ajratinglar “, deb marhamat qilganlar.

Vojib bo‘lishining sababi

Vojib bo‘lish sababi namoz vaqtlarining kirishidir. Namozning avvalgi vaqti kirishi bilan butun vaqtning bir qismida uni ado etish vojibdir.
Izoh: Namoz lug‘atda duo degan manoni anglatadi. Shariatda esa boshlanishi iftitoh takbiri, oxiri salom bo‘lgan maxsus harakat va lafzlardan iborat ibodatdir. Payg‘ambarimizning, sollallohu alayhi va sallam, hijratlaridan bir yarim yil avval, Meroj kechasida farz qilingan.

Namoz vaqtlari

Bir kecha-kunduzda farz namozlarning besh vaqti bor:
1. Bomdod namozining vaqti subhi sodiqdan boshlab, quyosh chiqqunigachadir. Sharqdan yoyila boshlagan oppoq yorug‘lik bomdod namozining vaqti kirganini bildiradi.
2. Peshin namozining vaqti quyoshning zavolidan har bir narsaning soyasi o‘zidan ikki marta uzun bo‘lgunichadir.
3. Asr namozining vaqti narsalarning soyasi o‘zidan ikki marta uzun bo‘lgan vaqtdan boshlab, quyosh botgunigacha davom etadI.
4. Shom namozining vaqti quyosh botganidan so‘ng boshlanib, qizil shafaq yo‘qolgunicha davom etadi.
5. Xufton va vitr namozlarining vaqti qizil shafaq yo‘qolgan paytdan boshlanib, subhi sodiq kirgunigacha davom etadi. Vitr namozi hech qachon xufton namozidan avval o‘qilmaydi.

Ikki farz namozning birga (jam) o‘qilishi

Ikki farz namozni bir vaqtda o‘qish (yani, jam qilish) uzr tufayli bo‘lsa ham, joiz emas. Faqat Arafotda ihromda bo‘lish va hojilar rahbari yoki uning vakiliga iqtido qilish sharti bilan peshin, asr namozlari peshin vaqti ichida, Muzdalifada esa shom va xufton namozlari xufton vaqti ichida jam qilib o‘qiladi, Muzdalifaga ketayotib, yo‘lda shom namozini o‘qish joiz emas.

Mustahab bo‘lgan namoz vaqtlari

1. Erkaklar uchun bomdod namozini so‘nggi vaqtigacha kechiktirib o‘qish.
2. Peshin namozini yoz paytida jazirama issiq yo‘qolgunigacha kechiktirish, qish paytida esa tezroq o‘qish, faqat havo bulutli bo‘lganida biroz kechiktirish.
3. Asr namozini, quyoshga qaralsa, ko‘z qamashmaydigan paytdan biroz avvalgi vaqtgacha kechiktirish, lekin havo bulutli kunlarda tezroq o‘qish.
4. Shom namozini havo ochiq kunlarda tezroq (vaqt avvalida), havo bulutli kunlarda biroz kechiktirib o‘qish.
5. Xufton namozini tunning uchdan bir qismi o‘tgunigacha kechiktirish, havo bulut kunlari tezroq o‘qish. Uyg‘onishiga ishonganlarning vitr namozini tunning so‘nggi vaqtigacha kechiktirib o‘qishi. Bu hukmlar soati bo‘lmaganlar uchundir.
Ikki farz namozning birga (jam’) o‘qilishi

Ikki farz namozni bir vaqtda o‘qish (ya’ni, jam’ qilish) uzr tufayli bo‘lsa ham, joiz emas. Faqat Arafot-da ihromda bo‘lish va hojilar rahbari yoki uning vakiliga iqtido qilish sharti bilan peshin, asr namozlari peshin vaqti ichida, Muzdalifada esa shom va xufton namozlari xufton vaqti ichida jam’ qilib o‘qiladi, Muzdalifaga ketayotib, yo‘lda shom namozini o‘qish joiz emas.

Mustahab bo‘lgan namoz vaqtlari

1. Erkaklar uchun bomdod namozini so‘nggi vaqtigacha kechiktirib o‘qish.
2. Peshin namozini yoz paytida jazirama issiq yo‘qolgunigacha kechiktirish, qish paytida esa tezroq o‘qish, faqat havo bulutli bo‘lganida biroz kechiktirish.
3. Asr namozini, quyoshga qaralsa, ko‘z qamashmaydigan paytdan biroz avvalgi vaqtgacha kechiktirish, lekin havo bulutli kunlarda tezroq o‘qish.
4. Shom namozini havo ochiq kunlarda tezroq (vaqt avvalida), havo bulutli kunlarda biroz kechiktirib o‘qish.
5. Xufton namozini tunning uchdan bir qismi o‘tguniga-cha kechiktirish, havo bulut kunlari tezroq o‘qish. Uyg‘onishiga ishonganlarning vitr namozini tunning so‘nggi vaqtigacha kechiktirib o‘qishi. Bu hukmlar soati bo‘lmaganlar uchundir.

Namoz o‘qish makruh bo‘lgan vaqtlar

Quyidagi uch vaqgda na farz va na bu vaqtlar kirmasidan avval zimmaga vojib bo‘lgan namozlarni o‘qish joiz emas.
1. Quyosh chiqishidan boshlab, ko‘tarilgunigacha bo‘lgan vaqtda.
2. Quyosh tik ko‘tarilib (qiyomga kelib), g‘arb sari mayl qilgunigacha bo‘lgan vaktda.
3. Quyosh sarg‘aygan paytdan boshlab, botishigacha bo‘lgan vaqtda.
Faqat quyosh botayotgan paytda o‘qilayotgan asr namozish tamomlash, shu vaqtda o‘qilgan oyatlarning tilovat sajda sini qilish hamda hozir bo‘lgan mayitning janoza namozini o‘qish karohat bilan joizdir.

Nafl va sunnat namoz o‘qish makruh bo‘lgan vaqtlar

1. Ikkinchi fajr (fajri sodiq) kirgach (bomdod namozining sunnatidan tashqari).
2. Bomdod namozining farzidan so‘ng.
3. Asr namozining farzidan so‘ng.
4. Shom namozining farzidan avval.
5. Juma kuni imom xutba o‘qishga chiqishidan boshlab, juma namozi o‘qib bo‘lingunigacha.
6. Bomdod namozining sunnatidan tashqari, qaysi namoz bo‘lmasin, muazzin takbir aytayotganida.
7. (Xoh uyda, xoh masjidda bo‘lsin) hayit namozidani avval, hayit namozidan so‘ng (faqat masjidda).
8. Arafot va Muzdalifada jam’ qilib o‘qilgan ikki namoz orasida.
9. Farz namozining vaqti juda kam qolganida (chunki nafl o‘qiladigan bo‘lsa, farz qazo bo‘lib qolishi mumkin).
10. Kichik yoki katta hojat tang qilib turganida.
11. Nafsga xush kelgan taom dasturxonga tortilganida.
12. Namozdan chalg‘ituvchi narsalarning yonida nafl namoz o‘qish.

Azon va takbirning hukmlari

Muqimliqda va safarda bo‘lsin, xoh yolg‘iz, xoh jamoat bo‘lib farz namozlarini o‘z vaqtida yoki qazosini o‘qish oldidan erkaklarning azon va takbir aytishlari sunnati muakkadadir. Ayollarga esa makruhdir.
Izoh: Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam, bilan sahobalar bir kuni musulmonlarga namoz vaqti kirganini bildirish uchun biror usul yo vosita topish xususida suhbatlashib, eng ma’qul usulni izlashga kirishadilar. Barcha o‘z fikrini ayta boshlaydi. Kimdir zang (qo‘ng‘iroq) chalinsin, dedi. Payg‘ambarimiz “bu nasroniylar odatidir”, debradqildilar. Kimdir “karnay (quvur) chalaylik” dedi. “Bu yahudiylar odatidir”, dedilar Alloh Rasuli. Ba’zi sahobalar nog‘ora chalishni taklif qildilar. Payg‘ambarimiz: “Bu Bizans (sharqiy Rum) odatidir “, dedilar. Ba’zilar olov yoqaylik dedi. Sayg‘ambarimiz: “Bu majusiylar odati”, debqabul qilma-dilar. Kimdir “masjid tomiga bayroq. tikaylik, ko‘rganlar namoz vaqti bo‘lganini bilsin ” dedi. Bu fikr ham Payg‘ambarimizga yoqmadi. Aniq bir fikrga kelmasdan tarqalishdi. Abdulloh ibn Zayd ham ularning oralarida edi. O’sha kunni eslab shunday deydi: “O’sha tunda shunday xayol tushunchalar bilan uyquga yotdim. Uyqu va bedorlik aralash holatda chiroyli kiyingan bir kishini ko‘rdim, Devor ustida qo‘liga zang ushlagan holda menga tikilib o‘tirardi. Unga: “Qo‘lingdagini menga sotasanmi?” dedim.
— Nima qilasan ? — dedi.
— Namoz paytida u bilan musulmonlarni masjidga chaqiraman, dedim.
Bundan chiroyliroq usulni o‘rgataymi? — dedi va o‘rnidan turib, bizga ma’lum jumlalar bilan azon aytdi. Biroz o‘tirganidan so‘ng yana turib, bizga ma’lum shaklda takbir aytdi. Ertalab uyg‘ongach, darhol Rasulullohning, sollallohu alayhi va sallam, huzurlariga borib, tushda ko‘rganlarimni so‘zlab berdim. Shunda Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam, “O’sha yashil libosli kishi sizga o‘rgatgan jumlalarni Bilolga o‘rgating, bizga aytib bersin. Uning ovozi chiroylidir “, dedilar. Biroz o‘tgach, Hazrati Umar, roziyallohu anhu, kelib, vaziyatdan xabar topgach: “Xuddi shunday tushni men ham ko‘rdim, lekin Abdulloh ibn Zayd biroz ertaroq, Harakat qilibdi “, dedilar. Bu orada bir necha sahobalar ham kelib xuddi shunday tush ko‘rganlarini aytadilar. Bu xususda Nayg‘ambarimizga ham alohida vahiy kelgan edi. Bir rivoyatga ko‘ra, Xazrati Umar, roziyallohu anhu, ko‘rgan tu-shini aytish uchun, erta tong Payg‘ambarimizning huzurlariga yuguradilar. U zot, sollallohu alayhi va sallam, o‘zlariga ham shunday vahiy kelganini aytadilar. Demak, azon bugungi jumlalari bilan arab tilida ba’zi sahobalarga tush, Payg‘ambarimizga esa, vahiy orqali o‘rgatilgan. Shu bois azon lafzlarini o‘zgartirish, boshqa tilda aytish, tush va ilhom orqali ma’lum qilingan ilohiy maqsadga zid bo‘ladi.

Azon

Azon avvalida to‘rt, oxirida ikki marta takbir (Allohu Akbar) deyiladi. Shahodatlar “Ashhadu alla ilaha illalloh” va “Ashhadu anna Muhammadar rasululloh” lafzlarida tarji’ (ya’ni, jumlalarni baland ovozda aytishdan avval ichida aytib olish) qilinmaydi (tarji’ Shofe’iy mazhabida sunnat, Imomi A’zam mazhabiga ko‘ra, makruhdir).
Takbir xuddi azon kabi aytiladi. Faqat bomdod namo-zining azonida “Hayya alal falah” jumlasidan so‘ng, “As-salotu xoyrum min an-navm” va barcha farz namozlarning takbirlarida ikki marta “Qod qomatis solah” deyiladi. Azon jumlalari alohida-alohida cho‘zib aytilsa, takbir juft-juft qilib, tezroq aytiladi.

Arabchadan boshqa tilda azon aytish

Ma’nolarini to‘la ifoda qilsa ham, azon va takbirni arabchadan boshqa tillarda aytish joiz emas.

Muazzinga oid mustahab amallar

1. Muazzinning solih kishi bo‘lishi.
2. Azonning sunnatlarini va vaqgini bilish.
3. Azonni tahorat bilan aytish.
4. Azonni tahorat bilan va qiblaga yuzlanib aytish (faqat musofirning miniladigan hayvon yoki transport vositasi ustida bo‘lishi bundan mustasno).
5. Azon aytayotganida ovozning uzoqroqqa ketishi uchun barmoqlar bilan quloqlarni berkitib olish.
6. “Hayya alas-solah”ni aytganida yuzini o‘ngga va “Hayya alal-falah”ni aytganida chapga burishi yoki minoradan boshini chiqarish.
7. Mustahab bo‘lgan vaqtga rioya qilish bilan birga jamoatning namozga yetishuvini o‘ylab azon bilan takbir orasida ozroq kutib turish.
Shuningdek, shom namozida uch qisqa oyat o‘qiladigan yoki uch qadam bosadigan darajada kutiladi.

Azonning makruhlari

1. Azon kalimalarini noto‘g‘ri talaffuz qilish yoki qo‘shiqqa o‘xshati` aytish (talqin).
2. Tahoratsiz azon va takbir aytish.
3. Junub holatda azon aytish.
4. Balog‘atga yetmagal bolaning, telba, mast, ayol, fosiq (gunohi kabira qilib, shariat amrlarini bajarmagan kishi) va o‘tirgan shaxslarning azon aytishlari ham makruhdir. Bunday hollarda azonni takror aytish mustahabdir. Takbir takror aytilmaydi. Juma kuni (uzr bilan juma namozini qazo qilganlar) peshin namozi uchun azon va takbir aytishlari makruhdir.

Qazo namozlarida azon

Qazo namozlarini o‘qish ubhun aron va takbir aytiladi. Bir necha qazo namozini bir vaqtda o‘qish uchun dastlabkisida azon va takbir aytihadi. Qolganlarida azon tark qilinsa ham, takbirni tark qilish makruhdir.

Azon eshitilganida nima deyiladi?

Azon aytilganida to‘xtab, uni eshitish, azon jumlalarini taqrorlash odobdandir. Faqat Hayya alas-solah” va “Hayya alal-falah”dan so‘ngra (La havla vala quvvata illa billah) hamda bomdod namozida (“As-solatu xoyrum min an-navm”) jumlalaridan so‘ng, “Sodaqta va barorta” (to‘g‘ri aytding) yoki “Mashaalloh”, (Alloh xohlagan narsa bo‘ladi) deqdi. Azon tamomlaýgach, muazzin va eshitgan kishilar quyidagi vasila duosini o‘qiydilar:
Allohumma robba hazihid-da’vatit-tammah. Vas-solatil qoimah, ati Muhammadanil variylata val faziylah. Vab’ashu maqomam mahmudanidlaziy va’adtah. Varzuqka shafa’atahu yavmal qiyamah. Innaka la tuxliful mi’ad!
Ma’nosi: “Ey ushbu komil da’vat (azon) va namozning hapiqiy egasi bo‘lgan Allohim! Muhammadga, sollallohu alayhi va sallam, shafoatchilik salohiyatini va oliy martabani bergin. Va u zotni O’zing va’da qilgan Mahmud – jannatidagi eng go‘zal maqomga erishtirsin!

Namozning shartlari

Namozning durust bo‘lishi uc`un quyidagi shartlar lozimdir:
1. Hadas (tahoratsizlik, junub, hayz va nifos)dan poklanish.
2. Vujud, libos va namoz o‘qiladigan joyning namoz durustligiga mone’ bo‘luvchi najosatlardan pok bo‘lishi, oyoq, qo‘l, tizza va peshona qo‘yiladigan joylarning toza bo‘lishi ham shart.
3. Avrat joylarning to‘silgan bo‘lishi. Yoqa yoki etakdan (avrat joylari) ko‘rinib qolishining zarari yo‘q.
Izoh: Boshqa bir narsa bilan aloqasi, bog‘lanishi bo‘lgan narsa o‘sha boshqa narsaning ichida bo‘lsa, rukn deb ataladi. Masalan, namozda ruku qilish kabi. Agar u o‘sha boshqa narsaga hech bir ta’sir ko‘rsatmay, faqat unga olib boruvchi bo‘lsa, sabab deb nomlanadi. Masalan, namozning farz bo‘lishi uchun vaqtning kirishi kabi. Agar unga olib boruvchi narsa o‘sha boshqa narsaga tayangan bo‘lsa, u shart deb ataladi. Masalan, namozga tahorat qilish kabi. Agar unga tayanmagan bo‘lsa, alomat deyildi. Masalan, namozga azon aytish kabi. Demak, shart narsaning tashqarisida bo‘lib, o‘sha narsaning mavjudligi unga tayangan sababdir. Rukn esa, har qanday bir narsaning ichida bo‘lib, o‘sha narsaning mavjudiyati unga tayangan sababdir.
4. Qiblaga yuzlanish. Makkada Ka’bani ko‘rib turganlar uchun Ka’baning o‘ziga, ko‘ra olmaganlar uchun Ka’ba tomonga yuzlanish farzdir.
5. Namoz vaqtining kirishi.
6. Vaqt kirganiga qanoat hosil qilish.
7. Niyat qilmoq.
8. Niyatdan so‘ng darhol takbiri tahrima qilish.
9. Takbiri tahrimani tik turgan holda rukuga egilmasdan avval qilish.
10. Niyatni iftitoh takbiridan oldin kilish.
11. Iftitoh takbirini o‘zi eshitadigan darajada balandroq aytish.
12. Iqtido qilgan kishining (namozga niyat qilish bilan birga) imomga iqtido qilishga ham niyat qilishi.
13. Qaysi vaqtning farz yoki vojib namozi o‘qilishini niyat qilish.
14. Nafl namozlardan boshqa (farz va vojib) namozlarni tik turgan holda o‘qish.
15. Farz namozlarining ikki rakatida, vitr va nafl namozlarining barcha rakatlarida, Kur’ondan bir oyat bo‘lsa ham qiroat qilish.
16. Jamoat qiroat qilmaydi. Imom jahran o‘qiganida eshitadi, maxfiy o‘qiganida esa jim turadi. Iqtido qilgan kishining qiroat qilishi tahriman makruhdir.
17. Ruku qilish.
18. Peshona botib ketmaydigan joyga sajda qilish. Paxta, somon, guruch, tariq va shunga o‘xshash narsalar ustiga sajda qilish durust emas. Chunki bunda peshona barqaror bo‘lmaydi. Agar bu narsalar maxsus qopga joylangan bo‘lsa ham, sajda qilayotganida peshona bilan burunning qattiq joyini yerga tekkizish vojibdir. Faqat burunning o‘zini yerga qo‘yish, peshonada biror uzb bo‘lmasa, joiz emas.
19. Sajda qilinadigan joyninf oyoqlar turgan joydan yarim ziro’daf (taqriban 25 sm) baland bg‘lmaslhgi. Yarim ziro’dan baland joyga sajda qilish joiz emas. Faqat joy torligi tufayli ayni namozni o‘qiyotgan boshqa kishining yelkasiga sajda qilish mumkin.
20. Sahdada iiki qo‘l kaftini, ikki tizzani, ikki oyoq barmoqlari uchini yerga qo‘yish, (oyoqlarning (yoka oyoq barmoqlapining) ustini yerfa tekkizish joiz emas)
21. Rukuni sajdadan avval qilish.
22. Birinchi sajdadan so‘ng boshini ko‘tarib, o‘tirishga yaqin holda oz fursat turish.
23. Ikkinchi sajdani ado etish (ikkinchi sajda ham birinchi sajda kabi farzdir).
24. Namoz so‘ngida “Attahiyyatu” (tashahhud o‘qish miqdoricha o‘tirhsh.
Izoh: Bu hukm Ibn Mas’ud, roziyallohu anhu, Payg’ambarimizdan, sollallo`u alayhi va sallam, rivoyat qilgan hadisi sharifdan chiqarilg`n, ya’fi, Payf‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sall!m, Ibn Mas’udga, roziyallohu anhu, “Attahiyyatu “ni o‘rgatgach, “Buni o‘tirib o‘qiganingdan so‘ng namoxingni tamomlaean bo‘lasan”, deb namo:ni tamomlash tashahhud o‘qishiga yoki shuncha miqdor o‘tirishga bog‘liq ekanini ba9on qiladilar.
25. Namozning barcha arkonlarini uxlamay ado qilish.
26. Namozning sqnnat va farzlarini bir-biridan `jpata bilish, uning shakl va harakatlarini bilish. Farz namozining farr ekaniga ishonish, toki farz namozni naf; sifatida o‘qimasin.

Namozning ruknlari

Yuqorida azon qilingan shartlardan quyidagilari namozning ruknlari hisoblanadi:
1. Qiyom (tik turmoq).
2. Qiroat
3. Ruku.
4. Sajda.
Izoh: Namoz ibodatlarning eng fazilatlisi bo‘lsa, sajds namozning eng muhim ruknidir. Payg‘aibarimiz, sollallohu alayhi ta sallam, sajda haqida shunday deydilar: “Banda ning Parvardigoriga eng yaqin bo‘lgan payti sajda holatidir Sajda qilgan holda Allohga ko‘p-ko‘p duo qilinglar”. Sajds holida jonfing manmanlik va ustunlik da’volarini tashlab, kamtarinlik ramzi bo‘lgan tuproqqa teng joylashuvi Alloh huzurida e’tiborlidir. Ibodatlarninc eng muhimi bo‘lgan, namoz, insonning nafs va shayton vasvasa qilayotgan manmanlik va kibr-havo tuyg‘ularidan qutulib, buyuk Parvardigory xuzurida o‘zining ojiz va zaif banda ekanini tan olishidir. Namoz mo‘minning me’rojidir va uning eng fazilatlisi xushu’-xuzu’, ichida tavoze’ bilan ado qilinganidir.
5. Oxirgi qa’dada kamida tashahhud o‘qish miqdoricha o‘tirish.
Izoh: Namoz shartlarining bir qismi (tahorat qilish, avrat joylarini yopish, qiblaga yuzlanish, vaqtning kirishi, niyat, iftitoh takbiri kabi) namozni boshlashning durustligi shartlari, qolgani esa namozni davom ettirish durustligining shartlaridir.
Qavilmagan kiyimning bir tarafi harom bo‘lsa, ikkinchi toza tarafini to‘shab, ustida namoz o‘qish joizdir.
Namoz o‘qiyotgan kishi sallasining ikki uchidan biri iflos bo‘lsa, uni pastga osiltirib, toza tomonini boshida qoldirsa, harakatlanganida toza tomonning iflos uchy qimirlamasa, (bunday salla bilan o‘qilgan) namoz joizdir. Agar bunda sallaning iflos uchi ham qimirlasa, u bilan namoz o‘qish joiz emas. Chunki toza tomoni harakatlanganida sallaning iflos uchi qimirlasa, u sallaning asosiy qismidan hisoblanadi. Kishining libosida namozga mone’ bo‘ladigan miqdorda najosat bo‘lib, uni ketkazishga suv yoki biror boshqa suyuqlik topa olmasa, o‘sha holatda namoz o‘qiydi. Suv topilsa, namozni qayta o‘qishi shart emas.

Avrat joylarini yopa olmagan kishining namozi

“Avrat” so‘zining lug‘aviy ma’nosi ayb, kamchilik demoqdir. Boshqalarga ko‘rsatish yoki ularga qarash jirkanch va uyat bo‘lgani uchun insonning ba’zi joylari avrat deyiladi.
Avrat joylarni belgilashga ko‘ra insonlar uch qismga ajratiladi:
1. Xoh ozod, xoh qul bo‘lsin, erkaklarning kindigidan tizzasining ostigacha bo‘lgan qismi avratdir. Tizzasining ko‘zi ham avrat hisoblanadi.
2. Joriyalarning, erkaklarda avrat hisoblangan joylari bilan bir qatorda, qorni va orqasi ham avratdir.
3. Ozod ayollarning yuzi, qo‘li va oyoqlaridan (to‘piqdan pasti) tashqari butun vujudlari tamomi avratdir. Kiyim ostidan tananing rangi ko‘rinib tursa, avrat berkitilgan hisoblanmaydi. Olimlarning fikriga ko‘ra, avrat joylarning avratligi ularning egasi uchun bo‘lmay, balki boshqalar uchundir. Masalan, namoz davomida boshqalar qarashi harom bo‘lgan a’zoga kishining nazari tushsa, namozga Hech zarar yetmaydi.
Izoh: Rivoyat qilishlaricha, Oyisha, roziyallohu anho, shunday degan ekanlar: “Shuncha yil birga hayot kechirib, na men u zotning avrat joyini ko‘rdim, na u zot mening avratimni ko‘rdilar”. Ajabo, bugungi kunda shunday zarofat sohibi bo‘lgan Payg‘ambarning, sollallohu alayhi va sallam, diniga mansub bo‘lganlardan necha kishi bu xususda ul zotning Haqiqiy ummati bo‘lishga loyiq ekan-a?
1. Ipak, quruq hashak yoki loy bo‘lsin, avrat joylarini berkitadigan bir narsa topa olmagan kishi, o‘sha holatda Namozini o‘qiydi va keyinchalik uni takror o‘qimaydi.
2. Biror shaxsning ruxsati bilan bo‘lsin, avrat joyini berkita oladigan to‘rtdan bir qismi toza bir narsani top-gan kishining avratini yopmasdan namoz o‘qishi joiz emas.
3. Agar u topgan narsaning to‘rtdan bir qismidan kam qismi pok bo‘lsa, xohlasa, avratini yopib, xohlasa avratlari ochiq holda namozini o‘qishi mumkin.
4. Butunlay iflos kiyim bilan namoz o‘qish yalang‘och holda namoz o‘qishdan afzalroqdir.
5. Avrat joyining bir qismini yopishga yetadigan narsa topgan kishining undan foydalanishi vojibdir. Hech bo‘lmasa, oddiy va orqasini berkitadi. Faqat bir tomonini yopishya ga yetadigan bo‘lsa, (ruku va sajdada nojo‘ya holat bo‘lgani uchun) orqasini, ba’zi olimlarga ko‘ra esa, (qiblaga qaraYa gani uchun) oldini berkitadi.

Yalang‘och kishilarning namozi

Yalang‘och kishilar oyoqlarini qibla tarafga uzatib, namozini o‘tirgan holda o‘qishi, ruku va sajdalarni bosh ishorasi bilan ado etishi mustahabdir. Yalang‘och kishi tik gurgan holda namoz o‘qiydigan bo‘lsa, ruku va sajdalarni bosh ishorasi bilan yoki to‘liq ado etishi durustdir.
Avrat. Erkakning avrat joyi kindik ostidan tizzasining ostigachadir. Joriyalarning esa, bunga qo‘shimcha qorni va orqasi ham avratdir. Hur ayollarning yuzi, qo‘llari va qadamlaridan tashqari butun vujudi avratdir.
Avrat joylarning ochilishi. Avrat joylardan birining to‘rtdan bir qismi ochilsa, namoz durust bo‘lmaydi. Alohida-alohida avratlardan biroz-biroz ochilib, to‘plami eng kichik avrat joyining to‘rtdan biriga teng bo‘lsa ham, namoz durust bo‘lmaydi. Agar kam bo‘lsa, namozga mone’ emas.

Qiblaga yuzlanish

1. Kasalligi tufayli yoki mingan hayvonidan tusha olmasligi yoki biror dushmandan qo‘rqqani uchun qiblaga yuzlana olmaydigan kishining qiblasi kuchi yetgan va u xotirjam bo‘lgan tarafdir.
2. Namoz o‘qiydigan kishi qibla tomondan shubha qilsa-yu, yonida aytib beradigan kishi yoki mehrob bo‘lmasad izlanadi va qalbi qaysi tomonga moyil bo‘lsa, o‘sha tomonga qarab namoz o‘qiydi.
3. Keyinchalik yanglish tomonga yuzlanganini anglasa ham, namozini takror o‘qimaydi.
4. Agar namoz davomida xato qilganini anglasa, to‘g‘ri tomonga yuzlanib, namozni davom ettiradi.
5. Qiblani surishtirmay namozni boshlagan bo‘lsa, namozni tugatgach, qiblani to‘g‘ri topgani aniq bo‘lsa, namozi durust bo‘ladi.
6. Qiblani surishtirmay, izlamay namoz boshlab, to‘g‘ri topganini namoz davomida anglasa, namozi buziladi. Shuningdek, qiblani to‘g‘ri topganini aslo bilmaganida ham namozi fosid bo‘ladi.
7. Korong‘u joyda bir jamoatdan har bir kishi o‘zicha qiblani qidirib, qalbi moyil bo‘lgan tomonga yuzlanib jamoat bilan namoz o‘qisa, ular imomning qaysi tomonga yuzlanganini bilmasalar ham (imomdan oldinga o‘tib ketganlaridan boshqa, barchasining) namozi durustdir.
Izoh: Bu xususda Amr ibn Uqba shunday deydi: “Qorong‘u bir tunda Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam, bilan birga edik. Hamma qalbi moyil bo‘lgan tomonga yuzlanib, namoz o‘qirdi. Ertasiga bu holatni Alloh Rasuliga eslatdik. Shunda, “Qaysi tomonga yuzlansangiz, Allohni o‘sha tomonda topasiz ” mazmunidagi oyati karima nozil bo‘ldi.
Qiblani qidirib, to‘g‘ri tarafga yuzlanish, iflos suv idishlari ichidan tozasini yoki iflos kiyimlar orasidan tozasini qidirishga o‘xshamaydi. Libos va suv idishlarini toza deb tanlab olinganidan so‘ng, iflos ekani ma’lum bo‘lsa, ular bilan o‘qilgan namozlarni takror o‘qish shart bo‘ladi. Ammo qibla bunday emasdir. Qibla islomiyatning dastlabki yillari Baytul Maqdis edi. Keyinchalik Ka’ba qibla bo‘ldi, Baytul Maqdisning hech bir fazilati bo‘lmaganida Alloh taolo musulmonlarning namozda u tomonga yuzlanishlariga ruxsat berarmidi?Demakki, qiblaning asosi ma’lum bir tomonga yuzlanish emas, balki o‘sha tomonlarning Yaratuvchisi va haqiqiy egasi Allohga yuzlanishdir.

Namozning vojiblari

Namozning o‘n sakkizta vojiblari bor:
1. Fotiha surasini o‘qish.
2. Farz namozlarining ikki rakatida, vitr vojib va nafl (sunnat) namozlarning barcha rakatlarida, Fotiha surasidan so‘nt qisqa bir sura yoki uchta qisqa oyat o‘qish.
3. Farz namozlarning birinchi va ikkinchi rakatlarida qiroat qilish. Farz namozlarning ikki rakatida qiroat qilish farz bo‘lsa, birinchi va ikkinchi rakatda qiroatni qilish vojib.
4. Fotiha surasini zam suradan avval o‘qish.
5. Sajdada peshona bilan birga burunni yerga tekkizish.
6. Har rakatning ikkinchi sajdasini namozning boshqa rukniga o‘tmasdan avval qilish.
7. Namozning ruknlarini itmi’non bilan (o‘rinlatib, shoshmay) ado etish.
8. Uch va to‘rt rakatli namozlarda qa’dai uula — oldingi qa’dani bajarish.
9. Oldingi qa’dada tashahhud o‘qish.
10. Oxirgi qa’dada tashahhud o‘qish.
11. Dastlabki qa’dada tashahhud o‘qigach, darhol uchinchi rakatga turmoq.
Izoh: Birinchi tashahhuddan so‘ng, uchinchi rakatga turmasdan, namoz ruknlaridan birini bajara oladigan miqdorda kechiksa, farz bo‘lgan turishni kechiktirgani uchun sahv sajdasi qilish zarur. Faqihlar, kishi birinchi tashahhuddan so‘ng, “Allohumma solli ‘ala Muhammad. “desa, farzni kechiktirgan hisoblanadi va sahv sajdasi qilishi lozim deganlar.
12. Namoz so‘ngida salom berish.
13. Vitr namozida Qunut duosini o‘qish.
14. Hayit namozida vojib takbirlarni aytish.
15. Barcha namozlarni “Allohu akbar” bilan boshlash.
16. Hayit namozining ikkinchi rakatida ruku takbirlarini aytish.
17. Jamoat bilan o‘qilgan jum’a, hayit va Ramazonda tarovih, vitr namozlarining har rakatida, bomdod, shom hamda xufton namozlarining dastlabki ikki rakatida jahran (baland ovozda) qiroat qilish.
18. Jamoat bilan o‘qilgan peshin va asr namozlari-ning barcha rakatida, shom namozining uchinchi hamda xufton namozining uchinchi va to‘rtinchi rakatlarida, kunduzi o‘qilgan xufya nafl (sunnat) namozlarning har rakatida xufya, faqat o‘zi eshitadigan darajada qiroat qilmoq. Yolg‘iz namoz o‘qigan kishi imom jahran o‘qiydigan (bomdod, shom va xufton) namozlarida nafl namoz.o‘qigan kishidek, xohlasa xufya, xohlasa jahran qiroat qiladi.
Xufton namozining birinchi va ikkinchi rakatlarida zam surani tark qilgan kishi, uchinchi va to‘rtinchi rakatlarda Fotihadan so‘ng jahran zam sura o‘qiydi, ammo faqatgina Fotihani tark etgan bo‘lsa, oxirgi rakatlarda uni takrorlamaydi.

Namozning sunnatlari

Quyidagilar namozning sunnatlaridir:
1. Takbiri tahrima uchun erkaklar va joriyalarning qo‘llarini quloqlarining yumshoq joyigacha va ozod ayollarning qo‘llarini yelkalarigacha ko‘tarishlari.
2. Takbiri tahrima uchun qo‘llarni ko‘tarayotganida barmoqlarni o‘z holicha erkin tutish.
3. Imomga iqtido qilgan kishining takbiri tahrimani imomdan so‘ng darhol aytishi.
4. Erkaklar uchun takbiri tahrimadan so‘ng qo‘llarini yonlariga tushirmay, o‘ng qo‘lining bosh va kichkina barmoqlarini chap bilakka halqa shaklida o‘tkazish va o‘ng qo‘l kaftini chap qo‘lining ustiga qo‘yib, kindik ostida tutish.
5. Ayollarning o‘ng qo‘l kaftini chap qo‘l kafti ustiga qo‘yib, ko‘kraklari ustida tutishlari.
6. Dastlabki rakatda sano o‘qish.
7. Dastlabki rakatda sanodan so‘ng Fotihani boshlashdan avval taavvuz aytish.
8. Har bir rakatda Fotihadan avval “Bismilloh” aytish.
9. Fotihadan so‘ng yashirin “Omin” demoq.
10. Imomga iqtido qilgan va yolg‘iz namoz o‘qigan kishining “Sami’allohu liman hamidah” degach, tahmid — “Robbana lakal hamd” aytishi.
11. Sanoni, taavvuzni, Bismillohni, Fotihadan so‘nggi Ominni va tahmidni xufya aytish.
12. Takbiri tahrima aytayotganida boshni egmay tik turish.
13. Imomning takbirlar va “Sami’allohu liman hamidah”ni jahran aytishi.
14. Qiyomda ikki oyoq orasini to‘rt barmoq kengligida tutish.
15. Muqim kishi uchun bomdod va peshin namozlarida tivoli mufassaldan, asr va xufton namozlarida avsati mufassaddan, shom namozida qisari mufassaldan zam sura o‘qish.
Izoh: Hujurot surasidan Buruj surasigacha tivoli mufassal; Buruj surasidan Bayyina surasigacha avsati mufassal, Bayyina surasidan Qur’oni karimning oxirigacha bo‘lgaya suralar qisari mufassal deyiladi.
Musofirlar xohlagan surani o‘qiyveradilar.
16. Bomdod namozining ikkinchi rakatida birinchi rakatdagidan ko‘ra qisqaroq zam sura o‘qish.
17. Ruku qilayotganida takbir (Allohu akbar) aytish.
18. Rukuda uch marta “Subhanna robbiyal azim” deyish.
19. Rukuda tizzalarini qo‘llari bilan ushlamoq.
20. Erkaklarning rukuda tizzalarini barmoqlar orasini ochiq tutgan holda, ayollarning esa barmoqlar orasini ochmay ushlashlari.
21. Rukuda erkaklarning tizzalarini to‘g‘ri tutishlari (ayollar biroz egib turadilar).
22. Rukuda orqani tekis tutish.
23. Rukuda boshni to‘g‘ri, orqa bilan bir tekisda tutish.
24. Rukudan turish.
25. Rukudan tik bo‘lgach, a’zolar halovat topgunicha biroz turmoq.
26. Sajdaga borishda avval tizzalarni, so‘ngra qo‘llarni, so‘ng esa yuzni yerga qo‘yish.
27. Sajdadan turishda buning aksini qilmoq.
28. Sajdaga borishda takbir aytish.
29. Sajdadan turishda takbir aytish.
30. Ikki qo‘lning orasiga sajda qilmoq.
31. Sajdada uch marta tasbeh (Subhana robbiyal a’la) aytish.
32. Sajdada erkaklarning qornini sonlardan uzoqroq tutishlari.
33. Sajdada erkaqlarning tirsaklarni yonlaridan uzoq-roq tutishlari.
34. Erkaklarning sajdada bilaklarni yerdan uzoq tutishlari.
35. Ayollarning sajdada qo‘llarini yonlariga, qorinlarini sonlariga tekkizib turishlari.
36. Sajdadan bosh ko‘tarish.
37. Ikki sajda orasida o‘tirmoq.
38. Ikki sajda orasidagi o‘tirishda qo‘llarni tashahhuddagidek tizzalar ustiga qo‘ymoq.
39. Ikki sajda orasidagi o‘tirishda va tashahhud o‘qishda erkaklarning chap oyoqlarini yoyib, o‘ng oyoqni barmoqlar uchini qiblaga qaratib, tik tutgan holda, chap oyoq ustiga o‘tirishlari.
40. To‘rt rakatli farz namozlarining uchinchi va to‘rtinchi rakatlarida Fotiha surasini o‘qish.
41. Qa’dai oxirda Payg‘ambarimizga, sollallohu alayhi va sallam, salavot aytish.
42. Salavotdan so‘ng Qur’on va hadis lafzlariga o‘xshash jumlalar bilan duo qilish.
43. Salom berishda boshni avval o‘ng, keyin chap tomonga burish.
44. Imomning har ikki tomonga salom berayotganida jamoatni, himoya qiluvchi farishtalarni va solih jinlarni niyat qilish.
45. Iqtido qilgan kishining, imom o‘ng tomonda bo‘lsa, o‘ngga bergan, chapda bo‘lsa, chapga bergan, oldida bo‘lsa har ikki tomonga bergan salomida imomni, jamoatdagi birodarlarini, himoya qiluvchi farishtalarni va solih jinlarni niyat qilishi.
46: Yolg‘iz namoz o‘qigan kishining salomlarda faqat farishtalarni niyat qilish.
47. Imomning ikkinchi salomni birinchisiga nisbatan pastroq ovozda berishi.
48. Jamoat salomini imomning salomiga ergashtirishi.
49. Salomni o‘ngdan boshlamoq.
50. Namozga kech kelgan masbuq kishining imom namozdan chiqishini (ikkinchi salomni ham berishini) kutishi.

Namozning odoblari

1. Erkaklarning takbiri tahrima aytishda qo‘llarini ko‘ylakning yengidan chiqarishlari.
2. Qiyomda sajda qiladigan joyga, rukuda oyoq ustiga, sajdada burunga, qa’dalarda ko‘krakka va salom berayotganida yelkaga qaramoq.
3. Iloji boricha yo‘talmaslikka harakat qilish.
4. Esnash kelganida og‘izni ochmaslik.
5. Muazzin “Hayya alas solah” deganida namozga turish.
6. Muazzin “Qod qomatis-solah” deganida imomning namozni boshlashi.

Namoz o‘qish tartibi

Erkaklar namozni boshlamoqchi bo‘lsalar dilda uni o‘qishni niyat qilib qo‘llarini yenglaridan chiqargan holda, quloqlar yumshog‘igacha ko‘tarish bilan birga “Allohu akbar”, deb tahrima takbirini aytadi (bunda takbirdagi “a” tovushlari cho‘zilmaydi. So‘ng kechiktirmay, qo‘llarini — o‘ng qo‘lini chap qo‘lining ustida tutgan holda kindigining ostiga qo‘yadi. So‘ngra sano tasbehini o‘qiydi:
Subhanakallohumma va bihamdika va tabarokasmuka va taa’la jadduka va la ilaha g‘oyruk.
Ma’nosi: “Allohim!Sening noming muborakdir. Shon-sharafing ulug‘dir. Sendan o‘zga iloh yo‘qdir”.
Sano doimo namoz boshlanayotganida o‘qiladi. So‘ngra qiroat qilish uchun taavvuz aytiladi. Namozga kechikib kelgan kishi ham taavvuz aytishi lozim. Imom hayit namozlarida taavvuzni takbirlardan so‘ng aytadi. Chunki takbirlardan so‘ng qiroat qilinadi. Keyin xufya “Bismilloh” aytiladi. “Bismilloh” har rakatda Fotiha surasidan avval aytiladi. Fotiha surasi o‘qilgach, imom va muqtadiy ichlarida “Omin” deydilar.
Bundan so‘ng imom yoki yolg‘iz namoz o‘qiyotgan kishi bir sura yoki uch qisqa oyat o‘qiydi. Jamoat imom jahran o‘qiyotganida, Fotiha surasi tamom bo‘lgach, yashirincha omin deydi. So‘ngra (har bir namozxon) takbir aytib, a’zolar halovat topgan holda, ruku qiladi.
Rukuda bosh bilan orqasini bir tekis tutadi, barmoqlari orasini ochgan holda tizzalarini ushlaydi va kamida uch marta — “Subhana robbiyal ‘azim”, deb tasbeh aytadi.
So‘ngra xoh imom bo‘lsin, xoh yolg‘iz o‘qiyotgan bo‘lsin, “Samiallohu liman hamidah”, deb rukudan boshini ko‘taradi va tik turadi.Muktadiy esa, faqatgina “Robbana lakal hamd”, deydi.
So‘ngra “Allohu akbar” deb sajdaga boradi: avval tizzasini, so‘ngra qo‘llarini va yuzini, peshonasini va burnini ikki qo‘lining orasiga olgan holda yerga qo‘yadi: bu holda qaror topgach, kamida uch marta “Subhana robbiyal a’la” — deb tasbeh aytadi. Sajdada qo‘l va oyoq barmoqlarini qibla tomonga yo‘naltiradi, tiqilinch bo‘lmagan paytlarda qornini sonlaridan, tirsaklarini yonla-ridan uzoqroq tutadi. Ayollar sajda qilayotganida qo‘llarini yonlariga yopishtirib, qorinlarini sonlariga tekkizadilar.
So‘ngra “Allohu akbar” deb, boshini sajdadan ko‘taradi va a’zolar qaror topgunicha o‘tiradi. Ikki sajda orasida barmoqlari uchini tizza bilan teng holda oyoq ustiga qo‘yadilar. Keyin yana “Allohu akbar”, deb ikkinchi sajdaga boradilar va xuddi avvalgidek, kamida uch marta tasbeh aytadilar. So‘ng yana “Allohu akbar”, deb, avval boshini, so‘ng qo‘llarini, keyin esa tizzalarini ko‘taradilar. Turayotib, yerga tayanish yoki o‘tirib olishmumkin emas.
Ikkinchi rakat ham aynan birinchi rakat kabi o‘qiladi. Faqat sano va taavvuz aytilmaydi.

Qo‘lni ko‘tarish sunnat bo‘lgan holatlar

1. Barcha namozlarni boshlashda.
2. Vitr namozining qunut duosi takbirida.
3. Hayit namozining ziyoda takbirlarini aytishda.
4. Hojilar Ka’bani ko‘rganlarida.
5. Hajarul Asvadni istilom (ishora) qilib, qo‘llarini o‘pishda.
6. Safo va Marvaga chiqishda.
7. Arafot va Muzdalifada vuquf qilishda.
8. Minoda birinchi va o‘rtanchi aqabalarga tosh otib bo‘lgach.
9. Barcha namozlardan so‘ng tasbehdan avval duo qilish uchun qo‘llarni ko‘tarish sunnatdir.
Ikkinchi rakatning sajdalaridan so‘ng namoz o‘qiyotgan kishi chap oyog‘ini to‘shab ustiga o‘tiradi va o‘ng oyog‘i barmoqlarini qibla tomonga yo‘nalgan holda tikka qiladi. Qo‘llarni barmoqlarini erkin tutib tizzasining ustiga qo’yadi. Ayollar sonlarining ustiga o‘tirib, oyoqlarini o‘ng tomonga chiqaradilar. So‘ngra tashahhud o‘qiydilar.
Dastlabki qa’dada tashahhudga hech narsa qo‘shilmaydi.
Farz namozlarning uchinchi yo to‘rtinchi rakatlarida faqat Fotiha surasini o‘qiydi. So‘ngra ruku, sajda qili tashahhud o‘qigach, Payg‘ambarimizga, sollallohu alayhi v sallam, salavot aytadi. So‘ngra Qur’on va hadisdan olingan jumlalar bilan duo qiladi. (“Robbana atina” va “Al lohummag‘firliy” ga o‘xshash). So‘ngra yuqorida aytilgan tartibda o‘zi bilan birga jamoatni va himoya qiluvchi farish talarni niyat qilgan holda, avval o‘ngga, keyin chapga “As salomu alaykum va rahmatulloh” deb salom beradi.

Imomlikiing hukmi

Imomat azon aytishdan ham fazilatliroqdir. Jamoa bilan namoz o‘qish hech qanday uzri bo‘lmagan barcha erkak lar uchun ta’kidlangan sunnatdir.
Imomning durust bo‘lish shartlari
Sog‘lom erkaklarning imom bo‘lishi uchun quyidagi shartlar mavjud bo‘lishi lozim:
1. Imomning musulmon (komil imon egasi) bo‘lishi.
2. Balog‘atga yetgan kishi bo‘lish.
3. Aqdli bo‘lishi.
4. Erkak bo‘lishi (ayollarning erkaklarga imom bo‘lishi joiz emas).
5. Namoz sahih bo‘ladigan darajada Qur’oni karimdan yodo‘qiy olishi.
6. Uzrli bo‘lmasligi, duduq bo‘lmasligi. Tahorat va satri avrat kabi namozning boshqa shartlariga ham ega bo‘lishi kerak.

Imomga iqtido qilishning sahih bo‘lish shartlari

Imomga iqtido sahih bo‘lishi uchun o‘n to‘rt shart mavjud:
1. Muqtadiyning takbiri tahrima aytishda imomga iqtido etishni niyat qilishi.
2. Imomning ayollarni unga iqtido qilishlari uchun imomlikka niyat qilishi.
3. Imomning to‘piqlari jamoatning to‘piqlaridan oldinroqda bo‘lishi.
4. Imomning holati unga iqtido qilgan kishining holatidan past bo‘lmasligi, ya’ni imom nafl, unga iqtido qilgan kishi farz namoz o‘qimasligi kerak.
5. Imom bilan muqtadiyning boshqa-boshqa farz namozlarini o‘qimasligi, ya’ni jamoat bilan imom bir xil vaqtning farz namozini o‘qishlari zarur.
6. Muqimning vaqti chiqqan to‘rt rakatli farz namozni o‘qishda musofirga imom bo‘lmasligi.
Izoh: Musofir kishi muqim imom bo‘lib vaqtidts o‘qilayotgan to‘rt rakatli farzlarning biriga oxirgi ikki rakatda yetishsa, unga uchinchi va to‘rtinchi rakatlarda qiroat qilish farz, imomga esa sunnat bo‘lgani uchun yuqorida aytib o‘tilganidek, imomga iqtido qilishining durust bo‘lish shartlaridan biri, ya’ni imom holatining muqtadiynikidan past bo‘lmasligi sharti buziladi.
7. Imomning masbuq (jamoat namoziga kech kelib, qoldirganini qo‘shilib o‘qiyotgan) bo‘lmasligi.
8. Imom bilan jamoat orasida ayollardan iborat saf bo‘lmasligi.
9. Imom bilan muqtadiylar orasida qayiq o‘gadigan anhor yoki mashina o‘tadigan yo‘l bo‘lmasligi.
10. Bir makon hukmida bo‘lgan joyda jamoat bilan imom orasida imomning harakatlarini buzilishga to‘stsq bo‘ladigan devor yoki pardaga o‘xshash narsalarning bo‘lmasligi. Faqat oradagi to‘siqlarga qaramasdan, imomning qiroatlarini eshitayotgani yoki ko‘rayotgani tufayli unitsg hara-katlarini aniqlay olsa, iqtido qilish joizdir.
11. Imomning markabda (ot, mashina va boshqalar) muqtadiyning yayov, yoki aksincha, imomning yayov, muqtadiyning mazhabda bo‘lmasligi.
12. Muqtadiy bilan imomning boshqa-boshqa markab yoki ulovda bo‘lmasligi.
13. Imom bir kemada, muqtadiy esa unga bog‘liq bo‘lmagan boshqa bir kemada bo‘lmasligi.
14. Muqtadiyning imomda o‘z mazhabiga ko‘ra, namozni buzadigan holatni ko‘rmasligi (masalan, Shofe’iy mazhabidagi imomning og‘zini to‘ldirib qusganidan yoki badanidan qon chiqqanidan so‘ng tahoratini yangilamaganiga shohid bo‘lmasligi).

Imomga iqtido qilish haqida turli masalalar

Tahoratlining tayammum qilganga, suv bilan oyog‘ini yuvgan kishining mahsiga mash tortganga, tik turib namoz o‘qiganning o‘tirib namoz o‘qiganga va bukri bo‘lmagan kishining bukri imomga, bosh ishorati bilan namoz o‘qigan kishining o‘zidek bosh ishorasi bilan o‘qiganga hamda nafl namoz o‘qiyotgan kishining farz namoz o‘qiyotgan kishiga iqtido qilishi joizdir.
Imomda namozni buzadigan holat yuz bergan bo‘lsa, jamoat namozni takroran o‘qishi lozim. Namozida biror nuqson ro‘y bergan imom jamoatga namozni takror o‘qish zaruratini ma’lum qilishi kerak.

Jamoat namoziga bormaslikka uzr sabablar

Quyidagi o‘n sakkiz holatdan birining mavjudligi jamoat namoziga borolmaslikka uzr bo‘ladi:
1. Yomg‘iryog‘ishi.
2. Shiddatli sovuq,
3. Dushman (yirtqich hayvon)ga o‘xshash narsadan qo‘rqish.
4. Qorong‘ulik.
5. Qamoqxonada bo‘lish.
6. Ko‘rlik.
7. Falaj bo‘lish.
8. Bir qo‘l yoki bir oyoqning kesilgan bo‘lishi.
9. Kasallik.
10. Yurishga ojizlik.
11. Botqoqlik.
12. Muttasil dard.
13. Qarilik.
14. Jamoatga chiqilsa, fiqh ilmidan bahs olib borayotgan guruhning namozga qayta jam bo‘lmaydigan hodda tarqab ketishidan saqlanish.
15. Nafsga xush kelgan taom dasturxonga tortilganida.
16. Safarga jo‘nab ketish oni.
17. Biror bemorga qarab turish majburiyati.
18. Tunda esayotgan qattiq shamol.
Jamoatni tark etishni muboh qilgan, uzr tufayli undan qolgan kishi yolg‘iz namoz o‘qisa jamoatda o‘qiganchalik savob oladi.

Imomatga eng loyiq kishi

Hozir bo‘lganlar orasida uy egasi yoki mas’ul imom yoki o‘sha joyning hokimi bo‘lmaganida, avvalo namoz masalalarini yaxshi bilgan kishidan so‘ng Qur’onni to‘g‘ri o‘qiy oladigan, so‘ngra eng taqvodor kishi, so‘ngra yoshi eng ulug‘ kishi, so‘ngra eng axloqli kishi, so‘ngra eng chiroyli yuz egasi, so‘ngra nasabi ulug‘ kishi, so‘ngra eng go‘zal ovoz egasi va so‘ngra eng toza kiyim kiygan kishi imomlikka eng loyiq hisoblanadi. Bularning barchasi bir xil bo‘lgan taqdirda yo qur’a tashlanadi yoki jamoatning tanloviga qoldiriladi. Agar kelisha olmasalar, ko‘pchilikning fikri e’tiborga olinadi. Eng haqdor odamdan boshqani imom qilsa, jamoat gunohkor bo‘ladi.

Imomlik qilishi makruh bo‘lgan kishilar

Qulning, ko‘rning, (johil) badaviyning, otasi no-ma’lum kishining (ya’ni, valadi zinoning), fosiqning hamda bid’atchining imom bo‘lishi makruhdir.
Izoh: Badaviy va valadi zino imom bo‘lishining makruh hisoblanishiga sababularning johil bo‘lishi yoki imomat mas’uliyatlarini to‘la ado eta olmaslik ehtimoli borligidir. Karohatning asosiy sababi valadi zino yoki badaviy bo‘lgani emas, balki johillikdir. Agar badaviy shaharlikdan, valadi zino otasi aniq kishidan yanada fazilatli va yanada olim bo‘lsa, imomlik kilishlariga hech qanday mone’lik yo‘q. Faqat valadi zino Islom dinida qattiq nafrat bilan qaralgan bir gunoh mahsuli bo‘lgani uchun uning imom bo‘lishi jamoat kamayishiga olib kelishi mumkin. Shu tufayli har qancha olim va fazilat sohibi bo‘lsa ham, ularning imomlik qilishi to‘g‘ri emas, deguvchilar ham bor.
Sunnat bo‘lgan miqdordan ortiqcha qiroat va tasbehlar bilan namozni cho‘zish, yalang‘och kishilarning va ayollarning jamoat bo‘lib namoz o‘qishlari makruhdir.

Safning tartibi

Muqtadiy bir kishi bo‘lsa, imomning o‘ng tomonida, bir kishidan ko‘p bo‘lsa, imomning orqasida turadi. Imomning orqasida avvalo erkaklar, so‘ngra bolalar, ulardan so’ng xunasalar, so‘ngra esa ayollar saf tortadilar.
Izoh: Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam, bi hadisi shariflarida shunday deydilar: “Ey insonlar! (Bosh qalarga imom bo‘lganlar) jamoatingiz orasida yuragi siqilib turganlar bo‘lishi mumkin. Kim imom bo‘lsa, jamoatni siqadigan darajada namozni cho‘zib yubormasin. Chunki jamoat orasida qariyalar, namozda uzoq muddat tura olmaydiga zaif, uzrli kishilar bo‘lishi mumkin”.
Ushbu hadis ham imom vaziyatni nazarda tutib, namozn sunnat bo‘lgan miqdordan ham qisqaroq o‘qib berishi mumkinligiga dalildir. Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sal lam, bir kuni bomdod namozini “Falaq ” va “Nos ” suralar bilan o‘qib berdilar. Sahobalar nechun bunchalik qisqa o‘qib berganlarini so‘raganlarida, Payg‘ambarimiz, sollallohu alayh: va sallam, bunga javoban shunday deydilar: “Namoz asnosida, bir bolaning yig‘isini eshitdim va uning jamoatda bo‘lga onasi bezovtalanishidan xavotir qilganim uchun qisqa o‘qidim’

Imom namozni bitirganidan so‘ng muqtadiy qilishi kerak bo‘lgan amallar

1. Muqtadiy tashahhudni tamomlamay turib, imom salom bersa, muqtadiy tashahhudni nihoyasiga yetkazib, so‘ngr salom beradi.
2. Muqtadiy rukuda yoki sajdada uch marta tasbeh aytma’ sidan imom turib ketsa, imomga iktido qilib, muqtadi ham turadi.
3. Imom ortiqcha bir sajda qilsa yoki oxirgi qa’dada, tashahhuddan so‘ng (salom bermasdan) adashib, bir rakat ortiqcha o‘qishga tursa, jamoat imomga iqtido qilmaydi va salom bermasdan kutadi. Imom bu ortiqcha rakatni sajda bilan bog‘laydigan bo‘lsa, muktadiyning o‘zi salom beradi.
4. Agar imom oxirgi qa’dada o‘tirmasdan adashib (ortiqcha rakatga) turib ketsa, muqtadiy (imomni) kutadi. Imom beshinchi rakatga sajda qilmasdan oldin, muqtadi salom berib yuborsa, namozi fosid bo‘ladi.
5. Imom tashahhud o‘qigach, salom bermasdan avval muq tadiyning salom berishi makruhdir.
Farz namozlaridan so‘ng darhol sunnatni o‘qishga turish sunnatdir. Shamsul-Aimma Hulvoniyga ko‘ra, sunna bilan farz orasida ba’zi duolarni o‘qishning zarari yo‘q.
Imom salom bergach, farz namozni o‘qigan joyini o‘zgartirib, sunnatni chap yo o‘ng tomonga yo orqaroqqa o‘tib o‘qishi, sunnat namozi bo‘lmasa salom berganidan so‘ng, jamoatga qarab, o‘tirib duo qilishi mustahabdir.

Namozni buzadigan narsalar

Quyidagi amallar, holat va harakatlar namozni buzadi:
1. Bilib, bilmay yo adashib gapirmoq.
2. Namozda turgan holda, insoniy so‘z bilan, masalan, “Allohim mening qornimni to‘yg‘az” kabi duo qilish.
3. Salomlashish maqsadida birovga salom bermoq.
4. Til bilan alik olmoq.
5. Qo‘l berib salomlashmoq.
6. Amali-kasir ya’ni, ketma-ket uch marta namozdan bo‘lmagan amallarni qilish. Masalan, uch marta bir joyni qashish yoki chetdan qaragan kishi namoz o‘qimayapti deb gumon qiladigan darajada nojoiz harakatlar qilish.
7. Ko‘ksini qibladan boshqa gomonga burish, chunki qiblaga yuzlanish farzi tark etiladi. Faqat boshning o‘zini boshqa tomonga burish namozni buzmasa-da, makruhdir.
8. Oz bo‘lsa-da, og‘iz chetida bo‘lgan biror narsani yemoq.
9. Tishlar orasida qolgan no‘xatdek biror narsani yemoq.
10. Biror narsa ichmoq (tashqarida namoz o‘qigan kishi boshini yuqoriga ko‘targanida tomog‘iga yomg‘ir tomchisi kirib ketsa, namozi buziladi).
11. Uzrsiz tomoqni qirish yoki yo‘talish (biror uzr tufayli bo‘lsa zarari yo‘q).
12. “Puf”demoq.
13. “Oh” demoq
14. Faryodu fig‘on chekish.
15. Og‘riqtufayli yo ovoz chiqarib yig‘lash.
16. Musibat tufayli ovoz chiqarib yig‘lash.
Bu amallar jannat ishtiyoqi yoki jahannam qo‘rquvini eslab qilinsa, xushu’ga dalolat qilgani uchun zarari yo‘q.
17. Aksa urganga “Yarhamukallohu” deyish.
So‘rovchiga javob ma’nosida (namozda) “La ilaha illalloh” deyish.
18. (O’limga o‘xshash) noxush xabarga javoban, “Inna lillahi va inna ilayhi roji’un”, deyish.
19. Biror bir xushxabarga “Alhamdulillah” deyish.
20. Insonni hayratga soluvchi bir xatarni eshitgach, “La ilaha illalloh” yoki “Subhanalloh” deyish.
21. Namozda bo‘lmagan kishiga javob berish niyatida, Qur’ondan “Ya Yahyo, xuzil kitaba” kabi oyat o‘qish.
22. Tayammum bilan namoz o‘qiyotgan kishining suvni ko‘rishi.
23. Namoz mobaynida mash muddatining tugashi.
24. Oyoqdan mahsini yechish.
25. Ummiyning (Qur’on o‘qiyolmaydigan kishi) namoz mobaynida bir oyat o‘rganishi.
26. Yalang‘och kishining (namoz asnosida) avrat joylarini berkitadigan biror narsani ko‘rishi.
27. Imo-ishora bilan namoz o‘qiydigan kishining (namoz asnosida) tuzalib, ruku va sajda qilishga o‘zida kuch topishi.
28. Tartib sohibining (Qazo namozi ayni vaqtdan o‘tmagan kishi) o‘qilmay qolgan bir namozni eslashi.
29. Imomning tahorat buzilganida uzrli yoki ummiy kishining imomlikka o‘tishi.
30. Bomdod namozini o‘qiyotganida quyoshning chiqishi.
31. Hayit namozini o‘qiyotib, quyosh zavolga kelishi.
32. Juma namozini o‘qiyottanida asr namozi vaqtining kirishi.
33. Yaraning tuzalishi tufayli ustidagi bog‘ich tushishi.
34. Uzrlining uzri yo‘qolishi.
35. Qasddan tahorat buzish.
36. Biror narsaning ta’siri tufayli tahorat buzilishi.
37. Hushdan ketmoq
38. Aqldan ozmoq.
39. Ayolga qarash yoki o‘ylash bilan ehtilom bo‘lish.
40. Jamoat namozida imom e’tiborga olgan ayol bilan yonma-yon yo uning ortida turib qolish.
41. Namoz asnosida tahorati buzilgan kishining majbur bo‘lsa-da, avrat joylaridan birining ochilishi (tahorati buzilgan ayolning tahorat qilish uchun bilagini ochishi kabi).
42. Tahorati buzilgan kishi tahorat qilishga ketayotib yoki (namozini tamomlash uchun) qaytayotib, qiroat qilishi.
43. Tahorati buzilganidan so‘ng bir rukn miqdoricha ta-horat qilishga bormay, joyida turishi.
44. O’zi xohlamagan holda tahorati buzilgan kishining tahorat qilish uchun yaqindagi suvni qo‘yib, uzoqroqdagi suvga borishi.
45. Tahorati ketganini gumon qilib, namozini buzib masjiddan chiqish.
46. Masjiddan boshqa joyda tahorati buzilganini gu-mon qilgach, safdan ajralib chiqish.
47. Namoz o‘qiyotgan kishining tahoratsiz ekanini yoki mash muddati tugaganini gumon qilib masjiddan chiqmasa ham, safdan ajralib chiqishi.
48. Zimmasida qazo namozi yoki kiyimida, badanida namozga to‘siq bo‘larli darajada najosat borligini o‘ylab, masjiddan chiqmasa ham, safdan ajralib chiqish.
49. Namoz o‘qiyotgan kishining qiroatda tutilib qolgan imomidan boshqa kishiga aytib yuborishi.
50. O’qiyotgan namozidan boshqa namozga o‘tish niyatida takbir aytish.
Bu sanab o‘tilgan xato amallar oxirgi qadada tashaxhud o‘qish miqdoricha o‘tirmasdan avval yuz bersa, namozni buzadi.
51. Takbirda “Allohu” lafzining boshidagi “a” tovushini cho‘zish.
52. Qur’onga qarab qiroat qilish.
53. Avrat joylari ochiq holda yoki ustida namozga to‘siq bo‘ladigan darajada najosat bilan (ruku va sajda kabi) bir ruknni bajarish yoki bir rukuni bajarish miqdoricha vaqtni o‘tkazish.
54. Muqtadiyning biror ruknni imomdan oldin ado etishi. Bunda faqat muqtadiyning namozi buziladi.
55. Imomning sajdai sahv uchun salomiga ergashgan masbuq namozi.
56. Namoz o‘qiyotgan kishining oxirgi qa’dada tashahhud o‘qish miqdoricha o‘tirgach, ado etmay qoldirgan bir sajdani ado etgach, qayta qa’dai oxir qilmasligi.
57. Namoz o‘qiyotgan kishining uxlagan holatda ado etgan ruknni uyg‘ongach, qayta bajarmasligi.
58. Masbuq bir rakat o‘qimasidan oddin imomning qahqaha otib kulishi yo qasddan tahoratini buzishi masbuqning namozini buzadi.
59. Ikki rakatlik bo‘lmagan farzlarda muqimning o‘zini musofir deb o‘ylab, ikki rakatda salom berib yuborishi.
60. Peshin namozining farzyni juma namozi deb o‘ylab, ikki rakatdan so‘ng salom berish.
61. Xufton namozini tarovih deb o‘ylab, ikki rakatdan so‘ng salom berish.
62. Islomga endigina kirgani, tajribasiz bo‘lgani uchun to‘rt rakatli namozni ikki rakatli deb o‘ylab, dastlabki qa’dada salom berish.

Namozni buzmaydigan narsalar

1. Namoz o‘qiyottan kishining namoz asnosida biror yozuvga qarab, uni tushunishi.
2. Tishlari orasida qolib ketgan no‘xat donasidan kichik narsani amali kasir qilmasdan yutish.
3. Namoz o‘qiyotgan kishining sajda qiladigan joyidan biror kishining o‘tishi
4. Raj’iy taloq qilgan ayolining avratiga shahvat bilan qarashi.

Namozning makruhlari

Namoz o‘qiyotgan kishiga quyidagilar tahrimiy yo tanzihiy makruhdir:
1. Qasddan vojib yoki sunnat amalni tark qilish.
2. Namozda amali kasir qilmagan holda liboslarni o‘ynash.
3. Badanini qashilash, o‘ynash.
4. Sajda o‘rnidan mayda toshchalarni olib tashlash (faqat sajdaga tayyorlash uchun bir marta qilish makruh emas).
5. Barmokdarni qisirlatish.
6. Qo‘l panjalarini bir-biriga kiygizish.
7. Qiyomda qo‘lni belga qo‘yish.
8. Faqat bo‘ynini burib, yonga qarash (ko‘ksini ham bursa, namoz buziladi).
9. Maq’adni yerga qo‘yib, tizzalarini tik qilgan (it kabi) holatda o‘tirish.
10. Erkaklarning sajdada tirsaklarni yerga tekizishi.
11. Namozda yengni shimarib olish.
12. Ko‘ylak kiyishga imkoniyati bo‘laturib, faqatgina ishton (yoki shim) bilan namoz o‘qish.
13. Ishorat bilan salom berish.
14. Tashahhud o‘qiyotganida uzrsiz chordana qurib o‘tirish.
15. Erkak kishining sochlarini bir joyga to‘plab, bog‘lab olishi.
16. Bosh atrofini o‘rab, tepasini ochiq qoldirish.
17. Sajdaga borayotganida kiyimlarni yig‘ish yo to‘g‘rilash.
18. Palto yoki kostyumni to‘g‘ri kiymasdan, yelkaga yoki boshga tashlab olgan holda namoz o‘qishni boshlashi,
19. Qo‘llarni chiqarib olishga imkon qoldirmagan hodda, biror narsaga o‘ranib namozni boshlash.
20. Kiyimni o‘ng qo‘ltig‘ining ostidan o‘tkazib ikki uchini chap yelkasi ustiga yoki chap qo‘ltig‘ining ostidan o‘tkazib, o‘ng yelkasiga tashlab olgan holda namozni boshlash.
21. Qiroatning bir qismini qiyomda bo‘lmagan holatda (ya’ni, rukuda) tamomlash.
22. Nafl namozlarning birinchi rakatini ikkinchi rakatidan uzunroq o‘qish.
23. Barcha namozlarning ikkinchi rakatida qiroatni birinchi rakatga nisbatan uzun qilish.
24. Farz namozningbir rakatida bir surani ikki marta o‘qish.
25. Keyingi rakatda avvalgi rakatda o‘qilgan sura yoki oyatdan oldinroqtsan sura yoki oyatni o‘qish.
26. Ikki rakatda o‘qilgan zam suralarning orasini faqatgina bir sura bilan ajratish (masalan, birinchi rakatda Nasr surasini o‘qib, ikkinchi rakatda Ixlos surasini o‘qish).
27. Xushbo‘y biror narsani qasddan hidlash.
28. Kiyim yoki yelpig‘ich bilan bir-ikki marta yelpinish.
29. Sajdada va sajdadan boshqa paytlarda qo‘l va oyoq barmoqlarini qibladan qaytarmoq.
30. Rukuda ikki qo‘lni tizzalar ustiga qo‘ymaslik.
31. Namozda esnash.
32. Ko‘zlarni yumish.
33. Osmonga qaramoq.
34. Kerishmoq.
35. Oz bir harakat qilish (amali holil).
36. Bit tutish va o‘ldirish.
37. Og‘izni va burunni o‘rab olmoq,
38. Sunnatga mos ravishda Qur’on o‘qishga to‘sqishi qiladigan biror erimaydigan narsani og‘izga solib olmo (eriydigan modda namozni buzadi).
39. Salla o‘ramiga (peshonani tekkizmay) sajda qilit
40. Jonli narsaning rasmi ustiga sajda qilish.
41. Burunda hech qanday uzr bo‘lmay turib, faqatgsh peshona bilan sajda qilish.
42. Yo‘l ustida namoz o‘qish.
43. Hammomda namoz o‘qish (tashqariga chiqish imkon bo‘lmaganida karohat bekor bo‘lib, namoz o‘qish joizdir).
44. Hojatxonada namoz o‘qish.
45. Qabristonda namoz o‘qish.
46. Egasining roziligisiz (boshqa kishining) yerida namoz o‘qish.
47. Loy kabi iflos narsaga yaqin joyda namoz o‘qish.
48. Tahorat tang qilib turgan paytda namoz o‘qish.
49. Yel chiqishi tang qilib turgan holda namoz o‘qish.
50. Vaqg chiqishidan yoki jamoatni qochirishdan qo‘rqma gan paytda, kiyimi va badanida namoz durust bo‘lishig to‘siq bo‘lmaydigan darajada najosat bilan namoz o‘qish.
51. Yolvorish va Alloh huzurida o‘zini haqir tutishda boshqa niyatda dangasalik yoki kibr tufayli boshyalang jomakorda namoz o‘qish.
52. Ko‘ngli tortib turgan taom dasturxonga tortil paytda namozni boshlash.
53. Fikrni chalg‘ituvchi narsalar qarshisida namoz o‘qi!
54. O’qiyotgan oyatlarini barmoq bilan sanash.
55. Ruku va sajdada tasbehlarni barmoq bilan sanash.
56. Imomning ko‘rinmaydigan darajada chuqur mehrobda namoz o‘qishi.
57. Imomning yolg‘iz o‘zi jamoatdan yarim metrcha pa joyda turishi.
58. Oldingi safda bo‘sh joy turib, orqa safda namoz
59. Jonli narsalarning rasmi tushirilgan kiyimlari bilan namoz o‘qish.
60. Namoz o‘qiyotgan kishining ro‘parasida, boshidan balaidda yo orqa tomonida jonli narsalarning rasmi bo‘lishi.
Faqat (yuqorida sanab o‘tilgan hollarda) rasm kichik yoki boshi kesilgan yoki jonsiz narsalarning rasmi bo‘lsa, makruh emas.
61. Namozxonning ro‘parasida ichida olovi bor tandir yoki qo‘raga o‘xshash narsaning bo‘lishi.
62. Namozxonning ro‘parasida ichida olovi cho‘g‘ bo‘lgan o‘choqbo‘lishi (chunki bunday hollarda namoz o‘qiyotgan shaxs majusiylarga o‘xshab qoladi).
63. Namoz o‘qiyottan kishining ro‘parasida uxlayotgap kishi bo‘lishi.
Izoh: Namoz o‘qiyotgan kishini uyaltiradigan, uni bezovta qshyudigan yoki uxlayotgailar bilan yuzma-yuz bo‘lib qoladigan holatlarda namoz o‘qish makruhdir. Agar bunday holatlarning yuz berish ehtimoli bo‘lmasa, uxlayotganlar qarshisida namoz o‘qishning zarari io‘q. Chunki hadisda Hazrati Oyishadan, roziyallohu anho, rivoyat qilinadi: “Qibla bilan namoz o‘qiladigan joylar orasida men uxlayotganimda Rasululloh, sollallohu alaihi va sallam, kenalari nafl namoz o‘qirdilar va vitr namoziga navbat kelganida meni ham uyg‘otar edilar, birgalikda vitr namozini ado qilar edik “.
64. Namoz asnosida o‘ziga zararli bo‘lmagai tuproqni peshonasidan artib tashlash.
65. Doimo bir surani belgilab olib, boshqalarini o‘qimaslik. (Faqat o‘zi eng yaxshi bilgan yoki Paygambarimiz, sollallohu alayhi va sallam, ko‘proq shu surani O’qiganlar, deya hurmat tariqasida o‘qish makruh emas).
66. Oldidan biror kishining o‘tish ehtimoli bor joyda sitra qo‘ymasdan namoz o‘qish.

Sitra qo‘yish

Oldidan inson kesib o‘tishi ehtimoli bor joyda na-Moz o‘qiydigan kishiga bir ziro’ (yarim metr) yoki yanada balandroq va kamida barmoq qalinligida sitra qo‘yish Mustahabdir. Sitraga yaqin turish, tik ro‘parasida emas, bir oz yonlama turish sunnatdir. Agar sitra uchun biror narsa toda olmasa, uzun bir to‘g‘ri chiziq chizadi. Hilol shaklida egri chiziq chizish mumkin, deganlar ham bor.

Namoz o‘qiyotgan kishipiig oldidan o‘tuvchilar haqida

Xoh sitra qilsin, xoh qilmasin, namoz o‘qiyotga odam oldidan o‘tayotgan kishini to‘xtatishga harakat qilmasligi mustahabdir. Bosh, ko‘z, yoki qo‘l bilan ishor qilib ski tasbeh “Subhanolloh” aytib, o‘tuvchini qayta rishga ruxsat bor. Ham ishora qilish, ham tasbeh ayti makruhdir.
Erkak kishi qiroat qilayotib, ovozini biroz baland ko‘ta rpshi yoki ishora bilan o‘gayotganni qaytarishi mumkin, ayo kishi fitnaga sabab bo‘lishi bois ovozini ko‘tarmaydi. Ayo ishorat bilan yoki o‘ng qo‘l barmoqlarini chap qo‘l ustig urib, oldidan kesib o‘tayotganni to‘sishi mumkin.
Namoz o‘qiyotgan kishi namozni buzib oldidan o‘tayotga kishi bilan janjal qilishi mumkin emas.
Izoh: Orangizdan namoz o‘qistgan bir kishi hech knmga oldi dan o‘tishga ruxsat bsrmasin, o‘tmoqchi bo‘lganga qo‘lidan kel ganicha qarshilik qilsin, shunda ham o‘tmoqchi bo‘lsa, u bila shaxsan mujodala qilsin degan mazmundagi hadis namoz o‘qiyot gsm odam uchun namozga zid harakatlar hali muboh bo‘lgan Islomning dastlabki yilshriga tegishlidir. Keyinchalik buhu/s “Namozda kishining namozga oid bo‘lmagan harakatlar qilishiga imkon qoldirmaydigan darajada ko‘p ishlar mavjud dir”mazmunidagi hadis bilan nasx qilingan. Xulosa shuki, namoz o‘qiyotgan kishi oldidan o‘tmoqchi bo‘lgan kishiga, agar u yaqin masofada bo‘lsa, hech qanday ortiqcha harakatsiz, ishorat bilan to‘sqinlik qilishi joiz.

Namoz o‘qiyotgan kshpiga makruh bo‘lmagan narsalar

1. Namozni boshlashdan avval kishining belbog‘ini yax shilab bog‘lashi.
2. Osilib turishi xalaqit bermasa, beliga qilich va shun-ga o‘xshash narsalarni taqish mumkin (agar xalaqit bersa makruhdir).
4. Qur’onga yoki osilib turgan qilichga, oldida o‘tirga kishining orqasiga, shamga yoki qandilga qarab namoz o‘qish.
5. Jonli narsaning rasmi bo‘lgan gilamda rasmni bosib, namoz o‘qish.
6. Namozda yuzini qibladan burmay ko‘z qiri bilan qarash va namozni (qattiq) gilam, palos va kigizga o‘xshash narsalar ustida o‘qish.
7. Yerda yoki yerdan chiqqan narsadan bo‘lgan mato ustida namoz o‘qish afzaldir.
8. Nafl namozlarning bir rakatida bir zam surani ikki bor o‘qish makruh emas.

Namozni buzish lozim bo‘lgan va bo‘lmagan hollar

1. Qiyin ahvolda qolgan kishining yordam so‘rab chaqirishini eshitganida, yordam berish maqsadida namozni buzish vojibdir.
2. Bir dirham kumush qiymatida bo‘lgan narsaning, boshqa kishiniki bo‘lsa ham, o‘g‘irlanishidan qo‘rqqan paytda, namozni buzish joizdir.
3. Farz namoz o‘qiyotgan kishining ota-onasidan biri chaqirganida namozni buzishi joiz emas.
5. Bolaning o‘lib qolishidan qo‘rqqan enaganing namoz o‘qiyotgan bo‘lsa, uni buzishi vojibdir, o‘lim xavfi bo‘lmagan paytda ham, enaganing vaqti kirgan namozni kechiktirib, bola bilan mashg‘ul bo‘lishining zarari yo‘q.
6. Musofir o‘g‘rilar yoki qaroqchilardan qo‘rqqanida namozni kechiktirishi mumkin.

Takrorlash uchun savollar

1. Namozni ta’riflab bering, farz bo‘lishining shartlarini, sabablarini va qachon farz bo‘lishini tushuntiring.
2. Namoz vaqtlarining avvalini va oxirini ayting. Ikki farz namozini qachon bir vaqtda jam qilib o‘qish Mumkin?
3. Namoz o‘qish durust bo‘lmagan, makruh va mustahab bo‘lgan vaqtlarni ayting.
4. Azonning hukmini, shaklini, arabchadan boshqa tillarda azon aytishning hukmini ayting.
5. Muazzin uchun mustahab bo‘lgan holat nima? Kimlar nyng azon aytishi makruhdir? Azon eshitilganida unga javoban nima deyiladi?
6. Namozning ruknlarini, durust bo‘lish shartlarini, namozning davomi uchun zarur shartlarini bayon qiling.
7. Astari iflos kiyim ustida namoz o‘qish qachon joiz bo‘ladi? Yalang‘och kishi qanday namoz o‘qiydi?
8. Namozning vojib va sunnatlaridan 15 tadan aytinya Quyidagilar orasidan sunnat va odoblarini ajratib bering: yo‘talni to‘xtatib turish, rukuga borish uchun takbir aytish. hadis ifodalariga o‘xshash so‘zlar bilan duo! qilish, muazzin “Hayya alal falah” deganida o‘rnidan turnsh, imomning “Allohu akbar” va “Samiallohu liman? hamidah”larni ovozini chiqarib aytishi.
9. Imomlikni ta’riflab, sahih bo‘lish shartlarini, iqtido qilish shartlarini, jamoat bilan namoz o‘qnmaslik muboh bo‘lgan holatlarni sanab bering.
10. Jamoat bilan namoz o‘qishning xukmini ayting.
11. Qobiliyatli va martabali olimlardan jamoatga kelganida kim imomlikka eng loyiq kishi bo‘ladi? Imom bo‘lish makruh bo‘lgan kishilar kimlar? Namozxoilar qanday saf tutadilar? Yalang‘och kishilar qapday namoz o‘qiydplar?
12. Namozni buzadigan, makruh bo‘lgai narsalardan 15 tadan sanab bering va namozxon uchun makruh narsalarning yettitasinp ayting.
13. Namozni buzish qanday holatda vojib, qanday holatda joiz bo‘ladi?

VITR NAMOZINING HUKMI VA O‘QILISH TARTIBI

Vitr bir salom bilan uch rakat o‘qiladigan vojib namozdir. Barcha rakatlarida Fotiha va zam sura o‘qiladi. Ikkinchi rakatidan so‘ng o‘tiriladi va faqatgina “Attahiyotu” o‘qiladi. Uchinchi rakatga turilgach, sano o‘qilmaydi. Fotiha “va zam sura o‘qilgach, qo‘llar quloqning yumshoq joyiga ko‘tarilib takbir aytiladi. So‘ngra qo‘llar pastga qo‘yib yubormasdan yana bog‘lanadi. Qiyomda, rukudan avval Qunut duosi (butun yil bo‘yi) o‘qiladi (vitrdan boshqa namozlarda o‘qilmaydi).
Izoh: Qunut duosi Imomi A’zamdan, rahmatullohi alayh, ham farz, ham vojib, ham sunnat ekanligi rivoyat qilingan. Olimlar mazkur rivoyatlarni birlashtirib, bajarilishi farz, ishonib e’tiqod qilinish vojib, sobit bo‘lishi (hadislarda zikr etilgani unun) sunnat deganlar.
Butun yil bo‘yi deyishimiziing sababi shuki, Hanafiy mazhabmda “Qunut “duosi o‘qishni shofe’iylardagi “Qunut “duosiga aralashtirib yubormaslik uchundir. Ma’lumki, Shofe’iy mazhabida faqatgina Ramazon oyining o‘n beshinchi kunidan so‘ng vitr namozida Qunut duosi o‘qiladi. Yil davomida esa bomdod namozi farzining ikkinchi rakatida rukudan so‘ng ham Qunut duosi o‘qiladi. Shofe’iylarga ko‘ra, Qunut duosini o‘qshi sunnati muakkadadir.

Qunut duosi

Allohumma inna nasta’inuka va nastag‘firuk. Vanu’minu bika va natavakkalu ‘alayka va nusniy ‘alaykal xoyr. Kullahu nashkuruka va la nakfuruk. Va naxla’u va natruku may-yafjuruk.
Allohumma iyyaka na’budu va laka nusolliy va nasjug‘u va ilayka nas’a va nahfidu narju rohmatak(a). Va naxsha ‘azabaka inna ‘azabaka bil kuffari mulhiq.
Ma’nosi: “Allohim! Faqatgina sendan yordam so‘raymiz, bizni to‘g‘ri io‘lga hidoyat qiliiishgni tilaymiz. Sendan gunohlarimizni magfirat qilishingni so‘raymiz va senga tav-ba qilamiz. Senga imon keltiramiz va tavakkal qilamiz. Senga hamd aytamiz va doimo yaxshilik bilan zikr qilamiz. Seiga shukr qilamiz va hsch qaysi ne’matingni inkor qilmaymiz. Kufrdan va senga xush kelmaydigan barcha narsalardan) o‘zimizni uzoq tutamiz. Sening rizoligingga zid harakat qilganlarni tark etamiz.
Allohim! Faqatgina Senga ibodat qilamiz, faqatgina Sen uchun namoz o‘qiymiz. Faqat Sengagina sajda qilamiz. (Amalda bizni Senga yaqinlashtiradigan narsalarni qo‘lga kiritish uchun bor kuchimiz bilan harakat qilib), senga talpinamiz. Rahmatingni umid qilib, azobingdan qo‘rqamiz. Muhaqqaq ishonamizki, Haq bo‘lgan azobing kofirlargadir “.
Qunut duosini imom ham, iqtido qilgan jamoat ham ichida o‘qiydi.

Qunut duosi haqida turli hukmlar

1. Qunut duosini yaxshi bilmagan kishi uch marta “Allohummag‘firliy” deydi yoki “Robbana atina fiddunya” duosini o‘qiydi yoki uch marta “yo Robbiy” deydi.
2. Agar bomdod namozida imom (Shofe’iy mazhabidan bo‘lib) qunut duosini o‘qisa, unga iqtido qilgan hanafiy mazhabidagi jamoat qo‘llarini yonga tashlab, sukut saqlaydi.
3. Vitr namozininguchinchi rakatida qunutduosi o‘qishni unutib, rukuda yoki rukudan turgach, eslagan kishi (qaytib) qunut duosini o‘qimaydi. Namoz so‘ngida Qunut duosini tark etgani uchun sajdai sahv qiladi. Agar rukudan qaytgach, Qunut duosini o‘qisa, rukuni takrorlamaydi. Faqat qunut duosining o‘qilish o‘rnini o‘zgartirgani uchun saj dai sahv qiladi.
4. Muqtadiy Qunut duosini o‘qib bitirmasdan yoki hal boshlamasdan imom rukuga borsa, (u) imom bilan birga ruku qilishini o‘tkazib yuborishidan qo‘rqsa, (Qunutni o‘qimasdan) imomga iqtido qiladi. Imom Qunut duosini o‘qimasdan rukuga borsa, muqtadiy agar duo o‘qisa, imomgaS rukuda yetisha olsa, yolg‘iz o‘zi Qunut duosini o‘qiydi, aks holda imomga ergashadi. Vitr namozining uchipchi rakatining rukusida jamoatga qo‘shilgan kishi (ya’ni masbuq) Qunut duosiga (hukman) ulgurgan hisoblanadi. U namozning yetisha olmagan qismini o‘qishga turganidan so‘n Qunut duosini o‘qimaydi.
Faqatgina Ramazon oyida vitr namozi jamoat bilan o‘qiladi. Vitr namozi farz bo‘lmaganiga ko‘ra, bir hisobda nafl ibodatdir. Tarovehdan boshqa nafl namozlarni jamoat bo‘lib o‘qish makruhdir. Shuning uchun Ramazondan boshqa paytlarda vitr namozi jamoat bo‘lib o‘qilmaydi.
“Qozixon”ga ko‘ra Ramazonda vitr namozini jamoat bi-lan o‘qish tunning oxirida yolg‘iz o‘qishdan afzal. Buning aksini aytganlar ham bor.

NAFL NAMOZLARI

Sunnati muakkadalar

Bomdod namozining farzidan avval, peshin, shom, xuftonning farz namozlaridan so‘ng, ikki rakat.
Izoh: Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam, shom namozining farzidan so‘ng o‘qiladigan ikki rakat sunnat haqida shunday deganlar: “Kim shom namozining farzidan so‘ng, hech gapirmasdan birinchi rakatida Kofirun, ikkinchi rakatida Ixlos suralarini zam qilib, ikki rakat namoz o‘qisa, ilon qobig‘idan chiqqanidek, gunohlaridan poklanadi.
Peshinning farz namozidan avval, Juma xutbasidan avval va Jumaning farz namozidan so‘pg to‘rt rakat namoz o‘qish sunnati muakkadadir.
Mazkur sunnat namozlar bir salom bilan o‘qiladi.

Mandub namozlar

Mandub (ya’ni, sunnati muakkada bo‘lmagan) iamozlar quyidagilardir: Asr namozidan oldin va xufton namozidan avval va keyin to‘rt rakat. Shom namozining sunnatidan so‘ng olti rakat namoz o‘qish mandubdir.
Izoh: Chunki Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam: “Kim shomdan so‘ng olti rakat nafl namoz o‘qisa, avvobinlardan (biror gunoh ish qilib qo‘ygach, darhol orqasidan tavba qiluvchi kishilar) hisoblanadi “, deganlar va ushbu oyati-karimani o‘qiganlar (ma’nosi): “Alloh taolo avvobinlarni mag‘firat qiluvchi Zotdir”.
Shom namozining ikki rakat sunnati ushbu olti rakat nafl namoziga kirmaydi.

Nafl namozlarga oid turli hukmlar

1. To‘rt rakatli sunnati muakkada namozlarning avvalgi qa’dasida faqat “Attahiyyotu” o‘qiladi va uchinchi rakatga turganida sano o‘qilmaydi. Ammo to‘rt rakatli sunnati muakkada bo‘lmagan namozlar esa bunday emas. Dastlabki qa’dada “Attahiyotu”ni o‘qigach, salovotlar o‘qiladi hamda uchinchi rakatga turilganida sano o‘qiladi.
2. Ikki rakatdan ziyoda nafl o‘qiydigan kishi faqat oxirgi rakatda o‘tirsa (ya’ni ilk qa’dani tark qilsa), namozi istihsonan sahihdir. Chunki nafl namozlarini ikki rakat o‘qish joiz bo‘lganidek, to‘rt rakat o‘qish ham joizdir.
3. Kunduzi bir salom bilan nafl namozlarni to‘rt rakatdan, kechasi sakkiz rakatdan ko‘p o‘qish makruhdir.
4. Kunduzgi va tungi nafl namozlarni Imom Abu Hanifa rahmatullohi atayhga ko‘ra, bir salom bilan to‘rt rakat-to‘rt rakat, Imom Abu Yusuf va Imom Muhammadga ko‘ra kechasi o‘qiladigan nafl namozni ikki rakat-ikki rakata dan o‘qish afzaldir. Fatvo imomayn nuqtai-nazarlariga berilgan.
5. Tungi nafl namoz kunduzgi nafl namozdan fazplatliroqdir (tungp va kunduzi o‘qiladigan nafl namozlarda qiyomni (uzunroq zam sura o‘qib) cho‘zish ko‘proq sajda qilishdan (ya’ni rakat sonini orttirishdan) fazilatliroqdir.
Izoh: Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam: “Namozlarning eng fazilatlisi qunuti (ya’ni qiyomi) eng uzuk bo‘lgan namozlardir” deganlar. Chunki, uzoq muddat qiyomdy tik turish ko‘proq Qur’on o‘qishga imkon beradi. Ko‘proq ruku va sajda qilish (rakatlar sonini orttirish) tasbehlarni ko‘paytirishni ta’minlaydi. Albatta, Qur’on o‘qish tasbeh aytishdan fazilatliroqdir.

Tahiyatul masjid, zuho va tungi namozlar

1. Masjidga kirgan kishining o‘tirmasdan ikki rakat pamoz bilan masjidga ta’zim va hurmat ko‘rsatishi sunnatdir. Farzni ado qilish uning o‘rniga o‘tadi.
Masjidga kirilgach, o‘qilgan har bir namoz unga hurmat niyatida o‘qilmasa ham tahiyatul masjid o‘rniga o‘tadi.
2. Tahoratdan so‘ng a’zolarning nami qurimasdan ikki rakat, zuho vaqtida to‘rt rakat namoz o‘qish mandubdir.
Izoh: Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam: Abu Dardodan, roziyallohu anhu, rivoyat qilingan hadisi sharifda shunday deydilar: “Kimki zuho vaqtida ikki rakat namoz o‘qisa, g‘ofillardan deb yozilmaydi. To‘rt rakat o‘qisa shahodat qilinganlar qatorida yoziladi. Olti rakat o‘qisa, bu namoz (o‘sha kuni boshiga keladigan ofat va balolardan qutulishi uchun) unga kifoya qiladi. Agar sakkiz rakat o‘qisa, Alloh taolo unga jannatda bir qasr tayyorlaydi!”
3. Xuddi shuningdek, tunda tahajjud, kechasi va kun-duzlari istixora va hojat namozlari o‘qish mandubdir.
4. Ramazon oyiiing oxirgi o‘n kuni kechalarini, hayit kechalarini, Zulhijja oyining ilk o‘n kechasini hamda Sha’bon oyining o‘n beshinchi (Baroat) kechasini ibodat bilan o‘tkazish mandubdir. Faqat bunday kechalardan birining ihyosi uchun masjidlarda to‘planish makruhdir.
O’tirgan holda nafl namoz o‘qish
Kishining nafl namozlarini tik turib o‘qishga kuchi yetsa-da, o‘tirib o‘qishi joizdir. Faqat hech qanday uzrsiz o‘tirib nafl o‘qigan kishi tik turib o‘qiganning yarmicha savob oladi. O’tirib nafl namoz o‘qiyotgan kishi xuddi tashahhudda bo‘lganidek o‘ng oyog‘ini tik qilgan holda, chap oyog‘ining ustiga o‘tiradi. Tik turib boshlagan nafl namozni o‘tirgan holda o‘qib nihoyasiga yetkazish karohatsiz joizdir.

Hayvon va vositaning ustida namoz o‘qish

Shahar (qishloq va ovul) tashqarisiga chiqqach, kishi hayvon ustida bo‘lsa, u ketayotgan tomonga qarab imo bilan nafl namoz o‘qishi joizdir. Hayvon ustida boshlagan namozini yerga tushib tamom qilishi mumkin. Faqat yerda boshlagan nafl namozni markab ustiga chiqib tugata olmaydi.
Izoh: Chunki yerda nafl namoz o‘qib boshlagan kishining iftitoh takbiri namozning sahih bo‘lishi uchun zarur barcha shartlarni bajarishga so‘z berishdir. Shunday mas’uliyat bilan boshlangan bir namozni markab ustida davom ettirib tamomlasa, kishi avvalo, bajarishni bo‘yniga olgan qiblaga qarash, joy o‘zgartirmay namozni bitirish, toza joyda namoz o‘qish, odatiy tarzda ruku va sajda qilish kabi shartlarni tark etgan hasoblanadi. Ammo markab ustida boshlangan namozning iftitoh takbiri bunday shartlarning bajarilishini talab qilmaydi. Shuning uchun kishi namozini yerga tushib davom ettirsa, bergan va’dasidan ko‘ra ko‘nroq shartlarni bajargan bo‘ladi.
Abu Hanifadan, rahmatullohi alayh, rivoyat qilinishicha, markab ustida imo-ishora bilan namoz o‘qish joiz bo‘lsa ham, bomdod namozining sunnatini yerda o‘qish zarur. Zero, bu namoz sunnati muakkadalarning eng quvvatlisidir.
Suyangan holda namoz o‘qish charchagan (yoki toliqqan) paytda nafl namozini biror narsaga suyanib o‘qish karohatsiz joizdir. Faqat hech qanday uzrsiz suyanib olish odobga zid bo‘lganidan makruhdir. Hayvon ustida mavjud najosat, xoh egar ustida, xoh mingilarida bo‘lsin, namozning durustligiga to‘siq bo‘lmaydi. Yurib ketayotgan yoki suzayottan kishining o‘sh holatda nafl namoz o‘qishi, ulamolarning ittifoqi bilan sahih emas, chunki bular namozga zid harakatlardir.

Hayvon ustida o‘qiladigan farz va vojib namozlar

Farz namozlarini, vitr va nazr namozlarni, japoz namozini hayvon ustida o‘qish, shuningdek, yerda o‘qilg (sajda) oyatining sajdasini hayvon ustida qilish durust emas. Faqat mazkur namozlarni, kishi o‘ziga, minadigan hayvoniga yoki kiyimlariga o‘g‘ri yoki yirtqich hayvon hujum qilishidan qo‘rqsa, shuningdeq, yer juda loy bo‘lishi, mi nayotgan hayvonning sho‘x bo‘lishi yoki qariligi tufayli yerg tushsa, takror minishiga yordam beruvchi yo‘qligi kabi uzr sabablar bo‘lsa, hayvon ustida o‘qish joizdir.

Tuya ustidagi kajavada o‘qilgan namoz

Kajava ustida namoz o‘qish hukman hayvon ustida namoz o‘qish kabidir. Ya’ni, hayvon xohyurayotgan bo‘lsin, xoh o‘rnida turgan bo‘lsin, zarurat bo‘lmaguncha joiz emas. Aga hayvon to‘xtatilib, kajavaning og‘irligi yerga tushsa, ti gurgan (ruku va sajdali bo‘lishi sharti bilan) farz namoz o‘qish joizdir.

Kema ichida o‘qilgan namoz

1. Harakatda (suzishda) bo‘lgan kema ichidagi kishini: hech qanday uzrsiz, farz namozning ruku va sajdalarin ado etgan holda, o‘tirib o‘qishi Imomi A’zam hazratlarig ko‘ra, durustdir. Imom Abu Yusuf va Imom Muhammadga ko‘ra, bosh aylanishi yoki kemadan tashqariga chiqish imkoni yo‘kligi kabi uzrli sabablarsiz, o‘tirib o‘qish joiz emas.
2. Kishining ruku va sajda qilishiga kuchi yeta tu rib, kemada imo-ishora bilan namoz o‘qishi ham joiz emas;
3. Dengiz o‘rtasida to‘xtagan kema agar shamolning ta’ siri bilan katiq tebransa, harakat holatidagi kema huk midadir. Aks holda, hukman to‘xtab turgan kema kabidir.
4. Sohilga bog‘langan kemada o‘tirib namoz o‘qish ittifoq ila joiz emas. Agar kema portga bog‘langan bo‘lib, bir qismi yerga tekkan bo‘lsa, tik turib namoz o‘qish joizdir. Agar kemaning quruqlik bilan tutash joyi bo‘lmasa, bu kemada namoz o‘qish joiz emas. Faqat quruqlikka chiqib namoz o‘qish imkoni bo‘lmasa, tik turgan holda bu kemada ham namoz o‘qish mumkin.

Kemadagi namozxonning qiblasi

Harakatlanayotgan kemada namoz o‘qiyotgan kishi, namoz o‘qishni boshlayotganida qiblaga yuzlanadi. Agar kema burilsa, u ham namoz ichida qiblaga tomon asta-sekin namozini tamomlaguncha burilaveradi.

Transport vositalarida namoz o‘qish

Faqih olimlardan Umar Nasuqiy zamonaviy transport vositalarida namoz o‘qish xususida shunday fikr bildiradi. Bunday vositalar.uch qismga bo‘linadi:
1. Ot, tuya, eshak kabi miniladigan hayvonlar. Bu hayvonlarningustida hayvon ketayotgan tomonga qaragap holda sunnat va nafl namozlarni o‘qish joizdir. Faqat farz namozlarni hayvondan tushib o‘qish vojib. Chunki hayvonni yurgizish va to‘xtatish egasining ixtiyorida bo‘lib, xohlagan joyda tushib, namozini o‘qishi mumkin.
2. Avtobus, avtomobilga o‘xshash to‘xtatish mumkin bo‘lgan yo mumkin bo‘lmagan vositalar. Bular ham yo‘lovchiga ko‘ra ikki qismga ajraladi:
a) Yo‘lovchilar vositalarning egasi bo‘lsa, farz namozlarni yerga tushib, ado qilishlari zarur.
b) Yo‘lovchilar vositalarning egasi bo‘lmasa, namoz vaqtida xushmuomalalik bilan vositani to‘xtatishini so‘raydilar. To‘xtata olmagan taqdirda, iloji boricha, o‘tirgan holda ruku va sajdani qilib namozini vositaning ichida o‘qiydi. Chunki namozni qazo qilganidan ko‘ra, mana
shu tarzda ado etgan afzaldir.
v) Yo‘lovchi mingan vosita poezd, kema va samolyotga o’xshash to‘xtatilishi mumkin bo‘lmagan vositalarda qiblaga yuzlanib va tik turgan holda namoz o‘qish imkoni bo‘lsa, o’sha holatda namoz o‘qiydi. Agar yuqoridagi shartlar mavjud bo‘lmasa, namoz qazo qilinmaydi, imkoni bo‘lgan shaklda o‘qiladi.

Taroveh

Taroveh namozi erkak va ayollarga sunnati muakkadadir. Jamoat bilan o‘qilishi sunnati kifoyadir (ya’ni, ba’zilarning masjidda jamoat bilan o‘qishi bilan boshqala uylarida yolg‘iz o‘qishlari mumkin bo‘ladi).
Taroveh o‘qish vaqti xufton namozi vaqti kirganida to tong otishidan biroz avvalgi paytgachadir. Vitr namo zini tarovehdan oldin o‘qish ham, keyin o‘qish ham durustdir. Tunning so‘nggi uchdan bir qismiga yoki ikkinchi yari« mpga kechyktirilishi mustahabdir. Tun yarmidan keyinga qoldirilishi makruh emas.

Rakatlari soni va ado qilish targ‘ibi

Taroveh namozi yigirma rakat bo‘lib, o‘nta salom bilan o‘qiladi.
Izoh: Taroveh namozi, ro‘zaning emas, balki o‘qilgan vaqtning sunnatidir. Chunki, Payg‘ambarimiz, sollallohu alayha va sallam: “Alloh taolo sizlarga Ramazonda ro‘za tutishni farz qildi, men esa kechalarning ihyosini (taroveh va boshsh ibodatlar bshshn o‘tkazilishini sunnat qildim “deganlar. Bunga ko’ra, bemor yo musofir bo‘lib, ro‘za tuta olmagan kunlari taroveh o‘qish sunnatdir.
Har to‘rt rakat taroveh namozidan so‘ng, taroveh bilan vitr namozi orasida ham to‘rt rakat namoz o‘qish miqdorichau o‘tirish mustahabdir. Ramazoni sharifda Qur’oni karimni taroveh namozlarida bir marta xatm qilish sunnatdir. Faqat jamoatni zeriktirib qo‘yadigan bo‘lsa, ularga malol kelmaydigan darajada o‘qiladi. Chunki qisqa o‘qish bilan ko‘lroq jamoatni jalb qilish jamoatni zeriktirib qo‘yadigan darajada ko‘p qiroat qilishdan afzaldir. Shuningdek, jamoatga malol kelsa ham, imom (tashahhudda) “Attahiyotu”dan so‘ng salavotlarni o‘qishni va har ikki rakatning boshida sanoni hamda ruku va sajdalardagi tasbehlarni tark qilch maydi. Faqat jamoatga malol kelgan taqdirda (salavotlardan keyingi) duoni o‘qimaydi. Taroveh o‘z vaqtida o‘qilmasa, yolg‘iz holda ham, jamoat bilan ham qazosi o‘qilmaydi.

Ka’bada o‘qiladigan namoz

1. Ka’baning xoh ichida, xoh ustida bo‘lsin, farz va nafl namoz o‘qish durustdir. Chunki Ka’baning barcha tomonlari qibladir. Ustida namoz o‘qiydigan kishining sitra qilishi shart emas. Faqat Ka’ba ustida namoz o‘qish odobga zid bo‘lgani uchun makruh.
2. Ka’ba ustida va ichida, orqasi imomning yuziga bo‘lmagan jamoatiing imomga iqtido qilishi durustdir, aks holda, nojoizdir.
Z.Ka’ba eshigi ochiq bo‘lganida, uning ichidagi imomga tashqaridan iqtido qilish durustdir.
4. Imom va jamoatning Ka’ba tashqarisida halqa shaklida namozga turishlari ham durustdir. Faqat imom tomonda Ka’baga imomdan ham yaqinroq.turgan kishining iqtido qilishi durust emas.

Musofirniig namozi

O’rtacha yurishda yilning eng qisqa kunlarida dam olish onlarp bilan birgalikda uzoqligi uch kunlik yo‘l bo‘lgan joyga safarga chiqish ba’zi hukmlarning o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. O’rtacha yurish deganda quruqlikda tuyaning yoki piyodalarning yurishi nazarda tutalgan. Tog‘da ham shunga munosib bo‘lgan masofa ko‘zda tutiladi.
Dengizda esa havo mo’tadil paytda mazkur vaqt ichida bosib o‘tiladigan masofa e’tiborga olinadi.
Izoh: Bu eski ta’bir bo‘lib, o‘sha davrlarda yelkanli kemalar havo yordamida harakat qilardi. Shamol qattiq essa, kema tez, sekinlashsa sekin, havo mo’tadil paytda kema quruqlikdagi tuya, piyodalar tezligida harakat qilardi. Mana shu tezlikda uch kunlik yo‘lga chiqqan kishi musofir hisoblanardi. Hozirgi kunda esa, har soatda qancha-qancha yo‘l bosib o‘tuvchi ulkan kemalarning tezligi safar uchun o‘lchov bo‘la olmaydi. Shu-ning uchun o‘lchov hamon quruqlikdagi tuya yoki piyodaning me’yo-riy yurishidir. Safar qanday vositada amalga oshirilishidan Qati’y nazar, taxminan tuya minib yoki piyoda yurishda uch kunlik masofa bosib o‘tildimi, kishi musofir hisoblanadi.

Namozning qisqartirilishi

Safarga chiqishga qaror qilgan kishi o‘zi yashayotgan joyning uylaridan va shahar chetidagi qabriston, otlar yuguradigan maydonga o‘xshash shaharga tugash bo‘lgan joylardan o‘tgach, to‘rt rakatli farz namozlarni ikki rakat qilib qisqa tirib o‘qiydi.
Agar mazkur qabriston va yugurish maydonlari oras dalalar yoki otilgan bir (kamon) o‘qi yetgulik (taxmina: 400 qadam) ochiq bo‘sh joy bilan ajralib turgan bo‘lsa ulardai o‘tish shart emas.

Safarning shartlari

Safar niyati quyidagi uch narsa bilan durust bo‘ladi:
1. Yo‘lovchining safarga chiqishiga qaror qilishda e kin va mustaqil bo‘lishi.
2. Balog‘atga yetgan bo‘lishi.
3. Safar yo‘lining uch kunlik masofadan kam bo‘lmasligi demak, o‘zi yashaydigan shahar yo mavzening uylaridan uzoqlashmagan yo‘lovchi yoki eri bilan bo‘lgan ayol, qo‘mondoni tobe bo‘lgan askar kabi boshqaga itoat qilgan shaxslar xo‘jasi safarga niyat qilmagan yoki uch kundan kam muddatga qilgan bo‘lsa, namozni musofir kabi o‘qimaydi. Yo‘lga chiqish va iqomat borasida tobe bo‘lganlarning emas, balki ularning — amirlarning niyatlari e’tiborlidir.

Musofir namozining hukmi

Musofirning namozni qasr qilib o‘qishi bizning hanafiy mazhabda azimatdir.
Izoh: “Azimat ” lug‘atda bir narsaga qat’iy qaror qi moq va uni bajarishga bor kuchi bilan intilmoq deganidir Fiqh istshyuhida esa, shar’iy amr va nahiylarni, hech qanda uzrli sabablarga e’tibor qshshasdan, asl shaklida ado qilmoq: dir. Buning ziddi bo‘lgan ruxsat esa, uzrli sabablar tufayl shar’iy amr va nahiylarni qulaylashtiruvchi, ruxsat berilgan yo‘lni tanlashdir. Masalan, tahoratda har safar oyoqni yuvish azimat, mahsi kiyganida mash tortish ruxsatdir.
To‘rt rakatli farz namozlarini to‘liq o‘qigan yo‘lo” chi, agar ilk qa’dada o‘tirgan bo‘lsa, namozi sahihdir. Fa; qat (vojib bo‘lgan salomni kechiktirgani uchun) makruhdir (bu holatda so‘nggi ikki rakat nafl o‘rniga o‘tadi); Birinchi qa’dada o‘tirmagan bo‘lsa, farzni tark etgan uchun namozi sahih bo‘lmaydi. Faqat uchinchi rakatga turayotganida muqimlikka niyat qilsa, namozi sahih bo‘ladi.
Lekin vojib bo‘lgan birinchi tashahhudni tark etgani uchun sahv sajdasi qilishi kerak.

Qasr muddati va muqnmlikka niyat

1. Yo‘lovchi o‘z diyoriga qaytgunicha yoki biror shahar yoxud qishloqda 15 kun qolishga niyat qilgunicha namozlarini qasr o‘qiydi.
2. Agar bir joyda 15 kundan oz muddat qolishga niyat qilsa yoki hech qanday niyat qilmasdan, erta-indin ketaman, deb yillar davomida o‘sha joyda qolsa ham, namozlarini qasr o‘qiyveradi.
3. Birortasida kechasi tunashni qaror qilmagan ikki shaharda, cho‘l va adirlarda hamda badaviylar yashaydigan joylarda iqomatni niyat qilish durust emas.
4. Shuningdek, (urush paytida) dushman yerlarida bo‘lgan askarlarimiz ham (qancha qolishlarinn bilmaganlari uchun) iqomatni niyat qilishlari durust emas.
5. (Davlatga qarshi chiqqan) bir toifani qurshovga olgan va u yerda kutayotgan askarlarning ham (qancha qolishlarini bilmaganlari uchun) iqomatni niyat qilishlari joiz emas.

Musofirning muqimga va muqimning musofirga iqtido qilishi

Musofir muqimga namoz vaqtida iqtido qilishi durust. Bu holda u muqim kabi namozni to‘liq o‘qiydi. Vaqt chiqqach, musofirning muqimga iqtido qilishi durust emas. Xoh vaqt ichida bo‘lsin, xoh vaqt chiqqanidan so‘ng bo‘lsin, muqimning musofirga iqtido qilishi durustdir.
Musofir muqimlarga imom bo‘lsa namozni boshlamasdan avval yoki salom bergach, “namozingizni tamomlang, men musofirman” deyishi mustahabdir. Muqim musofirga iqtido qilganida musofir namozni tamom qilganidan so‘ig qolgan ikki rakatini qiroat qilmasdan tamomlaydi.

Vaqtida o‘qilmagan namozlarning qazosi

Musofir qazo qolgan to‘rt rakatli namozni muqim bo‘lganida o‘qisa ham, ikki rakat o‘qiydi. Muqim qazo qolgan to‘rt rakatli namozni safarda o‘qisa ham to‘rt rakat o‘qiydi.

Vatan haqida

Kishining tug‘ilib o‘sgan, uylangan yoki davomlp yashagd maqsadida u yerdan ajralishni xohlamagan joyi vatani asliy deyiladi.
Kishining (kamida) 15 kun yoki undan ham ko‘proq muddat yashashga niyat qilgan joyi vatani iqomat deyiladi, Vatani asliy boshqa bir joyni vatani asliy qilib olish bilan kuchdan qoladi.
Vatani iqomat o‘ziga o‘xshash boshqa joyda yashashga niyat qilish yoki u yerdan yo‘lga chiqnsh yoki vatani asliyga qaytish bilan buziladi.

Bemor kishining namozi

Bemor tamoman turolmasa yoki qattiq og‘riq tufayli gurishi qiyin bo‘lsa. yoki kasalligining kuchayishi yoksh uzoqqa cho‘zilishidan qo‘rqsa, namozini o‘tirib, ruku va sajda qilgan holda o‘qiydn. O’ziga eng qulay shaklda o‘tiradi, bulardan boshqa hollarda kuchi yetganicha tik turib o‘qiydi.
1. Bemor namozini o‘tirgan joyida ruku va sajda qilgan xolda xam o‘qiy olmasa, imo-ishora bilan o‘qiydi, faqat sajda qplpsh uchun boshini rukuda egganpdan ko‘prom egadi. Aks holda namozi durust bo‘lmaydi.
Izoh: Chunki Payg‘sshbarimiz, sollallohu alayhi va sallam, bir bemorning ziyoratiga borib, oldiga yostiq qo‘yib, uning ustiga sajda qilayotganini ko‘radilar va oldidan yostiqni oladilar. Bemor sstiqni takror oldiga olganida yostiqni yana unim oldidan oladilar va “Agar kuchingiz yetsa, yerda iamoz o‘qing kuchingiz yetmasa, imo-ishora bilan o‘qing va sajdada boishn gizni rukudagidan ko‘ra ko‘proq egiig “, deydilar.
3. Bemor sajda qilishi uchun biror narsa baland qili( qo‘yplmaydi. Biror narsani ko‘tarib qo‘ysa, sajdada boshini rukuda egganidan ko‘ra ko‘proq egsa, namozi durust bo‘ladi. Aks holda, namozi durust emas.
4. Bemorning o‘tirib namoz o‘qishga ham kuchi yetmasa, chalqancha yoki yonboshlab yotgan holda imo-ishora bilan namoz o‘qiydi. Bu holda chalqancha yotib o‘qish yaxshiroqdir. Yuzi qiblaga qarab turishi uchun bemorning boshiga yostiq qo‘yi ladi. Agar kuchi yegsa, oyoqlarini qiblaga uzatmasligi uchun oyoqlarini yig‘ishtirib oladi.
5. Imo-ishora bilan ham namoz o‘qishga kuchi yetmagan be-mor o‘ziga aytilayogan narsalarni tushunsa, namozini kechiktiradi (so‘ngra qazosini o‘qiydi). “Hidoya” sohibiga ko‘ra budurustdir. Faqatyana “Hidoya” sohibi “Tajnis” va “Mazid” nomli asarlarida imo-ishora bilan namoz o‘qishdan ojiz qolish muddati besh vaqt namozdan ortiqdavom etsa, bemor aytilgan narsalarni tushunsa ham, namoz o‘qish majburiyati undan soqit bo‘ladi, deganlar, “Qozixon” va “Muhit” muallifi ham buni tasdiqlaganlar. Shayxul-Islom va Faxrul-Islom ham bu nuqtai nazarni ixtiyor qilganlar. “Zohiriya” kitobida fatvo shunga deyilgan. “Xulosa” kitobining sohibi ham mazkur hukmni ixtiyor qilgan, “Yanobig‘”, “Badoi’” va “Val-volijiy” asarlarining sohiblari ham bu fikrni to‘g‘ri deganlar. Barchasini Achloh rahmat qilsin.
Turli masalalar
1. Boshi bilan imo-ishora qilishga kuchi yetmagan kishi ko‘zi, qoshi yoki qalbi bilan imo qilib namoz o‘qimaydi, chunki sajda qosh, ko‘z va yurak bilan emas, bosh bilan qilinadi.
2. Tik turib o‘qishga kuchi yetib, ruku va sajda qilishga kuchi yetmagan kishi namozini o‘tirgan joyida imo-ishora bilan o‘qiydi.
3. Sog‘lom kishi namoz o‘qiyotganida tobi qochsa, kuchi yetgan shaklda imo bilan bo‘lsa ham namozini tamomlaydi.
4. O’tirgan joyida ruku va sajda qilib namoz o‘qiyotgan kishi, namoz asnosida o‘zini yaxshi his qilsa, o‘rnidan turib namozini davom ettiradi va shu tarzda tamomlaydi. Ruku va sajda qilolmasdan imo bilan o‘qiyotgan kishi (o‘zini yaxshi his qilsa) namozni boshidan qayta o‘qishi kerak.
5. Esini yo‘qotgan va h)’shidan ketgan kishining bu holati besh vaqt namoz mobaynida davom etsa, o‘ziga kelgach, bu namozlarining qazosini o‘qiydi. Besh vaqtdan ko‘proq davom etsa, qazosini o‘qimaydi (undan soqit bo‘ladi).
Namoz va ro‘zaning kafforati Kafforat uchun qachon vasiyat qilish shart emas?
Imo-ishora bilan ham namoz o‘qishdan ojiz bo‘lgan bemor qoldirgan namozi besh vaqtdan ham kam bo‘lsa-da, o‘qiy olmagan namozlarining kafforatini berishni vasiyat qilishi joiz emas. Muqim bo‘lmasdan hamda bemor tuzalmasdan vafot etsa, safar va bemorlik davomida tuta olmagan ro‘zaning kafforatini berishini ham vasiyat qilishlari lozim emas.

Kishi qachon kafforat uchun vasiyat qiladi?

Kishi namoz o‘qishga va ro‘za tutishga kuchi yetgan holda o‘qiy olmagan namozining, tuta olmagan ro‘zasining kafforatini berishni vasiyat qilishi mumkin.

Qancha kafforat beriladi

Vafot qilganning valiyi (o‘zidan keyin mol- mulkidan sarflashga mas’ul kishi) u qoldirgan molning uchdan biridan vitr namozini ham qo‘shib, kuniga olti vaqt namozning har biri uchun va har kunning ro‘zasi uchun yarim so’ (1456 yoki 1664 gr.) bug‘doy yoki uning qiymatini beradi. Marhum vasiyat qilmagan taqdirda valiyi o‘z molidan uning kafforatini berishi joizdir. Faqat marhum tuta olmagan ro‘za va o‘qiy olmagan namoz o‘rniga ro‘za tutishi namoz o‘qishi durust emas.

Fidya (tovon) kimga to‘lanadi?

Qasam kafforatining aksi o‘laroq, bir necha namozning (va bir necha kunlik ro‘zaning) kafforat badalini yagona faqirga bir martada berish mumkin. Xoh tirik, xoh marhum kishi qasamining kafforat badali yolg‘iz bir faqirga emas, o‘nta faqirga berilishi kerak. Har kun bittadan fidyani bir faqirga berish ham mumkin. Alloh subhanahu va taolo hammadan ko‘ra yaxshiroq bilguvchidir.

O’z vaqtida o‘qilmagan namozlarning qazosi

Bunda tartibga, ya’ni qazo namozlari bilan vaqt namozlari orasida hamda qazo namozlarining o‘z orasida ham ketma-ketlik tartibiga rioya qilish vojibdir.
Izoh: Ma’lum bir navbatga rioya qilish hususida Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam, shunday deganlar: “Kim bir vaqt namozni uxlab qolib yoki unutib qazo qoldirsa-yu) so‘ngra imomga iqtido qilib (keyingi farz namozini) o‘qiyotganida (qazo qilgan namozi) esiga tushib qolsa, imom bilan o‘qiyotgan namozni bitirsin, so‘ng esiga tushgan namozini o‘qisin. Buning orqasidan esa (imom bilan o‘qigan namozini) takror o‘qisin. Avval qazo, so‘ngra vaqt namozi o‘qiladi. Qazo namozlarda ham ilk qazo bo‘lgan namozdan boshlab o‘qiladi.

Tartibni bekor qiladigan sabablar

1. Vaqtning juda oz qolgan bo‘lishi. Bunday holatda kishi faqatgina o‘sha vaqt namozini o‘qiydi.
2. Zimmasida qazo namozi borligini unutmoq.
3. Vitr namozidan tashqari qazo qolgan namozlarning soni olti vaqtga yetgan bo‘lsa.
Izoh: Qazo qolgan namozlarning soni oltitaga yetgan bo‘lsa, kishining tartibga rioya qilishi og‘ir bir mas’uliyatdir. Chunki bir vaqtning o‘zida ham olti vaqt qazo namozi, ham o‘sha vaqt namozini o‘qishga to‘g‘ri keladi. Holbuki, Islomda qiiinchilik emas, balki qulaylik, yengillika asosdir.
Vitr namozi qazo qolgan namozlarda tartibni bekor qoluvchi hisoblanmaydi. Faqat qazo namozlari o‘qilayotganida uning ham tartibiga rioya qilinadi.

Turli masalalar

1. Ko‘p qazo qolgan namozlarni ado qilgach, olti vaqt iamozidan kami qolsa ham, ular o‘rtasidagi tartibga rioya qilish lozim bo‘lmaydi.
2. Tartibga rioya qilishi lozim bo‘lgan kishi, qazo qilgan namozi vitr bo‘lsa-da, esida bo‘la turib, keyingi vaqt farz namozini o‘qisa, bu o‘qigan farz namozi shartli fosid bo‘ladi. Bundan so‘ng u qoldirgan namozini o‘qimay yana to‘rt vaqt namozini o‘qisa, qazo qilgan namozidan so‘nggi besh vaqt namozining hammasi sahihga aylanadi. Chunki kishining qazo namozi esida turib, o‘qigan namozlari o‘qiyotgan paytda buziladi. Uni qayta, o‘qish lozim bo‘ladi. Ammo beshinchi vaqt namozini o‘qishi bilan qazo namoz birgalikda olti vaqt namozi bo‘lgach, bu kishidan tartibga rioya Qilish majburiyati soqit bo‘ladi. Binobarin, o‘qishmagan Namozining faqat o‘zinigina o‘qib, qazosini bajaradi.
Faqat beshinchi namoz vaqti chiqmasdan bundan oldin Qazoga qolgan namozini o‘qisa, qazo qilgan namozi vaqti va uni o‘qigan vaqt oralig‘ida o‘qigan namozlarning barchasi nafl namozga aylanadi. So‘ngu o‘qigan namozlarini qazosini o‘qishi lozim. Qazoga qolgan namozlar juda ko‘ bo‘lsa, qazosi o‘qiladigan har bir namozni (falon kunning falon namozi deya) niyat qilib o‘qish kerak. Bu shunday osonlashtirpsh mumkin: masalan, “Vaqtida o‘qts olmagan birinchi (yo oxirgi) peshinning qazosin o‘qishni niyat qildim” (shu yo‘l bilan qaysi qazo pam zini o‘qnshiga aniqlik kiritgan bo‘ladi). Avval qaz qilnngan ikki yilga Ramazon ro‘zasini tutmoqchi bo‘lganlarga ham shu hukm joizdir (ya’ni, kaysi yilning ro‘z,’ sini tutmoqchi bo‘lsa, shuni niyat qiladi). Dorul-harb (ya’ni musulmon bo‘lmagan bir mamlakatda) musulmo bo‘lpb, shar’iy hukmlarni bilmagan kishi uzrli hisoblanadi.

“Nurul izoh”dan

Qiziqarli malumotlar
Namoz o’qishni o’rganish kitobi skachat pdf