MUSTAQILLIK DEKLARATSIYASI

MUSTAQILLIK DEKLARATSIYASI

MUSTAQILLIK DEKLARATSIYASI (1776-y. 4-iyul) — Shim. Amerikadagi mustaqillik uchun urush davrida (1775—83) ingliz mustamlakalari vakillarining 2-Kontinental kongressi qabul qilgan. Mustaqillik deklaratsiyasi T. Jeffersonning respublika va demokratiya ruhi bilan tuzilgan loyihasiga asoslangan. Mustaqillik deklaratsiyasi mustamlakalarning metropoliyadan ajralganligini va yangi mustaqil davlatAmerika Qoʻshma Shtatlari barpo etilganligini, shuningdek, xalq erkinligini, barcha kishilarning qonun oldida tengligini eʼlon qildi. Mustaqillik deklaratsiyasi katta tarixiy axamiyatga ega boʻlgan.

Ensiklopediya.uz
MUSTAQILLIK DEKLARATSIYASI