MUZ

MUZ

MUZ — qattiq holatdagi suv. M. asli shaffof, rangsiz, faqat katta xajmdagisi moviyroq rangda. Qor va qirov ham aslida Muzdan iborat. Erish t-rasi — 0°. M. ning 0°dagi zichligi 0,9168 g/sm3, yaʼni suvnikidan kamroq, shuning uchun suvda choʻkmaydi. Muzning molekulyar tuzilishi boʻshliqlarni vujudga keltiradi va shu tufayli uning zichligi kam. 0° dagi Muzning erish issikligi 79,4 kal/g, sublimatsiya issikligi (qattiq holatdan toʻgʻridan-toʻgʻri bugʻga aylanishi) 677 kal/g, issiklik sigʻimi 0,487 kal/g. Toza Muz elektr oʻtkazmaydi. Muz plastik massa, t-ra pasaygan sari pla-stikligi kamayadi. Yuqori bosim taʼsirida (2000 atm dan boshlab) Muzning yangi krisgalli xillari vujudga keladi. Tabiatdagi Muz suvga nisbatan ancha toza boʻladi, chunki Muzda moddalar (1MN4Gʻdan tashqari) juda yomon eriydi. Muz tarkibida mexanik aralashmalar — qattiq zarralar, konsentratsiyalashgan eritmalarning tomchilari, gaz pu-fakchalari boʻlishi mumkin. Tuz kristallchalari va namakob tomchilari tufayli dengiz muzi shoʻrroq boʻladi. Yer sharida Muzning umumiy zaxirasi 30 mln. km3 chamasida. Quyosh sistemasidagi sayyoralar va kometalarda ham Muz borligi toʻgʻrisida maʼlumotlar mavjud. Yer sharidagi Muzning aksari qismi qutbiy oʻlkalarda, asosan, Antarktidada toʻplangan (bu yerda Muzning qalinligi 4 km ga yetadi). Oʻrta Osiyo togʻlarining dengiz sathidan 3000 m dan baland joylarida muzliklar bor. Tekisliklarda esa qish sovuq kelgan paytlarda daryo va b. suv havzalarida paydo boʻladi. Ana shunday paytlarda, mas, Sirdaryo quyilish joyidan boshlab 2000 km masofada Muz b-n qoplanadi.

Ensiklopediya.uz
MUZ