MUSAXONOV Mirzayusuf Mirzamahmudovich
MUSAXONOV Mirzayusuf Mirzamahmudovich (1943.10.9, Toshkent) — fizik olim, Oʻzbekiston FA akad. (1995), fizikamat, fanlari d-ri (1982), prof. (1982). Moskva untini tugatgan (1967). Toshkent unti (hoz. Oʻzbekiston milliy unti) nazariy fizika ka-fedrasi mudiri (1982-y. dan). Ilmiy ishlari elementar zarralar fizikasiga, asosan, kvant xromodinamikasi (KXD) ga oid. Uning rahbarligida kichik impulsli pi-onlar usuli asosida pionlar va oz zarrali nuklonlar sistemasining oʻzaro taʼsiri uchun yangi koʻp martali sochilish nazariyasi ishlab chiqildi, KXD ning kiral xossalarini hisobga oladigan yangi kvark modeli — kiral beg modeli taklif qilindi. Kiral kvark modellari; kvantlangan maydonlar nazariyasi; nuklonlar uchun kiral nazariya; kichik energiyali soha uchun KXDning effektiv taʼsiri va b. ishlab chiqildi. Ular asosida KXD dagi fizik jarayonlar ilmiy izohlab berildi.
Ensiklopediya.uz
MUSAXONOV Mirzayusuf Mirzamahmudovich