MUZEYSHUNOSLIK
MUZEYSHUNOSLIK, muzeologiya — muzeylar tarixi, ularning ijtimoiy vazifalari, muzey ishi nazariyasi va metodikasi masalalarini oʻrganadigan fan tarmogʻi. Muzeyshunoslik tizimiga muzey ishi nazariyasi, muzey ishi tarixi (muzey tarixshunosligi b-n), muzey manbashunosli-g i , muzeylar va muzey tadqiqotlari faoliyatiga doyr barcha oʻziga xos tomonlarni oʻrganuvchi ilmiy metodika kiradi. Muzeyshunoslik muzey buyumlarini jamlash, muzeyga keluvchilarni oʻrganish jarayonida dala tadqiqotlari usullari va bevosita muntazam kuzatuv ishlari, ijtimoiy usullarni qoʻllaydi. Muzeyshunoslikning boshqa fanlar b-n xar tomonlama uzviy bogʻliqligi uning obyektiv jihatdan murakkabligini belgilaydi. Muzeyshunoslik xam ijtimoiy, xam tabiiy fanlar bilan birdek bogʻliq, ayniqsa, muzeyning mavzuiga oid fanlar va yordamchi fan sohalari (tarix, arxeologiya, geologiya, etnografiya, adabiyotshunoslik, zoologiya, sanʼatshunoslik va b.) bilan umumiy tomonlari koʻp. Muzeyshunoslikda muzeylarning tabiat va jamiyatni oʻrganish b-n uzviy bogʻliq boʻlgan manbalarni jamlash, muzey buyumlarini ilmiy hujjatlashtirish, oʻrganish va saqlash, ekspozitsiya va koʻrgazmalar tashkil etish, ilmiymaʼrifiy, gʻoyaviytarbiyaviy faoliyati va b. da namoyon boʻladigan ijtimoiy vazifalari ustida tadqiqotlar olib boradi. Muzeylarni toʻldirish, yodgorliklarni hisobga olish, saklash va restavratsiya qilishning ilmiy tamoyillari ishlab chiqiladi.
Ensiklopediya.uz
MUZEYSHUNOSLIK