MUSTAFO CHOʻQAY
MUSTAFO CHOʻQAY (Choʻqayev) (1886, Oqmachit, Qozogʻiston — 1941.27.12, Berlin) — Turkiston mustaqilligi uchun kurashchi, Turkiston muxtoriyati hukumati Bosh vaziri. Otasi Choʻqaybey Toʻrgʻay dodxoh oʻgʻli (1912-y. v. e.) boʻlis (volost) boshligʻi edi. Mustafo Choʻqay boshlangich maʼlumotni Oqmachitda olgach, Toshkentdagi rus gimnaziyasida oʻqidi (1902—10), Peterburg untining huquq f-tini tugatdi (1917). Rossiya 4-Davlat dumasining musulmonlar fraksi-yasida Turkiston ishlari boʻyicha kotib boʻlib ishladi (1917-y. fev. gacha). Keyinchalik Muvaqqat hukumat Bosh vaziri A. F. Kerenskiy boshchiligidagi komissiya tarkibida Turkistonda boʻddi. 1917-y. apr. da Petrograddan Tosh-kentga qaytdi va siyosiy voqealar ichida boʻldi. Turkiston oʻlkasi musulmonlari Markaziy Shoʻrosi raisi, «Birlik tugʻi» (qozoqcha) gaz. ning muharriri. Turkiston muxtoriyati hukumatining tashqi ishlar vaziri (1917—18), Bosh vazir (1918-y. yanv. dan). Muxtoriyat qizil askarlar tomonidan tugatilgach, M. Ch. Toshkentga kelib, bolsheviklardan yashirindi. Keyin Tiflisda musulmonlar uchun «Yangi dunyo», «Shafaq» gaz. larini chiqardi. 1919-y. fev. da u Yevropa davlatlariga maxsus memorandum bilan murojaat qilib, Turkistondagi istiqlolchilar kurashini qoʻllab-quvvatlashga, bolshevikcha rejimni agʻdarishgachaqirdi. Mustafo Choʻqay muhojirlikda yashab, turli xalqaro anjumanlarda ishtirok etdi, matbuotda maqolalari bilan qatnashib turdi. Jumladan, «Turkistondagi milliy kurash» (Parij, 1923) maqolasida oʻlkaning mustaqillik yoʻlidagi vazi-falarini koʻrsatib berdi. «Turkistondagi bosmachidik harakati» (London, 1928) asarida bu harakat milliy istiqlol kurashi ekanligini taʼkidladi.
Ensiklopediya.uz
MUSTAFO CHOʻQAY