Mustaqillik haqida sher eng sara sherlar to‘plami to’liq malumot oling

Mustaqillik haqida sher eng sara sherlar to‘plami to’liq malumot oling

Mustaqillik haqida sherlar to’plami — Mustaqillik yillarida ko‘hna tariximiz, boy merosimiz, milliy davlatchiligimiz, muqaddas dinimiz, urf-odat va an’analarimiz qayta tiklandi. Bugungi kunda mehr-oqibat, bag‘rikenglik, hamjihatlik kabi olijanob fazilatlar, milliy va umumbashariy qadriyatlarga hurmat, Vatan taqdiri va kelajagiga daxldorlik tuyg‘usi yuragimizning tub-tubidan o‘rin oldi.

Mustaqillik muborak

Madh etgancha sho’x ovozing
Qadamlarni dadil bosing,
Parvoz uzra, qanot yozing.
Yoshlardur buyuk kelajak,
mustaqillik kun muborak.

O’zbek eli o’ziga bek,
Yaxshi yomon kunlar ko’rdik.
Baxt ostonasiga keldik
Bugungi kun eltar ko’prik,
Mustaqillik kun muborak.

Mustaqillik yog‘dusi

Jannatdir dala-tuzi,
Chempion o‘g‘il-qizi,
Tarixda cho‘ng ildizi –
O‘zbekiston qomusi.

Madhiyasi, bayrog‘i,
Humosi ko‘z qarog‘i,
Har xonadon charog‘i –
O‘zbekiston qomusi.

Himmati baland o‘zing,
Baxti bahramand o‘zing,
Ahli arjumand o‘zing –
O‘zbekiston qomusi.

Tomirimda rishtamsan,
Vatandek farishtamsan,
Olloh bergan ishqdansan,
O‘zbekiston qomusi!

Sevaman Vatan

Chora axtarmasman o‘zimga chetdan,
Istiqloling murod-maqsadga yetgan,
Har bir nafasimga hayot baxsh etgan
Tirik dardlaringni sevaman, Vatan!

Mustaqil O‘zbekiston!

Sportchimiz, bardammiz,
O‘oliblarga hamdammiz.
Sohibqiron avlodi –
Har ishda peshqadammiz.

Musaffo osmonimiz,
Hur Vatan posbonimiz.
Doim gullab-yashnasin
Shu aziz bo‘stonimiz.

Ogohlik shiorimiz,
Hushyorlik qarorimiz.
Mangu barhayot bo‘lsin
Hur ona-diyorimiz!

O‘zbek elim

Mustaqil Vatanim O’zbekistonim

Har bir qarich yeri jannatlarga teng,
Buxoro Samarqand Xivasin ko’ring,
Quyoshi porlaydi tinchdir osmonim,
Mustaqil Vatanim O’zbekistonim.

Zamonlarga boqing bugun tengdoshim,
Boshqadan kam qilmas bizni yurtboshim,
Yaxshi-yomon kunda Vatandir panoh,
Bu yurtni qo’llaydi yaratgan Alloh.

Birlashib shu elning ertasi uchun,
Yurakda porlasin o’chmas bir uchqun,
Dilda bo’lsin abad yolg’iz so’zimiz,
Axir biz buyuk yurt farzandlarimiz.

Shukrona ayt

Kin, g‘arazlar qalbni aylar nochor, yupun,
Iymoningni iblislardan asra butun,
Muqaddas yurt kelajagin ko‘rmoq uchun,
Shoshil, do‘stim, shukrona ayt, shukrona ayt!

Bolam deya, yurtim deya kuygan bu el,
Danagidan mag‘zin ustun qo‘ygan bu el,
Millatini, o‘zligini suygan bu el,
Shoshil, do‘stim, shukrona ayt, shukrona ayt!

Osmonimiz o‘rtanmasin dard alamda,
Ona Yerni suydim, jon bor to tanamda,
Bundan ortiq ne kerakdir? Har qadamda,
Shoshil, do‘stim, shukrona ayt, shukrona ayt!

Vatan — bu…

Aslida Vatan bu —
Tug‘ilgan joyim,
Birinchi qadamim
Yetgan qo‘rg‘onim.

Vatan — Miraziz A’zam

Tuprog’ing ko’zimga suray

Bir hovuch tuprog’ing tillolarga teng,
Tog’dagi bir lolang samolarga teng,
Bir qarich yering ham dunyolarga teng,
Quchog’ingda sherdek yashayman vatan.

Yurtim tog’laring ham viqorli seni,
Hatto tikonlaring ham iforli seni,
Doim olg’a boshlar qadaming shaxtam,
Quchog’ingda sherdek yashayman vatan.

Jannatning o’zidir sening makoning,
Sen uchun jonini berar o’g’loning,
Doim musaffodir tinchdir osmoning,
Quchog’ingda sherdek yashayman vatan.

Har bir bosgan izing tarixda qolar,
Mening bor bisotim faqat o’zingsan,
Butun dunyo bizga lol bo’lib qolar,
Quchog’ingda sherdek yashayman vatan.

Bir qadam bag’ringdan yiroq ketmayman,
Sendan ketgan kunim gado bo’lgayman,
Tuprog’ing ko’zimga surtib yashayman,
Quchog’ingda sherdek yashayman.

Vatan haqida qisqa sherlar

* * *

Vatan deya she’r bitdim sig’mading satrlarga,
Barchasin yozmoqqa qodir qalam qoldiku ojiz.
Ona yurtim bu aslo emasdur bejiz,
Hayotim rangsiz-u, o’zim esa g’aribman sensiz.

* * *

Bag’ringdagi buloqdan suv ichdim qonib,
«Vatan» deya kuyladim, yurakdan yonib,
Sotqin farzanding tosh otganda, so’zidan tonib,
Himoya qilgayman, qo’limga qalqonim olib.

* * *

Yugurdim qirlaring, tog’laring uzra,
Tuprog’ing olib, surtdim ko’zimga.
«O’zbekiston» so’zin muxr qilib ko’ksimga,
Shukrona aytarman, shu yurtda tug’ilganimga.

* * *

Vatan so’zin ulug’lab, g’azal bitdi Alisher,
Bobur Mirzo Andijonsiz qoldiku g’arib,
Sendan olisda g’amlari ketmadi arib,
Faxrimsan Vatanim, yurgayman kaftimda tutib.

* * *

Vatan so’zin jaranglatib, yozdim qonimga,
Yo’q — yo’q, qonimga emas, jismu jonimga.
Shukrona aytib yasharman, har bir o’tgan onimga,
Sharafshon bo’lsin Vatanim, ISTIQLOLINGGA.

Mustaqillik haqida qisqa sherlar

O‘z yurting – yer, samosi.
Shahri gulshan ma’vosi.
Tongda esgan sabosi,
Tog‘i, bog‘i, daryosi
Endi o‘z molu mulkining,
O‘z qo‘lingda o‘z erkining.

* * *

Yurting nurga belanib,
Ko‘rinmaydir ko‘zinga,
Barcha oltin-gavxaring,
Buyursin-a o‘zinga.

* * *

Endi o‘zingga bog‘liq,
Ne ekib ne o‘rmog‘ing.
Olqishlar seni borliq,
Zarur erur bilmog‘ing.

* * *

G‘ururing solib dilga,
Tezroq ulg‘ay top kamol.
Erka farzandsan elga
Senikidir istiqlol.

Sherlar
Mustaqillik haqida sher eng sara sherlar to‘plami