Nafas qisishini davolash to’liq malumot oling
Nafas qisishini davolash
10 gr. sariq bedani suvda qaynatib, suvi asal bilan iste’mol qilinsa, nafas tangligiga davodir.
Archa mevasidan 30 gr. yanchib va elakdan o’tkazib, 15 gr. mol yog’i qo’shib eziladi va ko’pigi olingan asal bilan xamir qilib bir hafta yalab yurilsa, balg’amdan hosil bo’lgan nafas qisishiga davo bo’ladi.
2 gr. gorchisa urug’ini ezib, asal bilan iste’mol qilinsa, nafas tangligidan xalos bo’lasiz.
Har kuni 8-10 donadan chilonjiyda mevasi yeb yurilsa, nafas qisishi daf bo’ladi.
Kuniga 8-9 gr. rayhon suvini asal bilan qo’shib ichgan odam nafas tangligidan xalos bo’ladi.
Bug’doy kepagi qaynatilgan suvga shakar, asal, shirin bodom yog’i qo’shib iste’mol qilinsa, nafas tangligiga davodir.
Murch va anjir ham nafas tangligiga shifo.
Kasalliklar
Nafas qisishini davolash