MUSSONLAR

MUSSONLAR

MUSSONLAR (frans. moussons; arab, mavsum — yil fasllari) — Yer yuzasida va troposferaning quyi qismida doimo bir tomonga esadigan va faqat yil fasllarining almashinishi b-ngina oʻz yoʻnalishini qarama-qarshi tomonga oʻzgartiradigan havo oqimi. Bunda quruq, kam bulutli havo oʻrnini sernam, seryogʻin havo oladi (yoki, aksincha boʻladi). Mussonlarning hosil boʻlishida materik bilan okeanning turlicha isishi sabab boʻladi. Bunda bosimning oʻzgarishi hal qiluvchi oʻrin egallaydi. Havo atmosfera bosimi yuqori boʻlgan sovuq joylardan bosimi past boʻlgan issiq joylarga siljiydi (M. yuqori bosimli va past bosimli mavsumiy joylar orasida vujudga keladi). Qishda bosim materik ustida yuqori boʻlganida Mussonlar materikdan okean tomonga, yozda esa bosim okean ustida yukrri boʻlganida teskari tomonga esadi. Qishki Mussonlar ketidan, albatta, yozgi Mussonlar keladi.

Ensiklopediya.uz
MUSSONLAR