MUXOLAFAT

MUXOLAFAT

MUXOLAFAT, muxolifat (arab. — teskarilashish, kelishmovchilik) — rasmiy hukumat, uning siyosati bilan kelishmay boshqacha siyosiy yoʻl tutib, faoliyat yuritish. Muxolafatning mavjudligi fuqarolik jamiyatining siyosiy madaniyatini belgilab beruvchi muhim xususiyathisoblanadi. Muxolafat boʻlishning asosiy talablari quyidagilardir: hokimiyatni boshqarish, tashkil etish boʻyicha oʻz dasturiga, oʻz «komanda»siga, oʻz faoli-yatining gʻoyaviy, mafkuraviy asosiga ega boʻlish; amaldagi huquqiy normalar asosida faoliyat olib borish; oʻz da-sturini mafkuraviy yoʻllar bilan keng jamoatchilikka yetkazish; oʻz elektorati (saylovchilar doirasi)ga ega boʻlish, ular manfaatini kuzlab qonun doirasida kurashish; hal qilinishi kerak boʻlgan vazifalarni yechish uchun alternativ (muqobil) yoʻllarni taklif etib, uning toʻgʻriligini amalda isbotlashga harakat qilish.

Ensiklopediya.uz
MUXOLAFAT