NAMANGAN

NAMANGAN

NAMANGANNamangan viloyatidagi shahar. Viloyatning maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi. Aholi soni boʻyicha Fargʻona vodiysida oldingi oʻrinda. Oʻzbekistonning yirik industrial shaharlaridan biri. Fargʻona vodiysining shim. da, Shim. Fargʻona kanali bilan Namangansoy kesishgan yerda, 450 m balandlikda joylashgan. Mayd. 83,3 km2. Iyulning oʻrtacha t-rasi 26,3°, yanv. niki —2,3°. Aholisi 395,8 ming kishi (2003).

Ensiklopediya.uz
NAMANGAN