NAMANGAN NEFT KONI
NAMANGAN NEFT KONI — Namangan sh. ning shim.-sharqida, Namangan antiklinal burmasida joylashgan. Namangan strukturasi dastlab 1933-y. da oʻrganilgan. Keyingi yillarda oʻtkazilgan tadqiqotlar natijasiga asoslanib chuqur burgʻi qudugʻi qazildi. Paleogen yotqiziqlarining dolomitlashgan ohak-toshlardan tuzilgan turkiston qatlamlaridagi 5-gorizontda neft borligi tasdiqlandi. Umumiy qalinligi 10 m, samarali qalinligi 3—4 m, oʻrtacha gʻovakligi 10%, oʻtkazuvchanligi 30 — 100 millidarsigacha. Gorizontning oʻrtacha chuqurligi 3630 m, uz. 5,4 km, eni 3,6 km. Boshlangʻich qatlam bosimi 600 atmosfera, gaz omili 180 m3/t.
Ensiklopediya.uz
NAMANGAN NEFT KONI