MUXTOROV Dilshod Tohirovich

MUXTOROV Dilshod Tohirovich

MUXTOROV Dilshod Tohirovich (1975.4.1, Toshkent) — mergan, xalqaro mikyosdagi sport ustasi (1997). «Oʻzbekiston iftixori» (2001). Atlanta (AQSH)da boʻlib oʻtgan jaxrn kubogi musobaqasida (2001) kichik kalibrli toʻpponcha (MP)dan 50 m masofada oʻq uzishda oltin medalni qoʻlga kiritdi. M. OʻzMU ning amaliy mat. fakultetini tugatgan (1997). Oʻzbekiston FA «Kibernetika» ilmiy i. ch. birlashmasi in-tining ilmiy xodimi (1997-y. dan). M. Oʻzbekistonning koʻp karra chempioni (1990—92, 1994, 1997, 1999-2002), Markaziy Osiyo oʻyinlari (1995, 1999) gʻolibi, Osiyo oʻyinlari (1998, Bangkok) kumush medali sovrindori. Bundan tashqari, bir necha xalqaro turnirlarda (1991, Lvov, 1-oʻrin; 1991, Minsk, 2-oʻrin; 1999, Atlanta, 2-urin), Olimpiada musobaqalarida (2000, Sidney, 5-oʻrin) muvaffaqiyatga erishgan.

Ensiklopediya.uz
MUXTOROV Dilshod Tohirovich