Nakrutka kanallarni qanday bilsa bo’ladi? to’liq malumot oling

Nakrutka kanallarni qanday bilsa bo’ladi? to’liq malumot oling

Nakrutka kanallarni qanday bilsa bo’ladi? (Kanallarni analiz qilish)

1. Kanal obunachisiga, kanaldagi postlar prasmotrlari bilan solishtiring.

Postlar bir yoki 2-3 daqiqada qancha ko’rilyabdi?

2. Misol uchun 100.000 ta obunachisi bor kanal soat 16:00 atrofida post chiqardi. Bu post bir daqiqada 200 ta prasmotr bo’ldi, 2-3 daqiqadan so’ng esa 2000 ta prasmotr yig’di.

Bu kanal nakrutkami yoki nakrutka emasmi?

Albatta 80% dan oshiq obunachilari nakrutka hisoblanadi.

Agarda bir daqiqada o’rtacha 1.500 ta prasmotr va yana 2-3 daqiqadan so’ng 2.500 — 3.500 atrofida ko’rilsa, ushbu kanal 99% nakrutka emas.

Kanaldagi «comment» larga e’tibor bering (agarda comment lar ochiq bo’lsa)

3. Bu kanalni auditoriyasi qanchalik aktiv va qanchalik saviyali auditoriya ekanligini bildiradi.

TGStat (https://t.me/TGStat_Bot) bot orqali analiz qilish kerak, bu bot orqali qanday analiz qilsa bo’ladi va bu qanaqa bot?

4. Ushbu botdan foydalanish uchun kanalingizni yoki biror bir kanalni linkini botga yuborishingiz kerak bo’ladi va bu bot orqali kanalingizni to’liq statistikasini yoki biror bir kanalni statistikasini ko’ra olasiz.

Eng asosiysi siz analiz qiladigan kanal, qaysi kanallarda qanaqa «Рекламный пост» bilan reklama qilayotganini ham bilishingiz mumkin.

Bu bot orqali «Любой» kanalni ham analiz qila olmaysiz. Faqat ushbu botdan ro’yxatdan o’tganlarni kanallarini analiz qila olasiz!

5. Kanallarni analiz qilayotganda, bir kunda nechta reklama chiqdi va qancha obunachi qo’shildi? Shularni ham tahlil qilib boring.

Ba’zi kanallar, yangi kanal ochib bot qo’shishadi va bot bilan to’lgan kanaliga qo’yilgan reklamani saviyasiz kanal va guruhlarga forward ya’ni tarqatadilar. Shu bilan ko’rilishlar sonini ko’paytirishadi!

Nakrutka bu — soxta obunachilar ya’ni mavjud bo’lmagan odamlar (botlar)

P.s: Nakrutka kanallarda aldanib qolmaslik uchun yuqoridagi usullarni sinab ko’rishingizni maslahat beraman 🙂

Boshqa mavzular
Nakrutka kanallarni qanday bilsa bo’ladi?