MUSANNAF
MUSANNAF (arab. — tanlab olingan, tanlangan) — hadis toʻplamlarining maxsus turi. Unda hadislar musnad turidagi toʻplamlardan farq qilgan xrlda mavzular boʻyicha toʻplangan boʻladi. Shuning uchun maʼlum soha yoki mav-zuga oid hadisni qidirib topish Musannaf toʻplamlarida nisbatan osonroq boʻlgan. Musnad tarixan ilgariroq, Musannaf esa ke-yinroq vujudga kelgan. Imom Buxoriy, Muslim ibn Hajjoj, Ibn Moja, Abu Dovud, Iso Termiziy, Imom Nasaiyning hadis toʻplamlari Musannaf turidagi toʻplamlarning eng mashhurlaridan hisoblanadi.
Ensiklopediya.uz
MUSANNAF