Murabboli shirin non

Murabboli shirin non

Murabboli shirin non

DO`STLARGA ULASHING:

Zarur massalliqlar: 150 gr. mayonez, 0,5 choy qoshiq tuz, 3 osh qoshiq shakar, 25 gr. xamirturish, 4 stakan un, 1 stakan sut yoki suv, 1 ta tuxum, ta’bga ko‘ra murabbo kerak bo‘ladi.

murabboli non

Tayyorlanishi: idishga sut, mayonez, tuz, shakar, xamirturish solinib, yaxshilab aralashtiriladi. Unga asta-sekinlik bilan un solinib, yumshoq xamir qoriladi. So‘ng 1,5 soatga oshirish uchun qo‘yiladi. Oshirilgan xamirdan bir qismini bezatishda foydalanish uchun olib qo‘yiladi. Xamirning qolgan qismi non shakliga keltiriladi va ustiga murabbo surtiladi. Bezatish uchun olib qo‘yilgan xamirdan turli shakllar yasab, murabboning ustidan teriladi. Hosil bo‘lgan yarim tayyor mahsulot 20 daqiqa tindiriladi va ustiga tuxum sarig‘i suriladi. 180 daraja qizdirilgan gaz pechida 1 soat pishiriladi.

Yoqimli ishtaha!

 

Dilfuza AZIMOVA

soglom.uz/tavsiya/murabboli-shirin-non/

Murabboli shirin non