MySQL Memcache ni ham orqada qoldirdi.
Salom. Yaqinda ayrim sabablarga ko’ra manga juda tez ishlaydigan baza kerak bo’lib qoldi. Ko’rmagan variantim qolmadi. NoSQL bazalarni ham ko’rdim. Oxir oqibat yana MySQL ga qaytib keldim. Yozmoqchi bo’lganim yangilikmasu, lekin kimlardir hali bu narsa haqida eshitmagan bo’lsa kerak.
2010 yil oktyabr oyida Yoshinori Matsunobu tomonidan MySQL ga yangi HandlerSocket nomli plugin yozilgan (manimcha) bu plugin InnoDB jadvallar bilan ishlab, sekundiga 750 mingta so’rovni amalga oshirishi mumkin ekan. Agar InnoDB jadvallari barchasi RAM ga siqqan taqdirdagina.
O’zimda sinab ko’rdim, boshqacharoq test qildim. Oddiy SQL so’rov bilan jadvalga ma’lumot qo’shdim. Sekundiga o’rtacha 200 ta to’g’ri keldi. Keyin bu pluginni ishlatib qigandim 20.000 taga to’g’ri keldi. Lekin SELECT da deyarli farq bo’lmadi. Manimcha InnoDB nastroykasini noto’g’ri qigan bo’lsam kerak.
To’liq maqola: ruscha english Source Code
Nasib qilsa ushbu pluginni qanday o’rnatish va undan foydalanish haqida ko’rsataman.
Texnologiyalar
MySQL Memcache ni ham orqada qoldirdi.