Murod Manzur — Musofir yurtlarda yig’ladim ona (Musofir 2)
Murod Manzur — Musofir yurtlarda yig’ladim ona (Musofir 2) Har safar tursam gar, atrof begona, Yuribman orzuim barorin tilab, Uyga qaytayotganlarning ortidan qarab, Ne qilay, majburman, ishlashim kerak, Sizga aytsam, bunda hayot bizdekmas, Bunday qishni aslo ko`rmadim, ona. {x2} Bunda ko`pdir bolam-chaqam deganlar, Bu yerlarda ko`rmadim sa’va, bedana, Ba’zan deyman qo`l siltab: keldim qaydan-a?, Ba’zan og`ir mehnatdan bezilib ketdim, Mening ishlash makonim o`rmon tomonda, Qishlog`im ko`z o`ngimda turibdi hamon, Bo`pti mayli, Onajon, uxlashim kerak, Taqdirimga yangi kun bitishim kerak, Sog`-salomat bo`ling doim – so`radim, ona…Murod Manzur — Musofir yurtlarda yig’ladim ona (Musofir 2)
DO`STLARGA ULASHING:
Holim so`rguvchi yo`q, ko`nglim g`amxona.
Xayolan so`zlashib to`rt devor xona,
Men sizni sog`inib yig`ladim, ona.
Omadim ber, deya Xudodan so`rab.
Uyga qaytayotganlarning ortidan qarab,
Yur ketdik, desalar ham ketmadim, ona.
Yur ketdik, desalar ham ketmadim, ona.
Musofirlik nonin tishlashim kerak.
Bahorga yetmoq uchun qishlashim kerak,
Noshukurning so`zin aytmadim, ona.
Ovqatlarim turfa, oshim tuzdekmas,
Qahratoni daxshat, qishi bizdekmas,
Vodiy, Voha tomonlardan kelganlar.
Bir mayizni qirqqa bo`lib yeganlar,
Shunday insonlar bilan ishladim, ona.
“Buxanka”dan topolmaysiz bitta sedana.
Ba’zan deyman qo`l siltab: keldim qaydan-a?,
Oxiri ne bo`lar, bilmadim, ona.
Oxiri ne bo`lar, bilmadim, ona.
Musofirlik xo`p og`ir, sezilib ketdim,
Sizga aytsam, baridan ezilib ketdim,
Onam siqilmasin deb, aytmayman, ona.
Har kun har xil odamlar, oqibat gumonda.
Mehnatgaku chidayman, lek sog`inch yomonda,
Sizni men sog`inib yig`ladim, ona,
Sizni juda sog`inib yig`ladim, ona.
Egri-bugri ko`chalarni sog`indim yomon.
Jizzali non bervoring, kim kelsa bu tomon,
Yegim keldi, ochlikdan so`rmadim, ona. {x2}
Erta tong yana ishga borishim kerak.
Taqdirimga yangi kun bitishim kerak,
Ko`rishguncha xayr, demadim, ona.
Ko`rishguncha xayr, demadim, ona.
Murod Manzur — Musofir yurtlarda yig’ladim ona (Musofir 2)