MUSTAMLAKACHILIK

MUSTAMLAKACHILIK

MUSTAMLAKACHILIK — kuchli dav latlar tomonidan zoʻrlik bilan egallangan mamlakat yoki hududni siyosiy va iqtisodiy mustaqillikdan mahrum etib, oʻziga boʻysundirish, qaram qilish, talash siyosati. 15-a. oxirida Yevropa davlatlari (Portugaliya, Ispaniya, Angliya, Fransiya, Gollandiya) ana shunday siyosat yurita boshlaydilar. Bunday amaliyot 20a. boshida avjiga chikdi, natijada dunyoning katta qismi bir necha imperiyalar oʻrtasida boʻlib olindi. Bu davrga kelib eski mustamlakachi davlatlar yoniga yangilari: AQSH, Germaniya, Belgiya, Yaponiya, Rossiya qoʻshildi. 2-jahon urushi (1939— 45) tufayli kuchayib ketgan milliy ozodlik harakatlari sanoqli yillar ichida mustamlaka imperiyalarini tezda yemirilib, qulashiga olib keldi. BMTning Bosh Assambleyasi mustamlaka mamlakatlari va xalqlariga mustaqillik berish toʻgʻrisida Deklaratsiya qabul qildi (1960), unda Mustamlakachilik insoniyatga qarshi jinoyat sifatida ba-hrlanadi. 20-a. ning 60-y.

Ensiklopediya.uz
MUSTAMLAKACHILIK