MYUZIK-XOLL
MYUZIK-XOLL (ing. music-hall — musikali zal, konsert zali) — estrada teatri turi. 19-a. Angliyada London taverna (oshxona)larida yuzaga kelgan. Dastlab havaskor musiqachilar tomonidan ijro etilgan eski xalq qoʻshiklaridan tarkib topib, keyinroq M.-x. ga professional sanʼatkorlar jalb etilgan (1848-y. Ch. Morton tashkil etgan Canterburry Hall). Unda qisqa pyesa, qoʻshiq, raqslar ijro etilgan, koʻzboʻyamachi, muqallidlar tomosha koʻrsatgan. Keyinchalik Yevropa va Amerika mamlakatlarida, 1880-y. lardan faqat tomosha muassasasi sifatida keng rivoj topgan. M.-x. dasturlari turli janrlarga oid kichik tomoshalardan iborat boʻlib, musiqali-estrada konserti yoki muay-yan syujetga asoslangan musiqali estrada spektakllarini tashkil qiladi.
Ensiklopediya.uz
MYUZIK-XOLL