Muvaffaqiyatli kishilardan 10 maslahat to’liq malumot oling

Muvaffaqiyatli kishilardan 10 maslahat to’liq malumot oling

G‘arbda psixologiyaning shaxsiy tarbiya, vaqtni rejalashtirish, o‘zini-o‘zi ruhlantirish kabi yo‘nalishlari alohida fan darajasiga ko‘tarilgan, deyish mumkin. Bu mavzularda yozilgan asarlar tezda qo‘lma-qo‘l bo‘ladi. Bu bejiz emas. Bunday kitoblar kishilarga hayotda o‘z o‘rnini topish, muvaffaqiyatga erishishda haqiqatan ham yordam bergan. Quyida ushbu sohaning taniqli muallifi Jon Maksvellning “Muvaffaqiyatli kishilar qanday fikrlaydi?” kitobidan eng yaxshi maslahatlarni e’tiboringizga havola etmoqchimiz.
Mundarija скрыть

muvaffaqiyatli kishilardan 10 maslahat 1

Fikrlash sportga o‘xshaydi. Yanada yaxshiroq bo‘lish uchun mashq qilish kerak.

“Fikrlash grafigi”ni tuzing. Haftada, oyda va kunda ma’lum vaqtni o‘ylashga ajrating.

Nimaga e’tibor qaratish zarurligini aniqlang va 80/20 qoidasi bo‘yicha harakat qiling.

80 foiz g‘ayratingizni 20 foiz harakatingizgagina sarflang. Shunda asosiy ishni kam vaqt oralig‘ida bajara olasiz. Yodingizda tursin, siz har joyda hoziru nozir bo‘lolmaysiz, har narsani bilib, har narsaga ulgura olmaysiz. Bir paytda ko‘p vazifa bilan shug‘ullanmang. Fikr tarqoqligi, harakatlardagi tartibsizlik sizdagi 40 foiz energiyani olib qo‘yadi.

Nimadir o‘ylab topish bilan ish bitmaydi, uni hayotga tatbiq etish ham zarur.

G‘oyalarning yaroqlilik muddati juda qisqa. Ana shu muddat tugaguncha “otni qamchilagan” kishi yutadi.

Aqlli odamlar boshqa aqlli odamlar bilan hamkorlik qiladi.

O‘zaro kengashib qilingan ishning natijasi yaxshiroq bo‘lishi amalda ko‘p isbotlangan. Bu qalin o‘rmonda eng yaqin yo‘lni topishga o‘xshaydi.

Boshqacha fikrlash uchun boshqacha yashash kerak.

Hatto, ishga ham bir xil yo‘ldan kelavermang. Boshqa-boshqa yo‘nalishlar toping. Yangi odamlar bilan tanishing, yangi kitoblar o‘qing. Chunki, yangi g‘oyalar yashash tarzi bilan chambarchas bog‘liq.

Sizda harakatlar rejasi bo‘lishi kerak.

Ko‘pchilik ish kuni uchun reja tuzadi. Aqlli kishilar hafta, oy va uzoq muddatga mo‘ljallangan rejalarga ega bo‘ladi va ularga og‘ishmay amal qiladi.

O‘z hayotini tahlil etish aniq va asosli qarorlar qabul qilishga yordam beradi.

Agar o‘y-fikr, hissiyot va harakatlaringiz haqida kerakli xulosalar chiqara olmasangiz, ommadan ko‘p bora ortda qolasiz.

Inkor ma’nosida so‘zlamang.

“Men bajara olaman”, “qo‘limdan keladi” singari qat’iy xulosalar muvaffaqiyatga yetaklaydi.

Ijodkor kishilar o‘zlarini g‘oyalariga bag‘ishlaydilar.

Ular muvaffaqiyatsizlikdan cho‘chimaydi, yangi marralar sari olg‘a intiladi.

Ijobiy fikrlashda gap ko‘p.

Yana o‘qing:  “A’lo kayfiyat” salati

Bunday fikrlaydigan kishilar qiyinchilikda ham imkoniyat ko‘radi. Shu sababli ularga ko‘proq ishonishadi.

Orifjon Madvaliyev tayyorladi.

soglom.uz/tavsiya/muvaffaqiyatli-kishilardan-10-maslahat/

Psixologiya
Muvaffaqiyatli kishilardan 10 maslahat