MURREY

MURREY

MURREY Marri — Avstraliyadagi eng katta dare. Uz. 2570 km, havzasining mayd. 1057 ming km2. Avstraliya Alp togʻlaridan boshlanib, Hind okeanining Aleksandrina qoʻltiqlagunasiga kuyiladi. Koʻp qismi tekislikdan, muhim q. x. rayonidan oqib oʻtadi. Asosiy irmoklari: Darling va Marrambiji. Qor va yomgʻir suvidan toʻyinadi. Bahor va yozda toʻlib oqadi, qishda sayozlashib qoladi. Oʻrtacha suv sarfi 390 m3/sek., oʻrtacha yillik oqim 10,5 km3 (materikdaengsersuvdaryo). Sugʻorishda foydalaniladi. Quyilish joyidan Olberi sh. gacha kema qatnaydi. Murrey va uning irmoklarida suv omborlari, GESlar qurilgan. Baliq ovlanadi.

Ensiklopediya.uz
MURREY