Muvaffaqiyatli startap yaratish uchun 3 qadam

Muvaffaqiyatli startap yaratish uchun 3 qadam

Muvaffaqiyatli startap yaratish uchun 3 qadam

Startap — bu tekshirib ko’rish kerak bo’lgan gipotezalar. Sizning bo’lajak biznesingizni tavsiflab beruvchi uchta asosiy gipotezani ajratish mumkin:

  • Nimadan pul ishlab topishni istayman?
  • Qanday mahsulot chiqarishni istayman?
  • U kimga va nima uchun kerak?

Muvaffaqiyat siri shundaki, ushbu ro’yxatni oxiridan boshlab o’qish kerak. Tadbirkor avval «velosiped»ni ixtiro qilib va ishlab chiqarib, so’ng uni kimga sotishni o’ylashi juda g’alati bo’ladi.

Birinchi qadam — o’z iste’molchisini topish

Mahsulot muvaffaqiyatining bosh garovi — uning talabgirligi. Mahsulotingiz iste’molchi uchun foydali bo’lishi, uning muammo va vazifalarini hal qilishi kerak. «Zo’r narsani amalga oshirishni xohlardim», degan gapni unuting va real kishilardagi muammolarni qidirishga e’tibor qarating.

Ikkinchi qadam — mahsulot konsepsiyasini yaratish

Mahsulot konsepsiyasi ham iste’molchilar muammolarini qay yo’sinda yechishingiz mumkinligi haqidagi gipotezadir. Bu yerda dunyoni yaxshi tomonga o’zgartira olishga qodir g’oyalar tug’iladi. Biroq g’oyalar gipotezasi omadsizlikka uchramasligi uchun uchinchi qadamni amalga oshirish kerak.

Uchinchi qadam — potensial mijozlarga MVP’ni sotish

Avvalgi maqolalarda MVP — minimal ishchi mahsulot haqida ma’lumot berganmiz. Bu bosqichda iste’molchidan quyidagi axborotni olish muhimdir:

  • Taklif etilayotgan yechim haqiqatan ham muammolarni hal qiladimi?
  • U raqobatchilardan nimasi bilan ustun yoki kam?
  • Ushbu yechim yangi qo’shimcha muammolarni keltirib chiqaradimi?
  • Iste’molchilar yechim uchun pul to’lashga tayyormi va qancha?

Ushbu uchta qadam bajarilgach, g’oya bozor tekshiruvidan o’tdi, deb hisoblash mumkin. Ingliz tilida ushbu jarayon Customer Development deb ataladi.

Maqolani tayyorlashda quyidagi manbadan foydalanildi: http://wallride.ru/

Loyiha «Daryo» va StartupFactory.uz tomonidan ishga tushirilgan.

Manba:

Startup
Muvaffaqiyatli startap yaratish uchun 3 qadam