Musiqa, 2 sinf, Norxo‘jayev N, 2021
2. Махкамова, Ш. Р. (2020). ХАЗРАТ НАВОИЙНИНГ МУСИКИЙ ТАФАККУРИ. Science and Education, 1(Special Issue 4), 215-222.
MUSIQIY TOVUSH VA UNING XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»
Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Muhammadzoxid Xabibullo O‘G‘Li Abduqodirov, Abror Axmadjon O‘G‘Li Fayzullayev
Ushbu maqolada musiqiy tovushlar va ularning xususiyatlari, turlari va musiqa asboblarining chiqaradigan tovushlari haqida malumot berilgan.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Похожие темы научных работ по искусствоведению , автор научной работы — Muhammadzoxid Xabibullo O‘G‘Li Abduqodirov, Abror Axmadjon O‘G‘Li Fayzullayev
MUSIQA NAZARIYASINING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
MUSIQA DARSLARIDA MUSIQA SAVODI O’RGATISH METODIKASI
Jamoa ijrochiligida vokal-xor malakalarini shakllantirishning uziga xos jihatlari
CHOLG’U IJROCHILIGIDA NOTAGA QARAB IJRO QILISH
Musiqa darslarini fanlararo aloqadorligida tashkil etish imkoniyatlari
i Не можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
MUSICAL SOUND AND ITS FEATURES
This article provides information about musical sounds and their properties, types, and sounds emitted by musical instruments.
Текст научной работы на тему «MUSIQIY TOVUSH VA UNING XUSUSIYATLARI»
MUSIQIY TOVUSH VA UNING XUSUSIYATLARI
Muhammadzoxid Xabibullo o’g’li Abduqodirov
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti Musiqa ta’limi yo’nalishi 3- bosqich talabasi
Abror Axmadjon o’g’li Fayzullayev
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti Musiqa ta’limi yo’nalishi 3- bosqich talabasi
Ushbu maqolada musiqiy tovushlar va ularning xususiyatlari, turlari va musiqa asboblarining chiqaradigan tovushlari haqida malumot berilgan.
Kalit so’zlar: tovush, musiqa, balandlik, qattiqlik, tembr, cho’zim, past, baland.
MUSICAL SOUND AND ITS FEATURES
Muhammadzokhid Xabibullo ugli Abdukodirov
Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent region, Faculty of Pedagogy, 3 year student of Music Education
Abror Akhmadjon ugli Fayzullaev
Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent region, Faculty of Pedagogy, 3rd year student of Music Education
This article provides information about musical sounds and their properties, types, and sounds emitted by musical instruments.
Keywords: sound, music, pitch, hardness, timbre, length, low, high.
Biz yashayotgan olam turli tovushlarga to’ladir. Misol uchun: guvillagan, taqillagan, shitirlagan, g’ichirlagan va boshqa shunga o’xshash tovushlarning barchasi real voqеlikdagi tovushlardir. Bularni shovqinli tovushlar dеb atashadi. Kuylayotgan qo’shiqchining ovozi va musiqa asboblari – rubob, nay, chang, skripka, fortepiano, goboy, truba va boshqa cholg’u asboblaridan taraladigan tovushlar musiqiy tovushlar deb nom oldi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Barcha tovushlar baland va past yoki uzoq va qisqa vaqt yangrashi, shu bilan birga o’ziga yarasha rang-barangligi bilan farqlanadi. Shovqinli bilan musiqiy tovushlar
o’rtasidagi farqi shundaki, har bir musiqiy tovush aniq belgilangan balandlikka ega bo’ladi. Shovqinli tovushlar esa bunday xususiyatga ega emas.
Musiqaning asosiy vositasi, ya’ni ifodalilik vositasi – musiqiy tovushlardir. Lekin zamonaviy musiqada shovqinli tovushlar ham keng qo’llaniladi. Tovushlar tizimi musiqiy fikrni ifodalash va badiiy obrazlarni gavdalantirish uchun xizmat qiladi.
Har bir musiqiy tovushning xarakteri to’rtta asosiy xususiyatlar bilan aniqlanadi. Ular balandlik, qattiqlik, tembr va cho’zim. Tovushning balandligi tebranayotgan jismning tebranish tezligiga bog’liq. Tebranish qanchalik tez bo’lsa, tovush shunchalik baland eshitiladi, va aksincha. Demak, tovushlar balandligi bo’yicha baland, o’rta va past tovushlarga ajratiladi. Baland tovushlar «nafis», «muloyim», «jarangli», «billur» kabi so’zlar bilan ta’riflanishi mumkin. Xor asarlardagi soprano ovozi partiyasi asosan o’z ichiga baland tovushlarni qamrab oladi. Skripka, fleyta, nay cholg’ular ham baland tovushlarni taratadi. Past tovushlar – «yo’g’on», «qo’polroq» «chuqur», «mayin» kabi so’zlar bilan ko’proq ta’riflanadi. Musiqa asboblaridan truba, kontrobas, fagot kabilar past tovushlarga ega. O’rta tovushlar xor ovozlari alt bilan tenor, cholg’ulardan violonchel, klarnet, valtorna, rubob, dutorga xarakterlidir. Ularga nisbatan «yumshoq», «qalin», «odam ovoziday» so’zlarni qo’llash mumkin.
Tovushning qattiqligi jismning tebranish kengligi (amplitudasi) dan kelib chiqadi. Tebranish kengligi qancha keng bo’lsa, tovush shunchalik qattiq eshitiladi, va aksincha. Qattiqlikning darajasi (jaranglash kuchi) dinamika so’z bilan ataladi.
Tovushning cho’zimi jismning tebranishi davom etishiga bog’liqdir. Real vaqt soniya, daqiqa, soat va hokazolar bilan o’lchanadi. Musiqadagi vaqt muayyan tovush cho’zimi bilan o’lchanadi. Musiqada har bir tovush o’z cho’zimi bo’yicha undan oldingi va keyingi tovushlar bilan muayyan darajada aniq uyushtiriladi, vaqt bilan belgilanadigan munosabatga kirishadi. Mana shundan kelib chiqib, musiqaga xos bo’lgan aniq uyushtirilgan vaqtga bog’liq tuzilish (struktura) vujudga keladi.
Tovushning tembri deb uning rang-barangligiga deyiladi. Gap shundaki, har qanday tovush, ayniqsa musiqiy tovush, murakkab tarkibga ega. Tovush manbai (jism) butunligicha tebranib, asosiy tebranish tezligini, ya’ni eng yaxshi eshitiladigan past balandlikdagi tovushni hosil qiladi. Bu tovushga asosiy ton deb aytiladi. Biroq, shu bilan bir vaqtning o’zida jismning umumiy uzunligidan teng yarmi, uch qismdan bir, to’rtdan bir, beshdan bir va h.k. qismlari ham tebranadi. Har bir qismning tebranish tezligi o’ziga mos tovushni yaratadi. Bunday ikkinchi, uchinchi darajali marta balandroq eshitiladi. Chunki, jismning uzunligi qancha qisqa bo’lsa, shunchalik uning tebranish
tezligi oshadi va hosil bo’lgan tovushning balandligi yuqorilashadi. Ushbu qo’shimcha, tarkibiy tonlar oberton yoki garmoniklar deb ataladi. Asosiy ton jarangida obertonlarning qattiqlik bo’yicha o’zaro nisbati, ularning bor yoki yo’qligi tovushning individual sifatini, boshqa tovushlarga o’xshamasligini ta’kidlaydi. Masalan: qo’ng’iroqchani ko’rmay turib, uning jarangini shaqildoq jarangidan ajrata olamiz yoki onajonimizning ovoz tembri ko’p ovozlar ichida bizga «o’zgacha» bo’lib eshitiladi. Mazkur to’rtta sifat har bir tovushda, shuningdek, musiqiy fikr va obrazlar ifodalaydigan qator tovushlar birikmasida albatta namoyon bo’ladi.
1. Ibraximjanova Gavxar va boshq. Musiqa elementar nazariyasi. Garmoniya.
2. Махкамова, Ш. Р. (2020). ХАЗРАТ НАВОИЙНИНГ МУСИКИЙ ТАФАККУРИ. Science and Education, 1(Special Issue 4), 215-222.
3. Махкамова, Ш. Р. (2020). МУСЩА ИЛМИ ВА ИСЛОМ ДИНИ: ТАЛЛИН МУАММОСИ. Academic research in educational sciences, (3).
4. Махкамова, Ш. Р., & Асадуллаeва, М. А. (2020). «ВЕЛИКИЙ ШЁЛКОВЫЙ ПУТЬ»: ВЗАИМОДЕЙСТВИЕ КУЛЬТУР ЗАПАДА И ВОСТОКА В КОНТЕКСТЕ ПРОБЛЕМЫ МОДЕРНИЗАЦИИ МУЗЫКАЛЬНОГО ОБРАЗОВАНИЯ В УЗБЕКИСТАНЕ. Science and Education, 1 (Special Issue 4).
1. Ibraximjanova Gavxar va boshq. Musiqa elementar nazariyasi. Garmoniya.
2. Махкамова, Ш. Р. (2020). ХАЗРАТ НАВОИЙНИНГ МУСИКИЙ ТАФАККУРИ. Science and Education, 1(Special Issue 4), 215-222.
3. Махкамова, Ш. Р. (2020). МУСЩА ИЛМИ ВА ИСЛОМ ДИНИ: ТАЛЛИН МУАММОСИ. Academic research in educational sciences, (3).
4. Махкамова, Ш. Р., & Асадуллаeва, М. А. (2020). «ВЕЛИКИЙ ШЁЛКОВЫЙ ПУТЬ»: ВЗАИМОДЕЙСТВИЕ КУЛЬТУР ЗАПАДА И ВОСТОКА В КОНТЕКСТЕ ПРОБЛЕМЫ МОДЕРНИЗАЦИИ МУЗЫКАЛЬНОГО ОБРАЗОВАНИЯ В УЗБЕКИСТАНЕ. Science and Education, 1 (Special Issue 4).
Musiqa, 2 sinf, Norxo‘jayev N., 2021
Musiqaning sehrli olamiga sayohatimiz davom etadi. Bu o‘quv yilida sizni ko‘plab yangi va qiziqarli ma’lumotlar kutib turibdi. Siz kuy, qo‘shiq nima ekanini bilib olasiz, chorak va nimchorak notalar, musiqiy o‘lchovlar haqida tushunchaga ega bo‘lasiz. Tanbur, g‘ijjak kabi milliy cholg‘ularimiz jarangidan bahra olasiz. Bir qator musiqiy atamalar bilan tanishasiz va musiqani yaxshiroq tushuna boshlaysiz.
Ona Vatanimiz, go‘zal tabiatimiz, do‘stlik va tinchlik haqidagi ko‘plab kuy va qo‘shiqlarni tinglaysiz, kuylab o‘rganasiz, ularga jo‘r bo‘lasiz. Bundan tashqari, fikrlash, o‘ylab topish, ijod qilishga qaratilgan topshiriqlarni bajarasiz.
YOMG‘IR.
Shivir-shivir shivirlab,
Yomg‘ir yog‘di shitirlab.
Bo‘g‘otlarga berkindi
Sho‘x chumchuqlar pitirlab.
Naqarot :
O‘ynab-o‘ynab tushar suv,
Kuylab-kuylab tushar suv.
Yer bag‘rini to‘ldirib,
Quvnab-quvnab tushar suv.
Yomg‘ir yog‘ar paqirlab,
Chuchvarasi vaqirlab.
Har tomchi qut, baraka,
Yashnaydi dala, qirlar.
МУНДАРИЖА.
Qadrli o‘quvchilar!.
1-BOB. KUY.
Vatanimizni madh etamiz.
“O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi”. A. Oripov she’ri, M. Burhonov musiqasi.
“Aziz bo‘ston – O‘zbekiston”. S. Mirzo she’ri, D. Omonullayeva musiqasi.
Takrorlash.
Kuy.
“Maktabim”. I. Muslimov she’ri, F. Nazarov musiqasi.
Takrorlash.
Chorak nota.
“Farg‘onacha”. O‘zbek xalq kuyi.
“Boboq xo‘roz”. P. Mo‘min she’ri, N. Norxo‘jayev musiqasi.
Qo‘shiq.
“G‘ildiragim”. T. Bahromov she’ri, Sh. Yormatov musiqasi.
“O‘ynaylik”. A. Rahmat she’ri, Il. Akbarov musiqasi.
Milliy cholg‘ular. Nay.
“Quvnoq sayr”. N. Norxo‘jayev musiqasi.
Tanbur.
G‘ijjak.
“Kayfiyat”. N. Norxo‘jayev musiqasi.
“Uzum”. P. Mo‘min she’ri, D. Omonullayeva musiqasi.
Nimchorak nota.
2-BOB. YAKKANAVOZLIK VA JO‘RNAVOZLIK.
Yakkanavozlik.
“Asp bo‘laman”. O‘zbek xalq kuyi.
“Qizaloq”. T. Nazarov she’ri, N. Norxo‘jayev musiqasi.
Qomusimsan – faxrimsan.
“Chamanda gul”. O‘zbek xalq kuyi.
“Qadim Turon”. P. Mo‘min she’ri, N. Norxo‘jayev musiqasi.
Jo‘rnavozlik.
“Yomg‘ir”. T. Ubaydullo she’ri, N. Norxo‘jayev musiqasi.
Xonandalik va sozandalik.
“Dangasa”. M. Tojiboyev “Dugoh” maqomi ohanglari asosida yaratgan.
“Archa bayrami”. A. Rahmat she’ri, I. Akbarov musiqasi.
Notalarning guruhlanishi.
Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar.
3-BOB. MUSIQA SAVODIGA SAYOHAT.
Takt va takt chizig‘i.
“Ot o‘yini”. D. Omonullayeva musiqasi.
“Bobom – qahramon”. A. Haydarov she’ri va musiqasi.
O‘lchov.
Sanashni o‘rganamiz.
“Qashqarcha”. O‘zbek xalq kuyi.
“Uxlab turdim”. I. Muslim she’ri, F. Nazarov musiqasi.
Repriza.
“Vals”. P. Chaykovskiy musiqasi, “Bolalar albomi”dan.
“Navro‘zim – sho‘x sozim”. H. Rahmat she’ri, N. Norxo‘jayev musiqasi.
Lad: major va minor.
“Toreador marshi”. J. Bize musiqasi.
“Zag‘izg‘on”. P. Mo‘min she’ri, D. Omonullayeva musiqasi.
Musiqali rebuslar.
“Yugurish”. S. Abramova musiqasi.
“Ismaloq”. P. Mo‘min she’ri, D. Omonullayeva musiqasi.
4-BOB. BOLALAR BASTAKOR VA KOMPOZITORLARI.
Bastakor Shermat Yormatov.
“O‘ynadik, hech to‘ymadik”. P. Mo‘min she’ri, Sh. Yormatov musiqasi.
“Sog‘lom avlod qo‘shig‘i”. T. Bahromov she’ri, Sh. Yormatov musiqasi.
Kompozitor Nadim Norxo‘jayev.
“Chinnigul”. Qambar Ota she’ri, N. Norxo‘jayev musiqasi.
“Hakkalar”. N. Orifjonov she’ri, N. Norxo‘jayev musiqasi.
Kompozitor Dilorom Omonullayeva.
“Qo‘g‘irchoqlar bilan raqs”. D. Omonullayeva musiqasi.
“Buvijon”. Y. Suyunov she’ri, D. Omonullayeva musiqasi.
Musiqa ijodkorlari.
“Kapalak va kamalak”. N. Narzullayev she’ri, N. Norxo‘jayev musiqasi.
“Handalak”. P. Mo‘min she’ri, D. Omonullayeva musiqasi.
Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar.
Бесплатно скачать электронную книгу в удобном формате, смотреть и читать:
Скачать книгу Musiqa, 2 sinf, Norxo‘jayev N., 2021 – fileskachat.com, быстрое и бесплатное скачивание.
Скачать pdf
Ниже можно купить эту книгу по лучшей цене со скидкой с доставкой по всей России. Купить эту книгу
Qiziqarli malumotlar
2 sinf, 2021, Musiqa, Norxo‘jayev N