Mustahkam salomatlik ovqatlanishga bog‘liq ( 30-qism ) haqida malumot
“Kuchni saqlash uchun ovqatlanish kerak”, degan fikrga ko‘nikib ketganmiz. Ovqat va kuchning bir-birini taqozo etishi insonlar ongiga shu darajada joylashganki, bir kunda uch marta ovqatlanmoq lozimligiga qattiq ishonamiz. Ishtaxasi yaxshi odamni sog‘lom odam deb o‘rganib qolganmiz. Sog‘ayib ketishi uchun ko‘prok ovqat yeganlarni ma’qullaymiz.
Ovqatlanishni uzoq vaqt ilmiy o‘rganish va izlanishlardan keyin unga oddiy yemish sifatida emas, balki undan ancha muxim narsa deb qarashga o‘zimni odatlantirdim. Tana oshqozonga nima tashlasang xam, ishqilib ochlikni qondirsa bo‘lgani tarzida, qabul qilaveradi. Lekin bir xil ovqatdan baquvvat, kuchli, sog‘lom, yosh to‘qimalar hosil bo‘lsa, boshqasidan nochor, kasal, tanani yetarli darajada ishlata olmaydigan xujayra yaratadi. Ko‘pincha biz, yaxshi ovqatlanayotganlarni ko‘ramiz, lekin ularning salomatliklari yaxshidan ancha yiroq, ularning oshqozoniga ovqat juda mo‘l tushib tursa-da, terisining yomonligi, muskullar tetikligining nochorligi va quvvatsizligi shunday ko‘zga tashlanib turadi.
Insoniyat tarixida shunday vaqtlar bo‘lganki, odamzot ovqatni tabiatdan faqat qayta ishlanmagan xolda olgan. O‘sha davrlarda inson sog‘lom hayot uchun kerak bo‘lgan ovqatni tanlab yeyish imkoniyatiga ega bo‘lgan. Unga ichki ovozi nima deyishi lozim ekanini aytib turgan. Buni instinkt deb yoki boshqa istagan so‘z bilan nomlash mumkindir, lekin insoniyat tarixining boshida bu odam uchun ajoyib yordamchi bo‘lgan.
Mening ishonchim komilki, odam tropik mintaqada odam bo‘lgan. Bu yerda tabiat unga uy tayyorlagan va u tanasi kuchli quyosh nuri bilan to‘yingan. Axir, tana quyosh nuri ta’sirida paydo bo‘ladigan D vitaminiga muxtoj. Teri A vitaminiga xam extiyoj sezadi. Lekin xozirgi zamon kishilarining tanasi juda o‘zgarib ketganidan, toksin va shilimshiq bilan juda to‘lib ketganidan, mineral va vitaminlar yetishmovchiligi juda kuchli ekanidan u quyosh nuri ta’sirida ko‘p yashay olmaydi. Ko‘pchilik kishilar quyosh ta’sirini qabul qila olmaydilar va bunda quyoshni ayblaydilar.
Haddan tashqari sovundan ko‘p foydalanganligi tufayli odamlarning terisi boshqacha bo‘lib ketgan. Mana necha yillarki, men sovundan foydalanmayman. Soqol olganda foydalanilgan sovun ko‘pigi va qo‘l iflos bo‘lib, suvda ketmaganda sovundan foydalanganliklarimiz, albatga, bundan mustasno. Odamlar nisbatan sovuq joylarga ko‘chib o‘tishlari va kiyim ixtiro qilishlari bilan, quyosh tayyorlagan ozuqadan mahrum bo‘lishdi va tananing bevosita quyosh bilan bog‘lanishi uzildi. Madaniylashgan kishi og‘ir kiyimlar bilan o‘zini butunlay ezib qo‘ydi.
Ishonchim komilki, inson paydo bo‘lgan joy tropik jannat bo‘lib, bu yerda yangi meva va sabzavotlar, yong‘oqning barcha turlari va pistalar unga ozuqa bo‘lgan. Yana shunga ishonamanki, ana shunday yemak bilan odam 900 yil yashashi mumkin. Uning ajratuvchi muchalari aynan ana shunday tabiiy parxezga moslashgan edi. Men ishonaman, tropikda yashagan birinchi axoli vegetarianlar bo‘lgan.
Lekin, bugungi kunda inson uchun etemas bo‘lish uchun to‘liq imkoniyatlar borligiga to‘liq ishonolmayman. Bundan besh olti ming yil oldin yashagan insondan bugungisi ancha farq qiladi. U vaqtlarda odamlar dala va o‘rmonlarda yashashgan va u yerlardan ko‘plab sog‘lom ovqatlar topishgan. Bugungi kunda biz, tanalarimiz toza havo olishga imkon bermaydigan uylarda yashamoqdamiz, iflosliklardan nafas olamiz, ximiyaviy tozalangan suvni ichamiz va umuman jismoniy faollikdan cheklanib qoldik. O‘rtacha amerikaliklarning xozirgi yoshi 68 yil, xolbuki tabiiy yemish bilan, takrorlayman, 900 yil yashash mumkin.
Ishqorli parhez organizmni sog‘lomlashtiradi.
Men mana shu qarashni ozuqa dasturingizga asos qilib olishingigizni istardim. Bu dastur sizga mustahkam salomatlik berishga qodir. Asosan xom sabzavot va mevadan tashkil topgan va sizga tavsiya etilayotgan yemaklar asosan tozalovchi xisoblanadi.
Meva va sabzavotlar nafaqat minerallar, vitaminlar va boshqa turli ozuqaviy moddalarga boy, balki organizm kislotaliligini pasaytirishga yordam beradigan ishqorli reaksiya xam beradi.
Ovqatlanish muammolariga qiziqadigan kishilar, ko‘pincha, aytiladigan fikrlarning xilma-xilligidan chalkashib ketadilar.
Bir xil allomalar oqsilli yemishlarni tavsiya etsalar, boshqalari past uglevodli, uchinchilari yangi mevalardan tashkil topgan parxezni, etemaslik yoki o‘simlikli-sutli parxezni tavsiya etadilar va xar biri o‘zlari tavsiya etayotgan parxezni eng yaxshi deb ta’riflaydilar. Shaxsan men bularning har biriga o‘z baxosini beraman.
Har qanday parhezga ham bekamu ko‘st amal qilish imkoni yo‘qligiga imonim komil. Hozir, taxminan, 200 dan ortiq ozuqa turi mavjud. Bulardan tegishli miqdorda ovqat tayyorlash mumkin. Ochlanish davrida biz o‘z tanamizni tozaladik va tozalangan vujud o‘ziga kerakli ozukani o‘zi tanlab oladi. Eng muximi ozuqa dasturidan sivilizatsiyalashgan zamonaning qayta ishlovi bilan buzilganlarini chiqarib tashlamoq lozim. Siz yeyishingiz lozim bo‘lganlarga solishtirganda ular unchalik ko‘p emas. Mazkur kitobda men sizlarga ehtiyot bo‘lishingiz lozim ozuqalar ro‘yxatini beraman.
Qadimgi maqolda: “Odam 40 yoshga kirganda yo o‘ziga o‘zi tabib yoki ahmoq”. Shunga ishonchim komilki, odam 30 yoshgacha o‘ziga ma’qul bo‘lgan parhezni topadi yoki jiddiy kasalga mubtalo bo‘ladi.
Bizning aqliy va jismoniy faoliyatimiz xayotiy quvvatimizning zahirasidan oziqlanadi, lekin har kimning talabi xar xil. Men masalan, jismoniy xarakatni ma’qul ko‘raman, chunki faollikni xush ko‘raman. Menga aqliy faollik xam ma’qul. Ko‘p narsaga har tomonlama yondashishni va muammolarni yechishni ma’qul ko‘raman. Lekin, jismoniy bo‘lsin, aqliy bo‘lsin, yengil xayotni xush ko‘rmayman. Jismoniy faoliyat uchun bir turdagi energiya kerak, aqliy ish uchun boshqacha va ruxiy faoliyat uchun esa uchinchi turdagisi zarur.
Ovqatlanish bo‘yicha mutaxassis, sizga har qanday maslahat va axborotlarni berishi mumkindir, lekin u sizning o‘rningizga na ovqat yeya oladi va na ovqatingizni xazm qilib bera oladi. Men yegan narsalar sizga umuman yoqmasligi mumkin. Yog‘ayotgan qor parchalari bir-biriga o‘xshash bo‘lmagani singari odamlar xam bir-biriga o‘xshash emaslar. Men sizga u yoki bu namunadagi ozuqa tavsiya etmoqchi emasman. Buning ustiga, agar siz oliy darajadagi salomatlikka erishmoqchi bo‘lsangiz, sifat jihatidan oliy navli ovqatlar bilan oziqlanishingiz lozim bo‘ladi. Men sizga xomlay yeyuvchi bo‘ling, yoki etemas bo‘ling, sutli o‘simlik ovqatlar yoki aralash yeyuvchi bo‘ling, demoqchi emasman. Siz ochlanib va organizmingizni tozalab bo‘lganingizdan keyin, sizning ichki ovozingiz, instinktingiz sizga to‘g‘ri yul ko‘rsatadi. Ishonchim komilki, ko‘plab tozalangan ovqatlar bo‘lgan parxezdan voz kechib, 50-60 foiz yangi meva va sabzavotlardan tashkil topgan natural ratsionga o‘tasiz.
Tabiat keskin o‘zgarishlarni ma’qul ko‘rmaydi. Siz xozirgi ovqatlanayotganingizday ovqatlangansiz va shunga o‘rganib-moslashib qolgansiz. Sizning ovqatni hazm qilish tizimingiz xam shunga moslashgan. O‘tish davri sizda ma’lum vaqtni tashkil etmog‘i lozim va siz bu ishni oshiqmay bajarishingiz kerak bo‘ladi. Albatta bu jarayonda ochlik hamda avval aytilgan to‘qqiz tabiiy hakimni xam yordamchi qilib olishingiz lozim bo‘ladi. U to‘qqiz hakim menga va men bilgan yuzlab kishilarga xam yordamchi bo‘lgan. Bu asta-sekin sizning tabiiy ovqatlarni instinktiv tanlab olishingizga olib keladi.
Siz, bir kuni yangi salat yeb, keyingi kuni esa katta miqdordagi kraxmali ko‘p bo‘lgan ovqatni yemasligingiz kerak bo‘ladi. Birinchi kun mevali salat, keyingi kuni esa sosiska va chalpakka o‘tmasligingiz lozim. Sizning ozuqangiz stabil bo‘lmog‘i lozim. Ijozatingiz bilan nimani nazarda tutayotganimni tushuntiray. Agar go‘sht iste’mol qiladigan bo‘lsangiz, uning haftada uch martadan oshib ketmasligini maslaxat berardim. Tuxum yemoqchi bo‘lsangiz, xam xaftada to‘rt martadan oshib ketmasin. Sut ichayotgan bo‘lsangiz, maslaxatim uni boshqa sutli ovqatlar singari asta-sekin ratsioningizdan chiqarib tashlaganingiz ma’qul. Inson ko‘krakdan ajratilganidan keyin xam sut ichadigan yagona jonzotdir.
Mutanosib tabiiy parhezga intiling
To‘g‘ri ovqatlanish dasturini shakllantirish xuddi zinapoyadan yuqoriga ko‘tarilish singaridir. Birinchi zinapoya barcha vitaminsiz o‘lik ovqatlardan kofe, choy, alkogol va har xil chanqovbosti ichimliklarni rad etish. Shuningdek, jonivorlardan tayyorlangan, shu jumladan tuxum va sutdan bosh tortish, bularning o‘rnini asta-sekin meva va sabzavotlar bilan qoplash va uni ovqatning 50-60 foiziga yetkazish.
Tamaddunning vitaminsiz ozuqalarini rad etib, xom va pishirilgan meva va sabzavotlarni asta-sekin ko‘paytirib borish davri o‘tish davri deb ataladi.
Ko‘pchilik kishilar ratsionida yoshligidanoq asosan kislotali reaksiya beradigan ovqatlar bo‘ladi. Bu tanada kislota reaksiyasini xosil qiladi. Nordon ovqatlar toksin materiallarini xosil qilib, o‘z-o‘zini zaxarlaydi. Bular esa ko‘p kasalliklar, azoblar xamda barvaqt qarishga olib keladi. Agarda siz qaynatilgan ovqatlar, masalan, go‘sht, tuxum, shuningdek, nonning xar xil navlari, unli va makaronli maxsulotlar iste’mol qilib yurgan bo‘lsangiz, parxezingizga xom meva sabzavotlarni birdaniga xaddan tashqari ko‘p qo‘shib yuborishingiz ma’qul bo‘lmaydi. Ochlikning xar xaftasidan keyin o‘zingiz qaysi ovqat sizni ko‘proq tortayotganini sezasiz.
Mustahkam ishonch bilan o‘tkazilgan xaftalik ochlanishlarning uchinchi oyidan keyin kundalik ovqatingizning 70 foizini meva va sabzavotlarga o‘tkazishingiz mumkin. Xom meva va sabzavotlar o‘z o‘rnida tozalovchi va detoksinator xisoblanishini esdan chiqarmang. Ular eski toksinlar bor joylarni topib, tagini kovlab qo‘yadi va tanadan chiqarib tashlanishiga yordam qiladiki, mustahkam salomatlikka erishish uchun sizga aynan shu kerak. Shunday qilib, agar siz ichki tozalanishni istasangiz, bir xil parxezda turmasligingizni xis etishingiz, uni o‘zgartirib bormog‘ingiz lozim.
Odamlar doimo mukammal parxez berilishini so‘rashadi. Buni men qilolmayman, negaki, xar bir kishining ovqatlanishi aloxida xodisa. Xar bir kishining bir dunyo sevimli va xush ko‘rmaydigan taomlari bo‘ladi. Odamning so‘nggi besh yil davomida nimalar iste’mol qilganini bilganimdagina, biron jo‘yali maslaxat berishim mumkin bo‘lardi.
Oziqlanish bamisoli zanjir va uning xamma bo‘laklari bir-biri bilan bog‘liq. Agar uning biror bo‘lagi uzilib ketsa, unda bu zanjirning xammasi yaroqsiz xolga keladi. Inson ovqatida 40 ta zaruriy unsur bo‘lib, birontasining bo‘lmay qolishi xam ozuqa zanjirining yarmini yaroqsiz xolga keltiradi. Bitta yoki bir nechta unsurning uzoq vaqt bo‘lmasligi kasallikka va ayrim xollarda o‘limga xam olib keladi. Qaysidir bir unsurning yetarli bo‘lmasligi to‘qimaning eng zaif xujayralari kasallanishiga sabab bo‘ladi. Biroq bu, xar bir ovqatlanishda kerakli miqdordagi unsur bo‘lishi shart degani emas, chunki tanamiz doimo qaysidir darajada zaxira ushlab turadi. Lekin bu zaxira erta yoki kech to‘ldirib turilmog‘i lozim.
Haftalik ovqatingiz shakllanadigan ozuqalar bilan sizni tanishtirmoqchiman. Siz bir kunda bir, ikki yoki uch marta ovqatlanishingiz mumkin. Yuqorida aytganimdek, shaxsan men ertalab ovqatlanmayman. To‘g‘ri, agar buni ovqatlanish deb atash mumkin bo‘lsa, men ertalab yangi mevalardan tanovvul qilaman. Ammo bu odatimni boshqalar xam bajarsin, demoqchi emasman. Ayrimlar ertalikning to‘kin bo‘lishi va tushlikning kamtaronaligini ma’qul ko‘rishadi. Har kimning odati xar xil.
Meva — eng sog‘lom ozuqa
Mevalarni inson uchun eng yaxshi ozuqa deb hisoblaganim uchun ro‘yxatni yangi mevalardan boshlamoqchiman. Yangi meva yoki quritilganlarini ovqat sifatida foydalanishi yoki ovqatdan keyingi qo‘shimcha taom sifatida qabul qilish mumkin.
Olma, o‘rik (yangisi va turshagi)
Banan, olcha, qovun, klyukva
Anjir (yangisi yoki quritilgani)
Apelsin, qovun, uzum
Limon
Mango, shaftoli (yangisi yoki quritilgani), papayya.
Nok (yangisi yoki quritilgani)
Ananas (yangisi), xurmo.
Olxo‘ri ( nav-yangi yoki quritilgani)
Malina, qulupnay, tarvuz
Qoroli (yangisi yoki quritilgani)
Kitobni quyidagi manzildan ko’chirib oling: http://avitsenna.uz/?p=1575/
Kasalliklar
Mustahkam salomatlik ovqatlanishga bog‘liq ( 30-qism )