NAMANGAN VILOYATI
NAMANGAN VILOYATI — OʻzR tarkibidagi viloyat. 1941-y. 11-martda tashkil etilgan (1960-y. 25 yanv. da Andijon va Fargʻona viloyatlari tarkibiga qoʻshib yuborilgan. 1967-y. 18 dek. da kayta tashkil etildi). Namangan viloyati respublikaning sharqida, Fargʻona vodiysining shim.-gʻarbiy qismida, Tyanshan togʻ tizmasi tarmoklari — Qurama va Chatqol togʻlarining yon bagʻrida joylashgan. Shim. va shim.-sharkdan Qirgʻiziston Respublikasining Jalolobod viloyati, jan.-sharqsan Andijon, jan. dan Fargʻona, shim. va shim.-gʻarbdan Toshkent viloyati va Tojikistonning Sugʻd viloyati bilan chegaradosh. Mayd. 7,44 ming km2. Aholisi 1982,7 ming kishi (2002). Namangan viloyatida 11 qishloq tumani (Kosonsoy, Mingbuloq, Namangan, Norin, Pop, Toʻraqoʻrgʻon, Uychi, Uchqoʻrgʻon, Chortoq, Chuyet, Yangiqoʻrgʻon), 8 shahar (Namangan, Kosonsoy, Pop, Toʻraqoʻrgʻon, Uchqoʻrgʻon, Chortoq, Chuyet, Haqqulobod), 11 shaharcha (Jomashoʻy, Toshbuloq, Navbahor, Oltinkon, Uygʻursoy, Chorkesar, Xalqobod, Uychi, Oʻnhayat, Yangiqoʻrgʻon, Oqtosh), 99 qishloq fuqarolari yigʻini bor. Markazi — Namangan sh.
Ensiklopediya.uz
NAMANGAN VILOYATI