My.dtm.uz shaxsiy kabinetga kirish aniq ko’rsatmalar to’liq malumot oling
Bu yil abituriyentlar OTMlarga hujjatlarni my.dtm.uz va my.gov.uz orqali amalgam oshirilishi haqida xabar bergan edik. Mazkur maqolada my.dtm.uz orqali ro’yhatdan o’tish va shaxsiy kabinetga kirish bo’yicha so’z yuritamiz.
Buning uchun dastlab brauzer orqali my.dtm.uz saytiga o’tiladi. Siz saytga kirganingizda quyidagi oynani ko’rishingiz mumkin:
Ushbu yuqoridagi holat ko’ringandan so’ng «Ro’yhatdan o’tish tugmasini bosiladi:
Keyingi oynada ochilgan maydonlar to’ldiriladi:
Telefon raqam
Shaxsiy parol (parol tasdiqlanish uchun ikki marta kiritiladi)
Arifmetik amal
Shundan so’ng «Ro’yhatdan o’tish» tugmasi bosiladi.
Shundan so’ng telefoningizga 5 xonali kod keladi, shu kodni kiritib «Tasdiqlash tugmasini bosasiz.
keyingi oynada pasport ma’lumotlari kiritish oynasi ochiladi, abituriyentning shaxsiy identifikatsiya raqami pasport yoki ID seriyasi va raqamini kiritasiz va shaxsiy ma’lumotlaridan foydalanishga rozilik bildirilib «Saqlash» tugmasini bosasiz.
keyingi qadamda doimiy yashash manzilingizni kiritasiz va «Saqlash» tugmasini bosasiz.
keyingi oynaga tugatgan ta’lim muassasangizni to’liq yozasiz, unda muassasa turi, davlat, viloyati, muassasa, tamomlagan yili va seriyasi va raqamini kiritib «Saqlash» tugmasini bosasiz.
keyingi oynada agarda sizda chet tili milliy va xalqaro sertifikasi bor bo’lsa kiritasiz va «Saqlash» tugmasini bosasiz.
Abituriyentda boshqa turdagi imtiyozi bor bo’lsa bunda imtiyozlar bo’limi avtomatik ravishda chiqadi, agar chiqmasa imtiyoz taqdim etgan vazirlik va idoraga murojaat etish lozim.
Qabul 2021 bo’limidan siz Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun hujjatni rasmiylashtirasiz bunda agarda abituriyentda umumta’lim fanlarida milliy sertifikar bor bo’lsa, sertifikat ma’lumotlari ask etadi bunda abituriyent sertifikatdan foydalanishi yoki rad etishi mumkin.
Keyingi qadamda abituriyent test topshirish hududi, ta’lim shakli, ta’lim tili, test topshirish alifbosi belgilanadi. shundan so’ng ustivorlik sifatida davlat granti yoki davlat granti va to’lov kontrakti belgilaydi va tasdiqlaydi. Ta’lim ustuvorligi haqida batafsilroq mana bu maqolada tushuncha berganmiz.
Shundan so’ng birinchi Oliy ta’lim muassasasi va yo’nalishi tanlanadi, Shundan so’ng fanlar majmuasi bir xil bo’lgan 5 tagacha ta’lim yo’nalishi tanlash imkoniyati beriladi. Shundan so’ng ma’lumotlarni tasdiqlash uchun abituriyentning telefon raqamiga sms yuboriladi, shu kod kiritiladi va tasdiqlash tugmasi bosiladi.
Ma’lumotlar tasdiqlanganidan so’ng abituriyentning qayd varaqasi shakllanadi. Abituriyentning qayd varaqasining quyi qismida test sinovi uchun to’lovni amalga oshirish uchun invoys raqam hosil va shu invoys raqamga to’lovni amalga oshirish bilan ro’yxatdan o’tish yakunlanadi. Istalgan vaqtda my.dtm.uz saytiga o’tib telefon raqam va parol yozgan holda shaxsiy kabinetga kirish mumkin.
Talaba
My.dtm.uz shaxsiy kabinetga kirish aniq ko’rsatmalar