MURINAK GʻORI

MURINAK GʻORI

MURINAK GʻORISamarqand viloyati Urgut tumanidagi gʻor. Chaqilkalon (Zarafshon) tizmasining shim. yon bagʻrida. 2370 m balandlikda joylashgan. Silur davriga mansub ohaktoshlarda hosil boʻlgan. Gʻorning ogʻzi ravoqsimon, shim.-gʻarb tomon ochilgan (eni va bal. 14 m). Uning shipi va devorlaridan har tomonga bir qancha yoʻlaklar tarqalgan. Gʻorning sahni ichkariga tomon koʻtarilib boradi, va qalinligi 3—4 m li gil, tosh parchalari bilan qoplangan. Gʻorda koʻrshapalak va har xil qushlar yashaydi. Shipi va devorlaridan suv tomchilab turadi. Maxalliy aholi tomonidan noqulay obhavo sharoitlarida chorva mollarini saklashda foydalaniladi. Gʻorning umumiy uz. 41 m, mayd. 1612 m2, hajmi 8187 m3.

Ensiklopediya.uz
MURINAK GʻORI