MUSIQA

MUSIQA

MUSIQA (yun. mousiche — muzalar sanʼ-ati) — inson hissiy kechinmalari, fikrlari, tasavvur doirasini musiqiy tovush (ton, nagʻma)lar izchilligi yoki majmui vositasida aks ettiruvchi sanat turi. Uning mazmuni oʻzgaruvchan ruhiy holatlarni ifodalovchi mu-ayyan musiqiybadiiy obrazlardan iborat. Musiqa insonning turli kayfiyatlari (mas, koʻtarinkilik, shodlik, zavklanish, mushohadalik, gʻamginlik, xavf-qoʻrquv va b.)ni oʻzida mujassamlashtiradi. Bundan tashqari, Musiqa shaxsning irodaviy sifatlari (katʼiyatlik, intiluvchanlik, oʻychanlik, vazminlik va b.)ni, uning tabiati (mijozi)ni ham yorqin aks ettiradi. Musiqaning ushbu ifodaviytasviriy imkoniyatlari yunon olimlari — Pifagor, Platon, Aristotel va Sharq mutafakkirlari — Forobiy, Ibn Sino, Jomiy, Navoiy, Bobur, Kavkabiy, tasavvuf arboblari — Imom Gʻazoliy, Kalobodiy Buxoriy va b. tomonidan yuqori baholangan, sharh va ilmiy tadqiq qilingan. Musiqaning odam ongi va hissiyotiga taʼsir etishning ajoyib kuchi uning ruhiy jarayonlarga hamohang boʻlgan protsessual — muayyan jarayonli tabiati bilan bogʻliqsir. Musiqa asarlari mazmunida badiiy gʻoyalar umumlashgan holda berilib, musiqali obrazlarning oʻzaro munosabatlari (taqqoslanish, toʻqnashuv, rivojlanish kabi) jarayonida shakllanadi. Mazkur jarayonning xususiyatlariga koʻra M. mazmuni ham turli — epik, dramatik, lirik belgilarga ega boʻlishi mumkin. Bulardan insonning ichki dunyosi, ruhiy holatlarini ifodalashga moyil boʻlgan lirika M. ning «botiniy» tabiatiga ancha yaqindir. Musiqaning mazmuni — shaxsiy, milliy va umumbashariy badiiy qiymatlarning birligidan iborat boʻlib, bunda maʼlum xalq, jamiyat va tari-xiy davrga xos ruhiy tarovat, surʼat, ijtimoiy fikr va kechinmalar umumlashgan holda ifodalanadi. Musiqa shakllari har bir davrning maʼnaviymaʼrifiy talablariga javob bergan holda, ayni vaktda inson faoliyatining koʻpgina jabhalari (muayyan jamoaviy tadbirlar, odamlarning oʻzaro etik va estetik taʼsir etish, muloqot qilish jarayonlari) bilan mushtarakdir. Musiqaning, ayniqsa, insonning axloqiy va estetik didini shakllantirish, hissiy tuygʻularini rivojlantirish, ijodiy qobiliyatlarini ragʻbatlantirish vositasi sifatida roli juda muhimdir.

Ensiklopediya.uz
Musiqa