MYUONLAR
MYUONLAR (s,+ — mezonlar) — spini – j ga teng boʻlgan turgʻunmas elementar zarralar; yashash davri 2,2-10»6c, massasi elektron massasidan taxm. 207-marta ortiq. Musbat zaryadlangan s+ va manfiy zaryadlangan s~ M. mavjud. Ular bir-biriga nisbatan zarra va antizarra xisoblanadi. Myuonlar leptonlar sinfiga kiradi, yaʼni elektromagnit va kucheiz oʻzaro taʼsirlarda qatnashadi, kuchli oʻzaro taʼsirlarda esa qatnashmaydi. Myuonlar birinchi marta kosmik nurlarpA amerika fiziklari K. Anderson va S. Neddermeyerlar tomonidan kuzatilgan (1936).
Ensiklopediya.uz
MYUONLAR