MUSAYEV

MUSAYEV

MUSAYEV Yusufali (1869 — Andijon — 1947.6.12) — meʼmor, xalq ustasi. Meʼmorlikni otasi Muhammad Muso va akasi Isaxon Musayevdan oʻrgangan. Andijon jome masjidi majmuasi qurilishida qatnashgan va zilziladan soʻng uni qayta tiklagan. Musayev bino qurilishida 1—1,5 m qalinlikdagi devorlarni ixchamlashtirdi, yoʻgʻon va ogʻir ravoqlar oʻrniga zinali ravoqlar qoʻlladi. Musayev xilma-xil gumbaz tomlar yaratish bilan birga gumbazlar tuzilishini maʼlum tartibga soldi, binoning ayrim murakkab qismlari va loyihasini yaratdi va gumbaz ustasi sifatida shuxrat qozondi. Musayev qurgan binolar yorugʻ, ixcham va koʻrkamligi bilan Samarqand, Buxoro va Xiva ustalari qurgan binolardan farq qiladi. Fargʻona vodiysidagi 40 ga yaqin hammom uning loyihasi va rahbarligida bunyod etilgan. Muqimiy teatri binosi Musayev rahbarligida shogirdlari usta Eshonxon, Ivan Minakov va Usta Ergash Xojilar bilan hamkorlikda qurilgan yirik binolardan biridir. M. Uzbekiston FA faxriy akad. (1944).

Ensiklopediya.uz
MUSAYEV