MUSREPOV Gʻabit Mahmudovich
MUSREPOV Gʻabit Mahmudovich [1902.9(22).3 — Qozogʻiston, Kustanay viloyati — 1985, Olmaota] — qozoq adibi va jamoat arbobi, Krzogʻiston FA akad. (1958). Ijodi 20-y. larning oʻrtalarida boshlangan. Ilk hikoya va ocherklari, «Girdob» (1928) qissasi fuqarolar urushi haqida. Musrepov 30-y. larda dramatik asarlar yaratdi. «Qiz-Jibek» (1934), «Omongeldi» (hamkorlikda, 1936), «Qoʻzi Koʻrpesh va Bayan Suluv» (1939), «Okon-seri va Oq-tuqti yoki Shoir fojiasi» (1942) kabi sahna asarlari mashhur. «Qozoq soldati» (1949), «Uygʻongan oʻlka» (1953) romanlari yozuvchiga katta shuhrat keltirgan. «Onaning jasorati» (1958), «Dovonda» (1965), «Bir kun va bir umr» (1967), «Yillarimiz hikoyalari» (1979) singari hikoya va qissalar toʻplamlariga kirgan asarlarida, «Uchrashmay ketgan bir siymo» (1970) nasriy dostonida qozoq xalqi hayotining turli bosqichlari haqqoniy tasvirlangan. «Hikoyalar» (1961), «Qissa va hiko-yalar» (1970) toʻplamlari, «Qozoq soldati» romani (1962) oʻzbek tiliga tarjima qilingan.
Ensiklopediya.uz
MUSREPOV Gʻabit Mahmudovich