MUZROBSHOH XORAZMIY MAQBARASI

MUZROBSHOH XORAZMIY MAQBARASI

MUZROBSHOH XORAZMIY MAQBARASIXorazm viloyati Hazorasp tumanidagi meʼmoriy yodgorlik (16—18-a. lar). Maqbara Xorazm davlat va din arbobi Muzrobshohga atalgan. Vir xonali, peshtoq gumbazli, pishiq gʻishtdan qurilgan, bezaksiz. Maqbara tarhi 7,3×8,3 m, goʻrxona murabba tarhli 4,9×4,9 m. Peshtoqi xorazm meʼmorligiga xos uslubda — kiraverishi chuqur ravokli, ikki yon tomonlariga va te-pasiga mayda ravoqchalar ishlangan. Yuqorisi gʻishtin sharafa bilan yakunlangan.

Ensiklopediya.uz
MUZROBSHOH XORAZMIY MAQBARASI