Mutaxassis «omicron»ni boshqa shtammlardan qanday farqlash mumkinligini aytdi
Koronavirusning «omicron» shtammini boshqa ko`rinishlardan ko`krak qafasida og`riq bo`lmasligi bilan farqlash mumkin. Bu haqda rossiyalik iimunolog Vladimir Bolibok «Moskva 24″ga bergan intervyusidagi aytdi.
«Omicron» ham pnevmoniyaga sabab bo`lishi mumkin. Odamlar zararlanish katta bo`lganda kasallik qurboni bo`ladi. Ammo bu shtammda ko`krak qafasida og`riq kamdan-kam kuzatiladi», — deydi Bolibok.
Uning so`zlariga ko`ra, tomoqning kuchli og`rishi, burun bitishi va quruq yo`tal ham «omicron» belgilaridir. Ko`pincha bu alomatlar yuqori harorat, holsizlik va bosh og`rig`i bilan birga kuzatiladi.
Hid bilmaslik koronavirusning barcha shtammlariga xos alomat, ammo «omicron» shammida u tuzalishga yaqin paydo bo`ladi.
Salomatlik, Salomatlik sirlari, Salomatlik sirlari, Xirurgiya
Mutaxassis «omicron»ni boshqa shtammlardan qanday farqlash mumkinligini aytdi