Mustaqillik darsi (ustozlar uchun) haqida to’liq ma’lumot oling
Mavzu: « Jonajon O’zbekistonim, mangu bo’l omon!!»
.
Darsning maqsadi:
Ta’limiy maqsad: o`quvchilarga mustaqillik bayrami va uning mazmun mohiyatiga oid bilimlar berish.
Tarbiyaviy maqsad: Yosh avlod qalbida vatanparvarlik tuyg`ularini o`stirish. Yoshlarning kelajakda ruhan pok, irodasi baquvvat, vijdoni uyg`oqbo`lishini ta’minlash, qalbida insoniy fazilatlarni shakllantirish.
Rivojlantiruvchi ta’lim: O`quvchilarni mustaqillik, erk va vatanparvarlik haqidagi dunyoharashlarini o`stirish.
Tayanchkompetensiyaelementlari:
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:televizor, radiyo,telefon orqali berilgan xabarlarni gapirib bera olish.
O’z-o’zini rivojlantirish kompetensiyasi:kattalarni hurmat qilish, ularning nasihatiga amal qilish, jamoat joylarga o’zini tuta bilish.
Milliy va umummadaniy kompetensiyasi: milliy bayramlarni, milliy qadriyatlarni, o’zi yashab turgan tarixiy obidalarni bilish va bir-biridan farqlash.
Mavzuga oid tayanch tushunchalar: vatan, mustaqillik, ota-ona
Darsning turi: Aralash.
Darsning usuli: «Muzyorar», suhbat, ko`rgazmalilik, bahs-munozara, guruhlarda ishlash.
Darsning jihozi:
Darsning texnik chizma:
Tashkiliy qism 5 daqiqa
Yangi mavzu bayoni 10 daqiqa
O`quvchilarning fikrlarini umumlashtirish 15 daqiqa
Guruhlarda ishlash 10 daqiqa
Uyga vazifa 5 daqiqa
Darsning borishi
-
Tashkiliy qism.
(Dars o‘quvchilarning she’riy salomi bilan boshlanadi).
O‘quvchilar: Assalomu alaykum, aziz ustozim,
Hamisha biz sizga qilamiz ta’zim.
O‘qituvchi: Va alaykum assalom, bolajonlarim,
Ishonchim, quvonchim, aziz o‘quvchilarim.
II.Yangi mavzu bayoni
Dunyoda buyuk tushunchalar, muqaddas qadriyatlar ko`p. Lekin ushbu tushunchaning bular orasida ayricha o`rni va alohida ahamiyati bor.
Bu — ONA, VATAN, TINCHLIK, SOG`LIK.
Ularni bir-biridan ayri tasavvur qilib ham bo`lmaydi. Ona Vatan, ona diyor, ona yurt — inson tug`ilib o`sgan, kindik qoni to`kilgan joyni Vatan deydi. Vatanni esa, dunyoda biz uchun eng aziz inson bo`lgan onaga tenglashtiriladi.
XX asrning eng buyuk voqealaridan biri bu asrning so`ngi o`n yilligi boshida bu olamshumul harakatga qo`shildik — mustaqillikka erishdik.
Vatanimiz, mamlakatimiz butun O`zbekiston xalqi 1991 yilning 31 avgustda o`zining mustaqil davlat ekanligini e’lon qildi.
Xalqim, tantiliging o`zi bir olam,
Yurtboshing boshingda yonib turgan sham.
Ta’rifingni bitib charchamas qalam,
Mag`rur o`g`lonlaring doim bor bo`lsin.
Darhaqiqat o`tgan 26 yil mobaynida katta muvaffaqiyatlarga erishildi. Shu davr ichida qo`lga kiritilganyutuqlarni sarhisob qilish qiyin.
Bu o`zgarishlar, o`n-o`n besh yildan keyin yana qanday shirin mevalar berishini bir ko`z o`ngimizga keltirib ko`raylik. Shunda ko`ngilga baxtiyor umidbaxshlik, shukr va faxr xissi inadi.
Mustaqillik, avvalo, millatning o`z taqdirini o`zi belgilash huquqini kafolatlaydi. Bu degani esa — biz millat, xalq sifatida taqdirimiz bilan bog`liq barcha masalalarni o`zimiz hal etishimiz lozimligini anglatadi.
Siyosiy jihatdan O`zbekiston Respublikasi jahondagi teng huquqli mustaqil davlat sifatida yuz ko`rsatdi. Xalqaro maydonda munosib o`rinni egalladi. O`z ovoziga, o`ziga xos mavqeiga ega bo`ldi.
O`zbekiston o`z mustaqilligini qo`lga kiritgach, davlat ramzlariga ega bo`ldi. O`z tiliga, qomusiga, gerbiga, bayrog`iga, Prezidentiga, madhiyasiga, chegarasiga, valyutasiga va milliy armiyasiga ega bo`ldi.
Iqtisodiy jihatdan Mustaqillik yillarida iqtisodiy mustaqillikka erishdik: avtomabil va transport sanoati rivojlandi. Davlatimiz g`alla mustaqilligiga erishdi. Mamlakatimiz agrar davlatdan industrlashgan mamlakatga aylandi. Avvalari mamlakatimiz xom ashyo bazasiga aylangan bo`lsa, endilikda paxtani qayta ishlash korxonalari qurildi.
Shahar va qishloqlarimiz qiyofasi o`zgarib, chiroy ochib, kollej, litsey, maktablar,guzar, choyxona, to`yxona va do`konlar ham iqtisodiy salohiyatimizdan dalolat beradi.
Murakkab iqtisodiy sharoitlarga qaramay, davlat xalq kelajagi uchun qayg`urib, ta’lim tizimiga qanchadan qancha mablag` ajratildi.
Mustaqillikning og`ir sinovlari davri o`tdi.
Har kimsaning bo`lsin o`zin boshpanasi,
Har kimsa o`z kulbasida davrin sursin.
Odamni-ku aytmay turay, bu dunyoda
Hatto qushning yot butoqda ini bo`lsin.
Uyga vazifa sifatida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 17 yilligiga baqishlangan tantanali yig`ilishidagi ma’ruzasidan foydalangan holda quyidagi jadvalni to`ldirishga harakat qiling.
Ta’lim sohasidagi islohatlar, siyosiy sohadagi islohatlar, huquqiysohadagi islohatlar,madaniyat va sport sohasida erishilgan yutuqlar.
Malumotlar
Mustaqillik darsi (ustozlar uchun)