Mustaqillik kuniga tadbir ssenariy to’liq malumot oling

Mustaqillik kuniga tadbir ssenariy to’liq malumot oling

Mustaqillik kuniga tadbir ssenariy
Mundarija скрыть

Sahnaga kirish yolaklari bezatilgan, karnay surnay, doira shox sadolari mehmonlarni bayramga chorlab turibdi. Manaviyat maydoni bayramona bezatilgan. Ozbekiston Respublikasi bayrogi maydon torida hilpirab turibdi. Sahna markaziga ornatilgan sozana, Ozbekiston gerbi etiborni tortadi. Sahnaga boshlovchilar musiqa sadolari ostida chiqib kelishadi.

1-boshlovchi:Assalomu alaykum,aziz va mehribon ustozlar-u,hurmatli ota-onalar!

2-boshlovchi:Assalomu alaykum,shox-shodon bolajonlar

1-boshlovchi:Xush kelibsiz,mehmonlar,assalom sizga

Tabarruk insonlar ming tazim sizga

Qollarim koksimda dildan ehtirom

Motabar murabbiy,sizga ming salom

2-boshlovchi:Assalom,mustaqil Ozbekistonim!

Assalom,qudratli,nurli bostonim

Erk va ozodlik muborak bolsin!

Bizdek farzandlaring doim bor bolsin!

Quyoshdek shula sochgan,

    Bilimga keng yol ochgan,

    Bizni erkalab quchgan

Hamma:  Sizgadir ushbu kalom

                 Muallimlar assalom!

       Kunday yorug darsxona

       Biz farzandmiz, siz ona

       Bolib bizga parvona

Hamma:   Dilda ardoqli kalom

                 Ona maktab assalom!

      Tanitib yurt, jahonga,

      Erk bergan har insonga

      Qaytdik dinu iymonga

Hamma:   Dilda ardoqli kalom

                  Mustaqil yurt assalom!

(Ozbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi yangraydi.Barcha qatnashchilar ornilaridan turib jorlikda,qollari koksilarida madhiyani ijro etadilar)

Madhiya tugagandan song joshqin musiqa sadolari ostida qorongulik qaridan bir qiz xumo qushi bolib uchib chiqadi.Uning ortidan:

Xumo qushi keldi,xumo qushi keldideb shovqin-suron bilan bir top ogil-qizlar kirib kelishadi.

Xumo qushi sahna ortasida toxtaydi.Bolalar yoy shaklida sahnada tizilib turadilar.

Xumo qushi:Qadrli bolalr Mustaqil Ozbekistonning baxtli farzandlari!Hurmatli tadbir ishtirokchilari!Hammalaringizni eng ulug va eng aziz bayramimiz-Mustaqilligimizning 29 yilligi bilan tabriklayman.

Mexroj:Xalqim,yurtim,boshingda humo

Uni asra,uchib ketmasin

Qora kuchlar border doimo

Toleingni zabun etmasin

Vatan,odimlaring qut-rivoj bolsin

Istiqloling asra,boshda toj bolsin!

    1-boshlovchi:Bugun Mustaqilligimizning 29 yillik bayramini nishonlash uchun yigilganmiz. Bu bayramni tinch totuv yashayotgan xalqimiz zor xursandchilik bilan kutib olyapti.

2 boshlovchi: — « Mustaqillik muborak jannatmakon diyorim» deb nomlangan tadbirimizga xush kelibsiz!

1 boshlovchi: — Bolalar, Vatan deganda nimani tushunasiz?

1 oquvchi:   — Vatan bu kindik qonimiz tokilgan tuproq

 2 oquvchi:   — Vatan bu beshigimiz, kochamiz, uyimiz, turar joyimiz!

3 oquvchi: — Vatan bu muqaddas Ona tilimiz!

4 oquvchi: — Vatan bu buyuk millatimiz

5 oquvchi   — Vatan bu maktabimiz!

6 oquvchi:  — Vatan bu ona tabiat inom etgan barcha boyliklar va nozu nematlar!

2 boshlovchi: — Mustaqillik deganda nimani tushunasiz?

7 oquvchi: —  Mustaqillik  — oz erkiga ega bolish, Vatan ozimizniki deganidir.

1 boshlovchi: — Mustaqillik bizga nima berdi?

 8 oquvchi:  — Mustaqillik tufayli manaviy qadriyatlarimiz tiklandi

9 oquvchi: — Millatimizning ozligini, milliy gururini himoya qilgan Fayzulla Xojayev, Abdulla Qodiriy, Cholpon, Fitrat, Usmon Nosirlar xalqimizga qaytdi.

10 oquvchi: — Dinimiz, Quroni Karim, Hadisi Sharif kabi manaviy boyliklarimiz, Navroz, Hayit bayramlarimiz, udumlarimiz, qadriyatlarimiz yana xalqimizga qaytdi.

Boshlovchilar:Mustaqillik bu nimadur?

— Mustaqillik bu xurriyat

  Bu ozodlik demakdir.

Boshlovchilar:Mustaqillik bu nimadur?

— Bu elu yurt osoyishi,

  Bu obodlik demakdur.

Boshlovchilar:Mustaqillik bu nimadur?

— Mustaqillik eng ulugu

  Eng aziz baxtdir bizga.

Boshlovchilar:Mustaqillik bu nimadur?

— Shan shavkati bolsin baland,

  Bu abadlik demakdur.

         Bayroq kirib keladi:Assalomu alaykum aziz bolajonlar. Men davlatimizning muqaddas bayrogi bolaman.Men 1991-yil 18-noyabrda qabul qilindim.

Sher:Havo rang,oq va yashil,

Bordir qizil belbogi

Shuning uchun chiroyli,

Ozbekiston bayrogi

Tamga kirib keladi:Assalomu alaykum aziz bolajonlar.Men davlatimizning muqaddas gerbi bolaman. Men 1992-yil 2-iyulda qabul qilindim.

Sher:Ong tomoni paxtazor,

Sol tomoni bugdoyzor

Boglari bor,toglari bor,

Ortasida xumo qush

Konstitutsiya kitobi kirib keladi. Assalomu alaykum aziz bolajonlar.Men davlatimizning qomusi bolaman.Men 1992-yil 8-dekabrda qabul qilindim

Sher: Baxtimiz qomusi erur bu xujjat,

            Unda mujassamdir haq-huquqimiz.

            Huquqni bilaylik,  lekin avvalo,

            Unutmaylik fuqarolik burchimiz.

2-boshlovchi:Bugun ozbek xalqining asrlar osha orzusi bolib kelgan Mustaqillik kuni arafasida yigildik. Mana, salkam  29 yildirki, xalqimiz hur, ozod, erkin diyorda yashash zavqini surmoqda. Ushbu ulug ayyom bilan tabriklash uchun gozal tariximiz sahifalaridan ardoqli va buyuk siymolar ham tashrif buyurishgan.

1-boshlovchi:Marhamat,kutib oling

Amir Temur:Bolalarim, men har mamlakatda adolat eshigini ochdim, har mamlakatning yaxshi kishilariga ezguliklar qildim. Nafsi yomon, axloqsiz odamlarni mamlakat sarhadlaridan quvib chiqardim. Ogillarim millatning ulug martabasini, oliy saodatini saqlamoq  uchun adolat va ozodlik muqaddas dasturingiz bolsin

Alisher Navoiy:Shohu toju hilqatiy kim

Men tamosho qilgali

Ozbegim boshida qalpoq

Yani, men doppili ozbegimga xuddi toj kiyib zarrin libosga oralgan shohga qaragandek quvonib tikilaman.

Alpomish va Barchinoy

Barchinoy:

Ozbek elining ogloni,

Alpomish avlodlari,

Tazim aylay sizlarga,

Bahodirlar sultoni.

Alpomish:

Ozbek qizi Barchinoy,

Gozalligi hilol-oy.

Birga qoshiq kuylaylik,

Yurtim ohanglarga boy.

1-Boshlovchi: Marhamat mehmonlar, bu yerga otiringlar.

2-Boshlovchi: Bolajonlar (bolalar sahnaga yugurib chiqadilar)

1-Boshlovchi: Bu bayram ajoyibotlarga boy sehrlidir

Bolalar: Uning sehri nimada?

1-Boshlovchi: Bu bayramda ijodini namoyon etgan har bir bolajon oz orzusiga yetar ekan. Bolajonlar, sizning ham orzuyingiz bormi?

Bolalar: Albatta

1-Qiz:

Men-chi men katta bolsam,

Mohir chevar bolaman.

Ozbegimning doppisini

Qoyil qilib tikaman.

2- Bola:

Sport bilan dostlashib

Kuch quvvatga tolaman

Kelajakda men jahon

Chempioni bolaman

3- Qiz:

Raqs mening jon-u dilim,

Oynab katta bolaman

Mukarrama, Tamaraxon

Avlodlari bolaman

 

17-oquvchi: Zaminimning chiroyi hur O‘zbekiston,

Quyoshli yurtimning boglari boston.

Chiroyi goyoki rangin kamalak,

Vatanim, 29 yoshing muborak!

18-oquvchi: Buyuk bobolardan qolgan merossan,

Yuragim ardogi jarangli sozsan.

Madhingni tinglasin, osmonu falak,

Vatanim, 29 yoshing muborak!

Mustaqillik abadiy bolsin!

19-oquvchi: Ozbekiston baxtidan kulsin,

Yurtim doim quvonchga tolsin,

Ona xalqim istagi shudir,

Mustaqillik abadiy bolsin!

20-oquvchi: Bunga yetmoq oson bolmadi,

Yorug kunlar armon bolmadi,

Zimdan turib kimlar kulmadi,

Mustaqillik abadiy bolsin!

21-oquvchi: Millat uchun, shu tuproq uchun,

Butun dunyo bizlarni bilsin,

Bilsin yana ozbekning kuchin

Mustaqillik abadiy bolsin!

22-oquvchi: Poyijannat onamsiz bizni,

Ayamangiz duoyingizni,

Ota, oching qollaringizni,

Mustaqillik abadiy bolsin!

23-oquvchi: Oh, bekafan ketganlar haqqi,

Rohat topmay otganlar haqqi,

Eng zor bolsin shu ozbek xalqi,

Mustaqillik abadiy bolsin!

Ozbekiston muqaddas zamin!

24-oquvchi: Yashang dostlar sezib baxt tamin,

Unutingiz kongilning gamin,

Baland tuting yurtning bayrogin,

Ozbekiston muqaddas zamin!

25-oquvchi: Vatan sozin anglar bu millat,

Dunyo gamin tinglar bu millat.

Sozi baland yangrar bu millat,

Ozbekiston muqaddas zamin!

26-oquvchi: Suvi oltin, tuprogi oltin,

Qiyosi yoq mehribon xalqin,

Koring bugun ozbekning baxtin,

Ozbekiston muqaddas zamin!

27-oquvchi: Sozlarimni tinglang dostlarim,

Vatan buyuk bilganim manim,

O‘zbek yana ko‘tardi qadrin,

O‘zbekiston muqaddas zamin!

28-o‘quvchi: Shunday ekan nega kuylamay,

Kelajagin nega o‘ylamay,

Dovrug‘ini dunyoga yoyay,

O‘zbekiston muqaddas zamin!

1-у Почему мой край так дорог мне?

На вопрос известный я ответил:

Разных стран немало на земле

Родина у всех одна на свете.

2-у На свете много разных стран-

Одна другой милей и краше

А я влюблен в Узбекистан

И в солнце пламенное наше.

2-В С праздником, моя Отчизна,

Мой родной Узбекистан.

Ты сияешь светом жизни,

Расцветай любимый край!

 

Qasamyod:

1.O’zbekistonimiz mustaqilligini mustahkamlab  erkin va yorug’ kelajak uchun doimo olg’a yurishga

2.O`quvchi:O`zimizni tomchi va tomchi, zarrama-zarra, buyuk maqsadlar sari charchamay toliqmay safarbar etib borishga,

O`quvchi:ona yurtimizga, milliy istiqlol g`oyalariga sadoqatli bo`lishga, 4.Ajdodlarimizga munosib  vorislar  bo’lishga

5.O`quvchi:har kuni , har soatda fidoyi bo`lishga

Qasamyod qilamiz, Qasamyod qilamiz, Qasamyod qilamiz!                                                                                                                   1-boshlovchi;  Bu  aziz vatan barchamizniki. Uning baxt saodati ,yorug istiqboli ,farovon kelajagiuchun yashash, kurashish, kerak bolsa, jonni fido qilish  shu muqaddas                                                                                                        

zaminda yashayotgan har bir inson uchun baxtdir.

2-boshlovchi-Toki,yurtimiz go zal, fayzli, erkin va adolatli yurt bolsin. Toki bizdan elga foydali yodgor liklar qolsin, bog-roglarimiz qolsin, qalbni poklaydigan ibratli sozlar qolsin. Toki bizdan olis avlodlarga ozod va obod Vatan qolsin. 

 

11-oquvchi: Gulboston, nur oragan maskan,

Turkiston, gul oralgan gulshan,

Mustaqilsan, ey ona tuproq,

Betakrorsan,muqaddas Vatan!

12-oquvchi: Alpomishning oltin beshigi,

Barchinoyning yangrar qoshigi,

Senga ochiq dunyo eshigi,

 Betakrorsan,muqaddas Vatan!

13-oquvchi: Temurday zot tugilgan diyor,

Navoiyni qilolding oshkor,

Buxoriyning ochmas yodi bor,

Betakrorsan,muqaddas Vatan!

14-oquvchi: Otam kabi navqironsan sen,

Onam kabi mehribonsan sen,

Olam kabi charogonsan sen,

Betakrorsan,muqaddas Vatan!

15-oquvchi: Vatan desan yongay yuragim,

Sen orzumsan, sensan tilagim,

Baxtim kabi ozing keragim,

Betakrorsan,muqaddas Vatan!

16-oquvchi: Bolang nechun yonadi bugun,

Yolgonlardan tonadi bugun,

Kelajakning chin baxti uchun,

Betakrorsan,muqaddas Vatan!

 

   1-boshlovchi: Muhtaram mehmonlar, hurmatli ustozlar, aziz oquvchilar!

Mana shu munavvar kunda barchangizni yana bir bor  Mustaqillik bayrami bilan chin qalbdan muborakbod etamiz.

  2-boshlovchi:Barchangizga sihat-salomatlik, baxt va omad, oqishlaringizda zafarlar tilab qolamiz.

 1-boshlovchi:  Vatanimizni, xalqimizni, siz aziz bolajonlarni Yaratganning ozi yomon kozlardan, yomon niyatlardan asrasin.

  2-boshlovchi:Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bolsin!  Mustaqilligimiz abadiy bolsin!        

 

 

Samarqand viloyati Jomboy tumani 18-umumtalim maktabi boshlangich sinf oqituvchisi Baxramova Nilufar.

Darsliklar
Mustaqillik kuniga tadbir ssenariy