Musiqa, 1 sinf, Norxo‘jayev N, 2021

Musiqa, 1 sinf, Norxo‘jayev N, 2021

O’quvchi: Mustaqil ishlashni o’rganadi. Fikrini ravon bayon qila oladi. Shu mavzuga asoslanib qo’shimcha materiallar topadi, ularni o’rganadi. Fikri va guruh fikrini tahlil qilib, mustaqil fikrlash malakasini hosil qiladi. Musiqiy bilim va ko’nikmaga ega bo’ladi.

Yangi Qushiqlar 2023 – Скачать mp3 бесплатно

Для вашего поискового запроса Yangi Qushiqlar 2023 мы нашли 50 песен, соответствующие вашему запросу. Теперь мы рекомендуем загрузить первый результат Eng Sara Qo Shiqlari To Plami 2023 Remix Yangi Uzbek Xit Qo Shiqlar 2023 который загружен O Zbek Qo Shiqlar размером 88.88 MB, длительностью 1 ч, 7 мин и 32 сек и битрейтом 192 Kbps.

Обратите внимание:

Перед загрузкой вы можете послушать любую песню, наведите курсор и нажмите «Слушать» или «Скачать» для загрузки mp3-файла высокого качества. Первые результаты поиска – с YouTube, которые будут сначала преобразованы, после чего файлы можно загрузить, но результаты поиска из других источников могут быть сразу же загружены в MP3 без какого-либо преобразования.

Слушают сейчас

Yangi Qushiqlar 2023

It S Not About Us

Speaks To Me Tiktok

Когда Ты Улыбаешься Ноги Подгибаются

Сборник Шазам 2023

Музыка Для Игр На 23 Февраля

Я Знаю Только Лучшее В Тебе Гузель Хасанова

Еще Не Скоро До Весны Скачать

Miyagi Эндшпиль Рапапам Rusm Remix Басс Музыка В Машину 2020

Катерина Катя Катерина

Mafumafu I Want To Be A Girl

Песня Про Букву А Веселые Детские Песни

50 Jours Avec Christ Film Nigerien Nollywood En Francais 2017 Film Africaine 2017

Wig Split Kordhell

Ronaldo Siuuu Iphone

Саният Надырбекова Амалларым

Каргалар Учса Карайлик

Пошлю Его На Небо Римикс

Musiqa, 1 sinf, Norxo‘jayev N., 2021

Musiqaning sehrli dunyosiga qo‘ygan ilk qadamingiz muborak bolsin! Bu sayohatda sizga ustozlaringiz eng yaqin ko‘makchi bo‘lishadi. Balki siz san‘atkor bo‘lmassiz, lekin musiqa olami bilan tanishuvingiz hayotingizni yanada qiziqarli qilishga yordam beradi.
Qolingizdagi darslik orqali musiqadan ilk saboqlarni olasiz.
Musiqa doimiy hamrohingiz bo‘lsin!

VATANJONIM – VATANIM.
Vatanjonim – Vatanim!
Ko‘zim quvnab ko‘ganim.
Istiqloldan kulganim,
O‘zbekiston – gulshanim!

Bahra olib bag‘ringdan,
Ulg‘ayaman mehringdan.
Vatanjonim – Vatanim!
O‘zbekiston – gulshanim!

Sen o‘xshaysan onamga
Maqtay butun olamga.
Vatanjonim – Vatanim!
O‘zbekiston – gulshanim!

MUNDARIJA.
I ВОВ. BIZ YOQTIRGAN KUY VA QO‘SHIQLAR.
Qo‘shiq aytish qoidalari.
O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi.
A. Oripov she’ri, M. Burhonov musiqasi.
Tovushlar. Shovqinli va musiqiy tovushlar.
“Andijon polkasi”. O‘zbek xalq kuyi.
“Vatanjonim – vatanim”. P. Mo‘min she’ri, D. Omonullayeva musiqasi.
Nota yo‘li haqida tushuncha.
“Anjir”. P. Mmin she’ri, D. Omonullayeva musiqasi.
“Raqs”. N. Norxojayev musiqasi.
Biz yoqtirgan kuylar.
“Dilxiroj”. O‘zbek xalq kuyi.
“Kuz”. N. Ro‘zimuhamedov she’ri, S. Abramova musiqasi.
Biz yoqtirilgan qshiqlar.
“Olmacha anor”. 0‘zbek xalq kuyi.
“Olma”. P Mo‘min she’ri, D. Omonullayeva musiqasi.
Musiqali o‘ymlar.
“Oq terakmi, ko‘k terak?” X. Qayumov she’ri, A. Mansurov musiqasi.
“Quyonim”. 0‘zbek xalq bolalar o‘yini.
II BOB. MUSIQA OLAMIGA SAYOHAT.
Skripka kaliti.
“Yurish marshi”. F. Nazarov musiqasi.
“Bir, ikki, uch.” R. Tolib she’ri, N. Norxojayev musiqasi.
Notalarning nomlari.
“Zina”. P. Mo‘min she’ri, D. Omonullayeva musiqasi.
“Salom bergan bolalar”. P. Mo‘min she’ri, N. Norxojayev musiqasi.
Do, re notalari.
“Pianino”. M. Zaynitdinova she’ri, J. Najmiddinov musiqasi.
“Alifbo bayrami”. P. Mo‘min she’ri, D. Omonullayeva musiqasi.
Mi notasi.
“Qari navo”. O‘zbek xalq kuyi.
“Archa bayram”. P. Mo‘min she’ri, N. Norxo‘jayev musiqasi.
Mustahkamlash uchun topshiriqlar.
III BOB. MUSIQA SAVODIGA SAYOHAT.
Fa, sol notasi.
“Norim-norim”. O‘zbek xalq kuyi.
“Birinchi qor”. R. Tolib she’ri, N. Norxo‘jayev musiqasi.
Lya, si notasi.
“Jo‘jalar”. P. Mo‘min she’ri, D. Omonullayeva musiqasi.
“Lavlagi”. P. Mo‘min she’ri, D. Omonullayeva musiqasi.
Notalarning nomlari va ularning ketma-ketligi.
“Chittigul”. Bolalarxalq o‘yin-qo‘shig‘i.
“Diloromning qo‘shig‘i”. P. Mmin she’ri, D. Omonullayeva musiqasi.
Chiziqlar ustida va orasida joylashgan notalar.
“Doloncha”. O‘zbek xalq kuyi.
“Nevaralar qo‘shig‘i”. S. Barnoyev she’ri, N. Norxo‘jayev musiqasi.
Yarim nota.
“Neapolitancha qo‘shiq”. P. Chaykovskiy musiqasi.
IV BOB. XUSHNAVO MILLIY CHOLG‘ULARIMIZ.
Torli cholg‘ular.
“Dutor bayoti”. O‘zbek xalq kuyi.
“Bug‘doy”. R. Tolib she’ri, D. Omonullayeva musiqasi.
Damli cholg‘ular.
“Sehrli dunyo”. H. Ahmedova she’ri, X. Hasanova musiqasi.
Zarbli cholg‘ular.
“Xorazm lazgisi”. O‘zbek xalq kuyi, N. Norxojayev qayta ishlagan.
“Childirma”. P. Mo‘min she’ri, D. Omonullayeva musiqasi.
Bastakor, shoir, sozanda va xonanda.
“Polka”. M. Glinka musiqasi.
“Kapalak”. P. Mo‘min she’ri, D. Omonullayeva musiqasi.
Mustahkamlash uchun topshiriqlar.

Бесплатно скачать электронную книгу в удобном формате, смотреть и читать:
Скачать книгу Musiqa, 1 sinf, Norxo‘jayev N., 2021 – fileskachat.com, быстрое и бесплатное скачивание.

Скачать pdf
Ниже можно купить эту книгу по лучшей цене со скидкой с доставкой по всей России. Купить эту книгу

Musiqa fanidan eng yaxshi dars ishlanma uchun taqdirlandi

Vazifalar:- Musiqa madaniyati o‘quv fani bo‘yicha egallagan bilim, ko‘nikma va malakalarni amaliyotda qo‘llash orqali ularda kuzatuvchanlikni, musiqiy xotirani, obrazli tasavvur qilishni, ijodkorlikni, tashabbuskorlikni, badiiy va musiqiy didni rivojlantirish va fikr doirasini kengaytirish;

O’quv jarayoning mazmuni

O‘zbek va jahon kompozitorlari asarlarini va turli musiqiy janrlarni bir-biridan farqlay olish, tayanch va umumiy kompetensiyalarni shakllantirish va rivojlantirishdan iborat.

O’quv jarayonini amalga oshirish texnalogiyasi

Uslub: “Aql charhi” o’yini, “Topqirlik” mashqlari, hikoya, suhbat, savol-javob, “Klaster”,

Shakl: Suhbat-munozara, guruhlarda va jamoada ishlash.

Vosita: Tarqatma materiallar, notalar yoki audio SD disk yozuvlari, fortepiano cholg’u asbobi, rag’batlantiruvchi kartochkalar.

Usul: Tayyor yozma materiallar.

Nazorat: Og’zaki nazorat, savol-javoblar, kuzatish, o’z-o’zini nazorat qilish.

Baholash: Rag’barlantirish. 5 balli tizim asosida baholash.

O’qituvchi: Mavzuni berilgan vaqt ichida barcha o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilishiga erishish. O’quvchilar faolligini oshirish. O’quvchilarda darsga nisbatan qiziqish o’yg’otish. Dars jarayonida ko’proq o’quvchini baholashga erishish. Savol-javoblarga qatnashib, mustaqil fikrlashga o’rgatish.

O’quvchi: Musiqa haqida bilimlar egallaydi, yakka holda va guruh bo’lib ishlashni o’rganadi, nutqi rivojlanadi va eslab qolish qobiliyati kuchayadi. O’z-o’zini nazorat qilishni o’rganadi. Qisqa vaqt ichida ko’p ma’lumotlarga ega bo’ladi va baholay oladi.

O’qituvchi: Yangi pedagogik texnologiyalarni o’zlashtirib, darsda qo’llash, o’z ustida ishlash, mavzuni xayotiy voqyealar bilan bog’lash, pedagogik mahoratini oshirish, ko’proq qo’shimcha ma’lumotlar berib, o’quvchilarni madaniy saviyasini oshirishga erishish.

O’quvchi: Mustaqil ishlashni o’rganadi. Fikrini ravon bayon qila oladi. Shu mavzuga asoslanib qo’shimcha materiallar topadi, ularni o’rganadi. Fikri va guruh fikrini tahlil qilib, mustaqil fikrlash malakasini hosil qiladi. Musiqiy bilim va ko’nikmaga ega bo’ladi.

Fanga oid kompetensiyalar:

1. Musiqiy savodxonlik kompetensiyasi

2. Jamoa bo‘lib kuylash kompetensiyasi

3. Musiqa tinglash va tahlil qilish kompetensiyasi

”Ko`rib chiqildi va ruxsat etildi” O`TIBDO`: ______________________________

2018-2019 O’QUV YILI UCHUN YILLIK KOMPETENSIYALI KONSPEKT NARXI BITTA FAN NARXI 20.000 SO’M

TO’LOV TURI:
CLICK,PAYNET

TO’LOV QILISHDAN OLDIN VA TO’LOV QILGAN SO’NG BIZGA HABAR BERISHNI UNUTMANG

Musiqa elektron darsliklar

MUSIQIY TA`LIM kafedrasi tarixi
Musiqa ta`limi sohasida malakali kadrlar tayyorlash Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida 1960-1961-o`quv yili Musiqa va ashula kafedrasining tashkil etilishi bilan boshlangan. O`sha davrda kafedrada X.Aliyeva, I.A.Akbarov A.X.Leviyev va S.Abramovalar faoliyat olib borganlar. Respublikamizdagi musiqa ta`limi sohasida kadrlarga bo`lgan talab va ehtiyojdan kelib chiqqan holda 1973-yilga kelib, Musiqa tarixi va nazariyasi hamda Vokal kafedralari faoliyati ham yo`lga qo`yildi. Unda professor X.R.Raximov, P.X.Xaliqov, p.f.n. G.A.Xaliqova, V.T.Ter-Steponyants, M.A.Ahrarova, xizmat ko`rsatgan artist R.Kuchlikova, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist M.J.Jalilov va boshqalar samarali mehnat qildilar. 1977-1978-o`quv yilga kelib esa Musiqa fanlarini o`qitish metodikasi va Musiqa nazariyasi va tarixi kafedralari ham tashkil etildi. Unda L.Qo`ldoshev, Sh.Sultonov, I.Feldman, V.Shomaxmudova, Xaliqova, D.Omonullayev, S.Fattoxova, N.G.Edelkina va L.A.Urmanovalar qizg`in faoliyat olib bordilar. 2004-yilda Musiqa o`qitish metodikasi va Vokal kafedralari birlashtirilib Vokal va musiqa o`qitish metodikasi kafedrasi deb nomlandi. 1998-yildan musiqa ta`limi sohasida magistratura mutaxassisligi bo`yicha kadrlar tayyorlash yo`lga qo`yildi.

Musiqa ta`limi kafedrasi Boshlang`ich ta`lim va jismoniy madaniyat fakulteti (tashkiliy) tuzilmasining tarkibiy bo`linmasi hisoblanadi. U faoliyati davomida 5111100-Musiqa ta`limi yo`nalishi va mutaxassisligi bo`yicha talabalarni o`qitish, ta`lim-tarbiya jarayonlarini uzviy va uyg`unlashgan holda olib borish, ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, malaka oshirish va qayta tayyorlash, shuningdek, professor-o`qituvchilarning ilmiy-tadqiqot loyihalarini bajarish ishlarini tashkil qiladi.
Musiqa ta`limi kafedrasi universitetda tayyorlanayotgan bakalavriat ta`lim 5111100-Musiqa ta`limi yo`nalishi bo`yicha quyidagi:
– musiqa o`qitish nazariyasi, metodikasi va maktab repertuari;
– musiqa tarixi;
– musiqa nazariyasi (solfedjio, garmoniya, musiqiy asarlar tahlili);
– an`anaviy xonandalik;
– xor va xorshunoslik;
– cholg`u ijrochiligi va ansambli;
– bolalar musiqa adabiyoti;
– musiqa o`qitish texnologiyalari va loyihalash;
– vokal va zamonaviy musiqa;
– musiqa to`garaklarini tashkil etish;
– o`zbek xalq musiqa ijodi;
– solfedjio;
– dirijyorlik;
– cholg`ushunoslik.
Magistratura mutaxassisliklari 5A111101-Musiqa ta`limi va san`at mutaxassisligi bo`yicha;
– musiqa san`ati pedagogikasining tarixi;
– musiqa ta`limi va san`at nazariyasi va metodologiyasi;
– nazariy musiqashunoslik;
– musiqiy san`at asarlarining tahlil muammolari;
– zamonaviy o`zbek va xorijiy musiqa san`ati; rivojlanishining asosiy yo`nalishlari kabi musiqiy fanlar o`qitiladi.
Musiqa ta`limi kafedrasi o`quv, uslubiy, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot ishlarni amalga oshiruvchi, talabalar orasida ma`naviy-ma`rifiy ishlarni olib boruvchi, shuningdek, ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlovchi hamda ularning malakasini oshiruvchi yetakchi va pedagogika sohasi bo`yicha Respublikada tayanch kafedra hisoblanadi.

Musiqiy ta’lim kafedrasida 11 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatmoqda. Ulardan 2 nafari fan nomzodi ilmiy darajasiga ega, 4 nafari OAK dotsenti, 1 nafar katta o‘qituvchi, 3 nafar o‘qituvchi va 1 nafar doktarant. Bugungi kunda kafedrada ikki nafar dotsentlar Karimova Dildora Anvarovna hamda Raximov Shavkat Normatovich professor v.b. lavozimida faoliyat ko‘rsatmoqda. Ular 2018-2019-o‘quv yilida OAK professor lavozimiga talabgor sifatida hujjat topshiradi. Shuningdek, fan nomzodi, katta o‘qituvchi Panjiyev Qurbonniyoz Berdiyevich hamda katta o‘qituvchi Ibrohimjanova Gavxar Amanbayevna OAK dotsenti ilmiy unvonini olish uchun xujjatlarini tayyorlamoqda.
Musiqiy ta’lim kafedrasida professor-o‘qituvchilarning doktorlik dessertatsiyalarining tayyorlanish holati istiqbolli rejalari 2016-yilda ishlab chiqilgan. Unga ko‘ra, barcha professor-o‘qituvchilarning shaxsiy ish rejalari mavjud va ular tasdiqlangan.
Rejaga ko‘ra kafedra professor v.b. Sh.Raximov 2017-yil dekabr oyiga qadar, professor ilmiy unvonini olish uchun OAK hujjat topshirishi kerak bo‘lgan. Biroq, xorijiy maqollalar soni yetarli bo‘lmaganligi bois, topshirmagan. Reja bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilab olingan va uning bajarilishi yo‘lga qo‘yilgan. 2017-yilda Sh.Raximovning 2ta Respublika jurnalida, 2ta xorijiy jurnallarda maqolasi e’lon qilingan.
Dotsent D.Karimova ham 2018-yil noyabr oyida professor ilmiy unvonini olish uchun OAK xujjat topshirish lozim. Reja asosida ishlarni bajarmoqda.
Musiqiy ta’lim kafedrasida 3 nafar professor-o‘qituvchilar doktorlik dissertatsiyasi ustida ishlamoqda. Ular quyidagilardir:
• Panjiyev Qurbonniyoz Berdiyevich. 13.00.02 – Pedagogik metodikasi. Doktorlik dissertatsiya ishi mavzusi: Uzluksiz ta’lim tizimida o‘zbek xalq qo‘shiqlarini uzviylik tamoyilida o‘rganish.
• Yuldoshev Umidjon Yuldoshevich 13.00.01–Pedagogika nazariyasi va tarixi. Ta’limda menejment. Doktorlik dissertatsiya ishi mavzusi: Bo‘lajak musiqa o‘qituvchisining metodik tayyorgarligi darajasi va uning samaradorligini oshirish yo‘llari
• Matyakubov Izzat Batirovich. 13.00.01–Pedagogika nazariyasi va tarixi. Ta’limda menejment. Doktorlik dissertatsiya ishi mavzusi: Bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarida amaliy kompetentsiyalarini rivojlantirish.
Bir nafar kafedra professor-o‘qituvchisi N.Rejametova ko‘p yillar kafedrada faoliyat ko‘rsatgan. 2016-yilda O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi kadrlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash institutida Tayanch doktaranturaga o‘qishga kirgan. Ayni paytda kafedrada o‘rindoshlik asosida 0,25 shtat birligida faoliyat ko‘rsatadi. Rejametova Nilufar Ilxamovnaning 2017-yilning yillik (shaxsiy ish reja asosida tuzilgan) va mazkur ish rejani bajarilishi bo‘yicha hisobotlar berib borgan. Rejametova Nilufar Ilxamovna. 13.00.01–Pedagogika nazariyasi va tarixi. Ta’limda menejment. Doktorlik dissertatsiya ishi mavzusi: O‘zbek xalq cholg‘ulari asosida bolalar ijodkorligini shakllantirish texnologiyalarini takomillashtirish
Musiqiy ta’lim kafedrasida mutaxassislik fanlari bo‘yicha 2017-2018-o‘quv yili magistratura bosqichi bitiruvchilarining mavzulari fundamental mavzular tanlangan. Aynan ana shu bitiruvchilardan O.Soipov va S.Abduroziqovlar 2018-2019-o‘quv yilidan kafedraga o‘qituvchi lavozimida o‘z faoliyatlarini boshladilar.
Boshlang‘ich ta’lim va jismoniy madaniyat fakulteti qoshida ilmiy seminar tashkil etilgan. Kafedra professor-o‘qituvchilaridan Q.Panjiyev va A.Trigulovalar ushbu seminar kengashi a’zosi sanaladi. Kafedra professor-o‘qituvchilaridan N.Rejemetova va I.Matyoqubovlarning dissertatsiya ishlari ushbu seminar Kengashida muhokama qilindi.
Kafedra professor o‘qituvchilari tomonidan 2 ta fandan elektron darslik yaratilgan. Ulardan Cholg‘u ijrochiligi va ansambli fanidan patent olingan. Vokal va zamonaviy musiqa fani 2017-yil oxirida yaratildi. Patent olish uchun O‘zbekiston Respublikasi mulk qo‘mitasiga taqdim etilgan. Umuman olganda, professor-o‘qituvchilar tomonidan olib boriladigan barcha o‘quv mashg‘ulotlari ilg‘or xorijiy, ilmiy-pedagogik, innovatsion va AKTlardan foydalanilgan holda tashkil etilmoqda.
Musiqiy ta’lim kafedrasida 2017-yil OTM reytingi bo‘yicha kafedra ish rejasi tasdiqlangan. Unga ko‘ra, kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 13 ta Xorijda, 18 ta Respublika jurnallarida maqolalar e’lon qilingan. 27 dan Respublika to‘plamlarida, 11 ta Xorijiy to‘plamlarda maqolalar e’lon qilindi.

Kafedrada turli xil ma`naviy-ma`rifiy tadbirlar, davra suhbatlari, uchrashuvlar hamda axborot soatlari o’tkaziladi. Musiqa ta`limi yo`nalishida jami 6ta (shundan 4ta o`zbek va 2ta rus) akademik guruhlar mavjud. Ularga 6 nafar professor-o`qituvchilar guruh murabbiy etib belgilangan. O`tkazilgan Axborot soatlarida murabbiylar tomonidan mazkur qarorni qabul qilishda ko`zlangan maqsad, uning mazmun-mohiyati to`g`risida talabalar o`rtasida keng tushuntirish ishlarini olib borilishini tashkil etilgan. Musiqiy ta`lim kafedrasi talaba-yoshlari va professor-o`qituvchilari o`rtasida Diniy ekstremizm, terrorizm va uning salbiy oqibatlari mavzusida profilaktik tadbir o`tkazildi. Ushbu tadbirda Toshkent shahar Chilonzor tumani Terrorizm va unga qarshi kurashish bo`limi boshlig`i moyor Azamat Fayzullayev, Chilonzor tumani huquqbuzarlik profilaktikasi ishlari bo`yicha katta inspektor A.Shukurovlar ishtirok etib, diniy ekstremizm va terrorizmning salbiy oqibatlari va hatto, AQSHdagi portlashlarda o`zbek millatiga mansub fuqaro bo`lganligi juda achinarli holat ekanligi haqida gapirib o`tdi. Ushbu tadbirni Musiqa ta`limi kafedra mudiri Q.Panjiyev boshqarib bordi. Unda Boshlang`ich ta`lim va jismoniy madaniyat fakulteti dekani o`rinbosari K.Abdullayev, Boshlang`ich ta`lim va jismoniy madaniyat fakulteti Guruh murabbiylar kengashi raisi Z.Ortiqboyeva, fakultet Xotin-qizlar qo`mitasi raisi D.Xodiyeva, Universitet Yoshlar ittifoqi BT yetakchisi N.Ubaydullayevlar ham ishtirok etdilar.
2018-yil 21-fevral kuni Axborot va murabbiylik soatida Musiqiy ta`lim kafedrasi MT-201-guruh talabalari O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirligi Ichki ishlar Akademiyasi mayori Ravshan Hakimov bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda mamlakatmizning sud-huquq tizimidagi islohotlar, talaba-yoshlar, o`quvchilar tomonidan sodir etilayotgan huquqbuzarlik, jinoyatchilining kelib chiqish holatlari va uni kelib chiqish sabablari xususida fikr-mulohazalar bildirib o`tdilar. SHundan so`ng talabalar o`zlari qiziqtirgan savollariga javob oldilar.
O`zbek ashula xonandaligida yorqin iz qoldirgan, o`z davrining zabardast san`atkori, mashhur ashulachisi, mohir sozandasi, bastakori va san`at arbobi Komiljon Otaniyozovning 100 yilligi munosabati bilan Boshlang`ich ta`lim va jismoniy madaniyat fakulteti Musiqa ta`limi yo`nalishida Ma`naviyat kuni doirasida ijodiy uchrashuv tashkil etildi. Mazkur tadbirni Musiqiy ta`lim kafedrasi mudiri, san`atshunoslik fanlari nomzodi Q.Panjiyev olib bordi. Ijodiy uchrashuv kirish so`zini Boshlang`ich ta`lim va jismoniy madaniyat fakulteti dekani A.Akromov ochib berdi. Shundan so`ng O`zbekiston xalq artisti, Buyuk xizmatlari uchun ordeni sohibi Komiljon Otaniyozov hayoti va faoliyati bilan bog`liq ma`ruzani dotsent D.Qodirov o`qib eshittirdi. Komiljon Otaniyozov haqida xotiralar mavzusida O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist, baxshi, Bola baxshi va Komiljon Otaniyozov shogirdi, ustoz san`atkor Otaxon Matyoqubov ma`ruza qildi. Ustoz san`atkor Otaxon Matyoqubov va Musiqiy ta`lim professor-o`qituvchilari hamda talabalari ijrosida Komiljon Otaniyozov ijrosidagi ashulalardan namunalar ijro etildi.

To`garaklar

Musiqa ta’limi yo‘nalishida 6ta kasbiy, 1ta ilmiy to‘garaklar faoliyat ko‘rsatmoqda. Ushbu 6ta to‘garakda Boshlang‘ich ta’lim va jismoniy madaniyat fakulteti, Musiqiy ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 92 nafar, boshqa fakultetlardan 9 nafar talabalar ishtirok etmoqda. Jumladan:
Cholg’u ijrochiligi to‘garagi. Rahbar dotsent I.A.Ilhomov, magistrant O.Soipov. To‘garak har dushunba kuni soat 14:00da kech 16:00ga qadar faoliyat olib boradi. Mazkur to‘garakda talabalar qamrovi 17 nafarni tashkil etadi. Rahbar dotsent Sh.Raximov. To‘garak har payshanba kuni soat 14:00da kech 16:00ga qadar faoliyat olib boradi. Mazkur to‘garakda talabalar qamrovi 12 nafarni tashkil etadi.
“Garmoniya” to‘garagi. Rahbar o‘qituvchi U.Yuldoshev. To‘garak har chorshanba kuni soat 14:00da kech 16:00ga qadar faoliyat olib boradi. Mazkur to‘garakda talabalar qamrovi 14 nafarni tashkil etadi.
“Oltin meros xalq ansambli” to‘garagi. Rahbar dotsent D.Qodirov. To‘garak har chorshanba va juma kunlari soat 14:00da kech 16:00ga qadar faoliyat olib boradi. Mazkur to‘garakda talabalar qamrovi 22 nafarni tashkil etadi.
“Xor dirijyorligi” to‘garagi. Rahbar o‘qituvchi I.Matyoqubov. To‘garak har juma kuni soat 14:00da kech 16:00ga qadar faoliyat olib boradi. Mazkur to‘garakda talabalar qamrovi 26 nafarni tashkil etadi.
“Vokal ijrochiligi” to‘garagi. Rahbar o‘qituvchi D.Salimova. To‘garak har juma kuni soat 14:00da kech 16:00ga qadar faoliyat olib boradi. Mazkur to‘garakda talabalar qamrovi 17 nafarni tashkil etadi.
“Yosh metodist” to‘garagi. Rahbar Karimova Dildora Anvarovna – dotsent. To‘garak haftasiga bir kuni soat 14:00da kech 16:00ga qadar faoliyat olib boradi. Mazkur to‘garakda talabalar qamrovi 18 nafarni tashkil etadi.
“Fortepiano” to‘garagi. Rahbar jo‘rnavozlar L.Sultanova, Z.Mavlayanova, G.Ismoilova. To‘garak tasdiqlangan jadval asosida soat 14:00da kech 16:00ga qadar faoliyat olib boradi. Mazkur to‘garakda talabalar qamrovi 1, 2, va 3-kurs talabalarini qamrab olgan. Shuningdek, talabalar tasdiqlangan jadvalga qarab, har kuni soat 14:00da tashkil etiladi.
Shuningdek, kafedra katta o‘qituvchisi G.Ibrohimjonova tomonidan har juma kuni soat 14:00da Solfedjio fanidan ingliz tilida o‘quv mashg‘ulotlarini olib bormoqda. To‘garak ishtirokchisi MT-101 va MT-102-guruh talabalari K.Axmadaliyeva 2017-yil Musiqa nazariyasi fanidan O‘zbekiston davlat konservatorniyasida bo‘lib o‘tgan Respublika fan olimpiadasida faxrli 3-o‘rinni egallagan.
Musiqa to‘garaklarida talabalar birinchidan bo‘sh vaqtlarini unumli o‘tkazsalar, ikkinchidan kasbiy o‘zlari qiziqqan mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanadilar, uchinchidan, kuy va qo‘shiqlar orqali Ona-Vatanga, millatga, xalqqa hurmat va ehtiromi oshadi, milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalanadi, musiqa san’atiga bo‘lgan qiziqish ortadi, qolaversa, bayramona badiiy tadbirlarni o‘tkazish jarayonida yoshlar axloqan shakllantiriladi.

Qiziqarli malumotlar
1-sinf, 2021, Musiqa, Norxo‘jayev N