NAMANGAN MUXANDISLIKPEDAGOGIKA INSTITUTI
NAMANGAN MUXANDISLIKPEDAGOGIKA INSTITUTI — muhandis-pedagoglar, muhandislar, iqtisodchipedagog va iqtisodchilar tayyorlay-digan oliy oʻquv yurti. Sanoat, transport, qurilish, mashinasozlik, oziq-ovqat va kimyoviy texnologiya, qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash, axborotlar texnologiyasi, elektroenergetika, menejment, buxgalteriya xisobi va audit qamda moliya yoʻnalishlari boʻyicha mutaxassislar tayyorlanadi. Toshkent politexnika in-tining Namangan filiali negizida Namangan sanoat-texnologiya in-ti nomi bilan tashkil etilgan (1991). 1998-y. dan hoz. nomda. In-t kasb-hunar kollejlari uchun muhandis-pedagoglar tayyorlash boʻyicha tayanch oliy oʻquv yurti xisoblanadi. In-t tarkibida 7 f-t (mexanika, mashinasozlik, texnologiya, qurilish, informatika, iqtisodiyot, malaka oshirish), 27 kafedra, tadbirkorlik va biznes maktabi, akademik litsey, axborot texnologiyalari va masofaviy taʼlim boʻlimi, sport-sogʻlomlashtirish majmualari hamda bir qancha kasb va til oʻrgatuvchi kurslar faoliyat koʻrsatadi. In-tda bakalavriatning 17 taʼlim yoʻnalishi va magistraturaning 11 mutaxassisligi boʻyicha kadrlar tayyorlanadi.
Ensiklopediya.uz
NAMANGAN MUXANDISLIKPEDAGOGIKA INSTITUTI